Anatomiya 2014. indd


-rasm. Miya so‘g‘onining orqa yuzasi



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet625/731
Sana21.09.2021
Hajmi4,54 Mb.
#180860
1   ...   621   622   623   624   625   626   627   628   ...   731
Bog'liq
anatomiya fiziologiya va patologiya

185-rasm. Miya so‘g‘onining orqa yuzasi:

1–lateral tizzasimon tana; 2–medial tizzasimon tana;

3–miya oyoqchasi; 4–miyachaning ustki oyoqchasi;

5–miyachaning o‘rta oyoqchasi; 6–dahliz maydoni;

7–til osti nervi uchburchagi; 8–adashgan nerv uchbur-

chagi; 9–nozik o‘zakning do‘mboqchasi; 10–ponasimon 

o‘zakning do‘mboqchasi; 11–pastki tepalik; 12–yuqorigi 

tepalik; 13–g‘urrasimon bez; 14–ko‘ruv bo‘rtig‘i.




429

186-rasm. Uzinchoq miyaning ko‘ndalang kesimi:

1–yakka tutam o‘zagi; 2–miyachaning pastki oyo-

qchasi; 3–uch shoxli nervning orqa miyadagi o‘za-

gi; 4–ikki nervga qarashli umumiy o‘zak;

5–oliva o‘zagi; 6–til osti nervi; 7–medial qovuz-

loq; 8–uzunchoq miyaning piramidasi; 9–tashqi 

ravoqsimon tolalar; 10–ichki ravoqsimon tolalar; 

11–qizil o‘zak va orqa miya orasidagi yo‘l;

12–ponasimon o‘zak; 13–adashgan nervning orqa o‘zagi; 14–til osti nervi-

ning o‘zagi; 15–medial bo‘ylama tutam.

Nozik dasta do‘mbog‘i ichki, ponasimon dasta do‘mbog‘i tashqi 

tomonda joylashadi. 

Uzunchoq miya kesmasida (186-rasm) u oq va kulrang mod-

dalar to‘p lamidan iborat bo‘ladi. Kulrang moddada IX–XII juft 

bosh miya nerv lari o‘zaklari va to‘rsimon formatsiya joylashgan. 

To‘rsimon formatsiya to‘r kabi chatishib ketgan nerv tolalari ular 

o‘rtasida joy lashgan turli kattalikdagi o‘zaklardan iborat.

Uzunchoq miyaning oq moddasi uzun va qisqa tolalardan ibo-

rat. Uzun tolalar uzunchoq miyani oldingi qismida pastga tushuv-

chi, harakatlanti ruvchi piramida yo‘lini hosil qiladi. Uning orqa 

lateral yuzasida yuqoriga ko‘tariluvchi orqa miyani miya yarim-

sharlari va miyacha bilan bog‘lov chi sezuvchi yo‘llar joylasha-

di. Orqa miya-po‘stloq yo‘li uzunchoq miya sohasida kesishib, 

qovuzloq kesishmasini hosil qiladi. Qisqa tolalar kulrang mod-

da o‘zaklarini o‘zaro bog‘lab, shuningdek, uzunchoq miyani bosh 

miya so‘g‘onining qo‘shni qism lari bilan qo‘shib turadi.



Fiziologiyasi. Uzunchoq miya reflektor va o‘tkazuvchanlik fa-

oliyatini bajaradi. Bosh miya nervlarining sezuvchi ildizlari orqali 

u bosh terisi, ko‘z, burun, og‘iz shilliq pardasi, eshituv va muvoza-

nat a’zosi retseptorlari, ovqat hazm qilish va nafas a’zolari, shuning-

dek, yurak-qon tomir lar tizimi retseptorlaridan kelayotgan impuls-

larni qabul qiladi. 

Uzunchoq miya orqali quyidagi reflekslar sodir bo‘ladi: 1) hi-

moya: yo‘tal, aksa urish, ko‘zni uchishi, ko‘zni yoshlanishi, qu-

sish; 2) ovqatlanish: emish, yutish, hazm bezlarining shira ajratishi; 

3) yurak va qon tomirlar faoliyatini boshqaruvchi; 4) uzunchoq 

miyada o‘pka ventilyatsiyasini ta’minlovchi nafas markazi joylash-

gan; 5) uzunchoq miyada vestibulyar o‘zaklar joylashgan.

Uzunchoq miyada hayot uchun ahamiyatga ega nafas va yurak-



430

qon tomirlar markazlari joylashgan bo‘lib, uning shikastlanishi o‘lim 

bilan tugaydi.

Uzunchoq miyani o‘tkazuvchanlik faoliyati undan o‘tuvchi bosh 

miya po‘stlog‘i, oraliq miya, o‘rta miya, miyacha va orqa miyani 

ikki tomonlama bog‘lovchi o‘tkazuv yo‘llari orqali bajariladi. 

 

Ortqi miya

Ortqi miya to‘rtinchi miya pufagidan taroqqiy etadi. Uni ven-

tral qismidan ko‘prik, dorsal qismidan esa miyacha hosil bo‘ladi. 

Ortqi miyaning qoldiq bo‘shlig‘i, uzunchoq miya bilan birgalikda 

IV qorinchani hosil qiladi.

Ko‘prik (pons) odamda yaxshi rivojlangan bo‘lib, ko‘nda-

lang bolish shaklida. U yuqoridan miya oyoqchalari, pastdan esa 

uzunchoq miya bilan chegaralanadi. Uzunchoq miya bilan ko‘prik 

o‘rtasida so‘g‘on-ko‘prik egati yotadi. Yon tomonga ko‘prik to-

rayib, miyachaning o‘rta oyoqchasiga o‘tib ketadi. Ko‘prikning 

tashqi chegarasini uch shoxli va yuz nervlari ildizlari o‘rtasidagi 

chiziq hosil qiladi. Ko‘prikning ventral yuzasi ko‘ndalang yo‘nal-

gan tolalardan iborat bo‘lib, o‘rtasida asosidagi egat joylashgan. 

Uning dorsal yuzasi IV qorincha tubini hosil qilishda ish tirok 

etadi. Ko‘prikning ko‘nda lang kesmasi markazida ko‘ndalang to-

lalar to‘plami – trapetsiyasimon tana joylashgan. Trapetsiyasi-

mon tana ko‘prikni orqa yoki yop qich qismi va oldingi yoki asos 

qismga ajratadi. Ko‘prikning oldingi qismi bo‘ylama, ko‘ndalang 

tolalar va ular o‘rtasida joylashgan ko‘prikning xususiy o‘zakla-

ridan iborat. Bo‘ylama tolalar po‘stloq va orqa miya orasidagi

po‘stloq va o‘zaklar orasidagi tolalar, shuningdek, po‘stloq va 

ko‘prik orasidagi tolalaridan iborat. Po‘stloq va ko‘prik orasidagi 

tolalar ko‘prikning xususiy o‘zaklarida tugaydi, ulardan boshlan-

gan tolalar ko‘ndalang tolalarni hosil qilib, miyachaning o‘rta 

oyoqchasi tarkibida miyacha po‘stlog‘iga boradi.

Ko‘prikning orqa qismida ko‘tariluvchi sezuvchi yo‘llar o‘rtasi-

da to‘rt (V, VI, VII, VIII) juft bosh miya nervlarining o‘zaklari va 

to‘r formatsiya joylashgan.

Miyacha (cerebellum) ko‘prik va uzunchoq miya yuqori qis-

mining orqa tomonida, orqa kalla chuqurchasida yotadi. Yuqo-

ri tomondan bosh miyaning ko‘ndalang yorig‘i miyachani yarim-

sharlarning ensa bo‘lagidan ajratib turadi (187-rasm). Miyacha-




431

da ustki va pastki yuzalar tafovut qilinib, ular 

o‘zaro chuqur gorizontal yoriq bilan ajrab tu-

radi. 



Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   621   622   623   624   625   626   627   628   ...   731




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish