Dominant haqida tushuncha. MNTda ba’zi sabablarga ko‘ra
o‘ziga boshqa reflektor ravoqlardan qo‘zg‘alishni tortib olib, o‘z
faolligini kuchaytirib, boshqa nerv markazlarini tormozlovchi
qo‘zg‘alish o‘chog‘i paydo bo‘lishi mumkin. Bu holatni A.A. Ux-
tomskiy dominant deb atagan. U turli sabablar: ochlik, suvsirash,
o‘zini saq lash instinkti ta’sirida paydo bo‘lishi mumkin. Odamda
dominant ga ma’lum ish bilan shug‘ullanish, sevgi, ota-onalik ins-
tinkti sabab bo‘lishi mumkin. Agar odam qiziqarli kitob ni o‘qisa
tashqi g‘ala-g‘ovurlar unga halaqit bermaydi. Hayotiy ahamiyat-
ga ega bo‘lgan ref lekslar, masalan, ovqatlanish, jinsiy reflekslar
markazlari dominant holatiga o‘tadi. Bu holat ma’lum intilish-
larni paydo qiladi, xatti-harakatlarni shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |