380
bosh bo‘g‘imi sohasida ichki va tashqi yonbosh arteriyasiga
bo‘linadi.
Ichki yonbosh arteriyasi (a.iliaca interna) katta bel mushagining
medial tomonidan kichik chanoq bo‘shlig‘iga tushib, katta quymich
teshigining yuqori chekkasida ikkita poyaga bo‘linadi. Uning orqa
poyasidan chanoq devori va oraliq mushaklarini, dumba mushaklari,
sonning medial guruh mushaklari va chanoq-son bo‘g‘imini qon bi-
lan ta’minlovchi: yonbosh-bel, dumg‘azaning lateral, ustki va pastki
dumba, yopqich arteriyalari chiqadi (167-rasm).
Ichki yonbosh arteriyaning oldingi poyasidan to‘g‘ri ichakning
o‘rta va pastki qismlarini, siydik qopini, bachadon va qinni, pros-
tata bezini, urug‘ pufakchalarini, siydik chiqarish nayini, urug‘ olib
ketuv chi nayni va erlik olatini qon bilan ta’minlovchi kindik arte-
riyasi, qovuqning past ki arteriyasi, bachadon, to‘g‘ri ichakning o‘rta
va ichki jinsiy arteriyalar chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: