3. Pastki ichak-tutqich arteriyasi (a. mesenterica inferior) qo-
rin aortasining chap yuzasidan III
bel umurtqasi sohasida bosh-
lanib, qorin pardaning orqasida pastga va chap tomonga yo‘na-
ladi. Uning tarmoq lari tushuvchi chambar ichakni, sigmasimon
chambar ichak ni va to‘g‘ri ichakning yuqori qismini qon bilan
ta’minlaydi.
Pastki ichak-tutqich arteriyasi tarmoqlari ustki ichak-tutqich
arteriyasi tarmoqlari va to‘g‘ri ichakning pastki qismlarini qon bi-
lan ta’minlovchi ichki yonbosh arteriyasi tarmoqlari bilan anas-
tomoz hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |