109-rasm. Halqum mushaklari (orqa tomondan ko‘rinishi):
1–halqum-asos fassiyasi; 2–halqumning ustki qisuvchi mushagi;
3–bigizsimon o‘siq-halqum mushagi; 4–bigizsimon-til osti suyagi mushagi;
5–halqumni o‘rta qisuvchi mushagi; 6–til osti suyagi; 7–qizilo‘ngach;
8–halqumning pastki qisuvchi mushagi; 9–medial qanotsimon mushak.
Halqumning burun qismi
halqum gumbazi bilan yumshoq
tang lay o‘rtasida joylashgan. U o‘ng va chap xoanalar vositasi-
da burun bo‘shlig‘i bilan qo‘shilgan. Halqum gumbazini orqa de-
vorga o‘tish joyini ichki yuzasida limfoid to‘qima to‘plami hal-
qum murtagi
joylashgan. Halqumning burun qismini yon devori-
da eshituv nayining halqum teshigi,
Do'stlaringiz bilan baham: |