YURAK-QON TOMIR KASALLIKLARI
Infarkt
deb – ishemiya tufayli paydo bo‘lgan nekroz o‘chog‘iga
aytiladi. Infarktlar, ko‘pincha, kollaterial qon aylanishi yetarli
bo‘lmagan a’zolarda hosil bo‘ladi. Bunda arteriyaning to‘satdan
bekilishi muhim ahamiyatga ega. Ko‘pincha, uni trombning ho-
sil bo‘lishi, embol tushib qolishi yoki uzoq vaqt davom etadigan
nerv – reflektor torayishi keltirib chiqaradi. Infarktning tashqi
ko‘rinishi, odatda, juda ham xarakterli bo‘ladi. Infarkt konussi-
mon shaklda, uchi a’zoning markazida, asosi esa uning yuzasiga
qaragan bo‘ladi. Bu nekrozning bir arteriyaning tarmo g‘i orqali
qon bilan ta’minlangan zonasi o‘z ichiga olishiga bog‘liq. Infarkt
sohasida to‘qimaning o‘lishi ishemiya tufayli yuz beradi, shuning
uchun ham nekroz sohasi sarg‘ish-oq rangda bo‘ladi. O‘lish quruq
nekroz tipida yuz berganligi uchun infarkt bo‘lgan qism qo‘sh-
ni to‘qimalarga nisbatan ancha qattiq bo‘ladi. Bunday oq yoki
ishemik infarktlar, odatda, taloq da buyraklarda, yurak mushagi-
da kelib chiqadi. Oq infarktlar tevaragida ko‘pincha, to‘q qizil
chok ko‘rinadi, bu giperemiya zonasining rivoj lanishi va maz-
kur sohada qon dimlanib qolishi tufayli hosil bo‘ladi. Bosh miya-
da o‘lgan to‘qimalar namlanuvchi kollikvatsion nekroz ga uchray-
di, bu o‘lgan to‘qimaning yumshashiga olib keladi. Qizil y oki ge-
morragik infarktlar, ko‘pincha, o‘pkada bo‘ladi, bu yerning qizil
rangga kirishi o‘pkaning o‘ziga xos qon aylanishi tufaylidir. Bu
nekroz sohasiga qon quyilishiga va o‘lgan to‘qimaning qizil rang-
ga bo‘yalishiga olib keladi. Odatda, infarkt atrofida o‘lgan to‘qi-
malarning so‘rilib ketishiga yoki biror tuzilishga kirib qolishiga
olib keluvchi yallig‘lanish jarayoni rivojlanadi. O‘lgan to‘qima-
397
larning biror tuzilishga kirib qolishi boshqa hollardagi nekrozdek
yuz beradi. Avval o‘lgan to‘qimaga granulyatsion to‘qima o‘sib
kiradi so‘ng chandiq hosil bo‘ladi. Ba’zan nekroz zonasiga tush-
gan yiringlanuv chi mikroblarning ta’sirida infarktning erib ke-
tishi yuz beradi va patos boylaydi. Bu ko‘ngilsiz oqibatdir.
Tromboz
– qon tomirlar ichida, qonning hayot davomida ivib
qolishi. Hosil bo‘lgan ivitmalar – tromblar qon tomirning ich-
ki devoriga qattiq yopishgan bo‘ladi va qon aylanishini buzadi.
Tromb qon plazmasining ivigan fibrini, qon plastinkalari, eritro-
sitlar va leykositlardan tashkil topgan. Trombning tashqi ko‘rinishi
har xil bo‘ladi. Tez hosil bo‘lganda u asosan qizil qon tanachala-
ridan tashkil top gan va qizil rangga ega bo‘ladi. Agar tromb juda
sekinlik bilan hosil bo‘lsa, uning tarkibiga asosan fibrin, leyko-
sitlar, qon plastinkalari kiradi va u oq rangda bo‘ladi. Oq va qizil
uchast kalar almashinib turgan tromb aralash tromb deb ataladi.
Odamda tromb qon tomir devori bilan chegaralangan qismda-
gina bosh langan bo‘ladi, keyinchalik esa trombning hosil bo‘lishi
shunday boradiki, unung dumi qon tomir oralig‘ida erkin su-
zib turadi. Tromblarning bunday dumlari venalarda osonlik bilan
ajralib ketadi va qon oqimi bilan oqib ketadi. Yurak orqali ular
o‘pka arteriyasiga tushadi va uning ichini berkitib qo‘yishi mum-
kin, bu esa, ko‘pincha, to‘sat dan yuz beruvchi o‘lim bilan tugay-
di. Tromb fiziologik va patologik bo‘ladi. Fiziologik tromb – ju-
da muhim himoyaviy moslashish jarayonidir. U qon tomirlar-
ning butunligi, yaxlitligi buzilganda vujudga keladi, shikastlangan
tomir ichini berkitadi va organizmni qon yo‘qotishdan saqlay-
di. Trombning hosil bo‘lish mexanizmi – fiziologik va patolo-
gik sharoitlarda ko‘p umumiy tomonlarga ega. Sxematik ravishda
uni uch fazadan iborat murakkab jarayon sifatida tasavvur qilish
mum kin. Qon plastinkalari va to‘qimalarining parchalanishida
qonda faol trombokinaza hosil bo‘ladi. Ikkinchi fazada qon pla-
zmasidagi protrombin trombokinaza ta’sirida trombga aylanadi.
Bu jarayon uchun qonda tromboz hosil bo‘lishini ta’minlov chi
kalsiy tuzlarning va K vitaminining mavjudligi katta ahamiyatga
ega. Uchinchi fazada qon plazmasining oqsillardan biri – fibri-
nogen trombin ta’sirida fibringa aylanadi va tolali massa sifatida
cho‘kmaga tushadi. Fib rin bilan birga cho‘kmaga fibrin to‘rla-
rida ushlanib qolgan tromb ning qattiq massasini hosil qiluv chi
qonning shaklli elementlari ham tushadi. Qon ham to‘qimalarda
398
bo‘ladigan va tromblar shakllanayot gan davrda ajralib chiqadigan
aktivatorlar ta’sirida plazmogen fibrinolizinga aylanadi. Fibrino-
lizin fibrinning erishini va laxtaning yoyilib ketishini ta’minlaydi.
Patologik sharoitlarida qonning ivish va fib rinolitik tizimni o‘rta-
sidagi o‘zaro munosabat o‘zgara di. Stressda har qanday sababdan
kelib chiqadigan shokda og‘ir ara la shuvlarda, jarrohlarda, nek-
rozda qonning ivish xususiyati keskin osha di, biroq buning keti-
dan qonning fibrinolitik aktivligining oshishi ko‘rinadi. Qonning
ivish faolligini oshishi munosabati bilan laxtalar va tromb lar ho-
sil bo‘ladi. Bu organizmning qon oqishining oldini olishga qara-
tilgan himoya reaksiyasidir. Ikkinchi fazasi – qonning fibrino-
litik aktivligining kuchayishi, bu ham himoya faza bo‘lib, qonni
suyuq holatda tutib turishga qaratilgan.
Ko‘p sonli laxtalar hosil bo‘lganda profibrinolizin rezervi ka-
mayib ketishi mumkin bo‘lib bunda yoyila boshlashi tugallanmay
qoladi. Laxtalar g‘ovak, sifatsiz bo‘lib qoladi, ular tomirlar devo-
rida saqlanib tura olmaydi, biroq erib ketmaydi ham. Bunda qon
bundan keyingi ivish xususiyatini yo‘qotadi. Fibrinoliz yuz bera-
di. Agar bu hodisa jarrohlik aralashuvidan keyin yuz bersa, og‘ir
fibrinolitik qon oqish hodisalari ro‘y berishi xavfi tug‘iladi. Ay-
ni vaqtda, venalardan sifatli bo‘lmagan laxtalarning uzilib turishi
embollar hosil qilish xavfini yuzaga keltiradi. Bu, o‘z navbatida,
o‘pka arteriyalari tromb emoboliza tsiyasiga va bemorlarning pul-
monal shokdan to‘satdan halok bo‘ lishiga yoki o‘pka infarktlari
rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Og‘ir jarrohlik aralashuvi va shikastlardan so‘ng uchraydigan
fibrinoliz va to‘la sifatli bo‘lmagan qon laxtalari hosil bo‘lishi bi-
lan birga embollar yuzaga kelishi trombogemorragik sindrom deyi-
ladi va g‘oyat xavf li asorat hisoblanadi.
Tromb hosil bo‘lishini tormozlovchi moddalar – antikoagul-
yantlar ma’lum. Ularga jigar to‘qimasida ko‘p miqdorda bo‘luv-
chi geparin, qondagi fermentlar: antitrombin, fibrinolizin va do-
ri moddalar kiradi. Tibbiyot amaliyotida bu moddalarni tromb
hosil bo‘lishini to‘xtatish lozim bo‘lgan hollarda, masalan qon
ivuv chanligi ortgan vaqtda qo‘llash ga to‘g‘ri keladi. Trombning
hosil bo‘lishi va shakllanishi qator shart-sharoitlarga bog‘liq.
Ulardan asosiylari quyidagilar: 1) tomir devori yaxlitligining bu-
zilishi; 2) qon oqimining sekinlashishi; 3) qon tarkibi va sifati-
ning o‘zgarishi. Qon tarkibining o‘z garishi, ayniqsa, uning ivuv-
399
chanligining ortishi, tromboz hosil bo‘ lishi uchun qulay sharoit
yaratib beradi. Bu – qator kasalliklarda – qonga natriy xlorid-
ning gipertonik eritmalari, a’zolardan ekstraktlar va boshqalar
yuborilganda kuzatiladi.
Trombning oqibatida, odatda, uning yallig‘lanishi, parchala-
nib ketishi, uzilib, emboliyaga olib kelishi, erib ketishi kuzatila-
di. Biriktiruvchi to‘qima bilan birga yosh tomirlar ham o‘sib kira-
di va tromb orqali qonda aylanish tiklanadi. Odatda, 3–4 kundan
keyinroq tromb tomir devoriga mustahkam joylashadi.
Ba’zan proteolitik fermentlar ta’sirida trombolitik massalar-
ning suyuqlanishi va so‘rilib ketishi yuz beradi. Bunday hollar-
da tomirning o‘tkazuvchanligi to‘la-to‘kis tiklanishi mumkin.
Tromb ning so‘rilib ketishi va rekanalizatsiya bilan tugallanishini
yaxshi oqibatda deb qarash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |