deb, tomirlardan qon ketishiga aytiladi. Tashqi
va ichki qon oqishlar tafovut qilinadi. Tashqi qon oqishda qon
tana bo‘sh liq lariga quyuladi. To‘qimalarda qonning to‘planishiga
qon quyulishi deb ataladi.
401
quyulish yoki qontalashlar ko‘rinishida bo‘ladi. Bunda oqqan
qonni to‘qimalar keng doirada shimib oladi. Qontalashlar, odat-
da, aniq chegaraga ega bo‘lmaydi. Nihoyat qon quyulishlarda ge-
matomalar paydo bo‘lishi mum kin, bunda quyilgan qon to‘pla-
nib, to‘qimalarni surib qonga to‘lgan bo‘shliqlarni hosil qiladi.
Hosil bo‘lish joyiga qarab quyidagi qon quyulishlarni tafovut
etadilar: Qon tupurish – nafas olish yo‘llaridan qon oqishi; met-
rorragiya – bachadondan qon ketishi; gematuriya – siydik yo‘lla-
ridan qon oqishi; gemotoraks – plevra bo‘shlig‘iga qon quyulishi;
gemoperikard – yurak xaltasiga qon quyulishi; gemoperitoneum –
qorin bo‘shlig‘iga qon quyulishi.
Birorta a’zoga juda tezlik bilan zo‘rayuvchi qon oqishini apo-
pleksiya deb ataydilar. Apopleksiya deganda, ko‘pincha, miyaga
qon quyulishini ko‘zda tutadilar, u esa, odatda, hushdan ketish,
ba’zida esa to‘satdan yuz beruvchi o‘lim bilan tugaydi.
Qon oqayotgan tomirning xarakteriga qarab, arterial, venoz,
kapillyar yoki parenximatoz qon oqishlarni farq qiladilar. Shikat-
langan a’zoning sathidan aralash – venoz va arterial qon oqadi.
Mexanizmga ko‘ra qon oqishlarni ikki katta guruhga bo‘lish
mum kin: 1) tomirlar devorining yorilishi yoki ularning yemiri-
lishi tufayli; 2) tomirlar devori butunligining ko‘zga ko‘rinadigan
buzi lishlarisiz qon oqishlar.
Tomirlar devorining yorilishi ko‘pincha, jarohatlar natijasi-
da yuz beradi. Ular tomirlar devorining patologik o‘zgarishlari,
yallig‘ lanish jarayonlari, kengaygan venalarda dimlanish holatla-
ri tufayli vujudga ke ladi.
Tomirlar devorining yemirilishi asta-sekin, uning to‘qimasi bi-
rorta yarali jarayon bilan masalan, oshqozon yarasida, o‘pka to‘-
qimasining sil tufayli yemirilishida, ichakning qorin tifida bu zil-
ganida kuzatiladi. Tomirlarning yemirilishi yallig‘langan o‘choq-
larda masalan, flegmonada, shuningdek, tomirga o‘smalar o‘sib
kirganda yoki ular parchalanganda kuzatiladi.
Kollapsda – tomirlar tonusi pasayadi; qon bilan ta’minlanishi-
ning kamayishi tufayli barcha hayotiy jarayonlar susayadi. Kol-
lapsning tashqi ko‘rinishlari: puls arang seziladi, u tezlashgan va
notekis bo‘ladi, oyoq-qo‘llar soviydi; teri oqaradi va yopishqoq
sovuq ter chiqadi