Anatomiya 2014. indd


Oxirgi miya Oxirgi miya



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet633/722
Sana02.01.2022
Hajmi4,54 Mb.
#309004
1   ...   629   630   631   632   633   634   635   636   ...   722
Bog'liq
Anatomiya 2014. indd

Oxirgi miya

Oxirgi miya 

(telencephalon), yoki katta miya (cerebrum) oxir-

gi miya pufagining takomillashuvidan hosil bo‘lib, bosh miya-

ning bo‘ylama tirqishi uni ikki yarimsharga ajratadi. Bosh miya 

yarim sharlari o‘zaro qadoq tana tolalari bilan birlashgan. Bosh 

miya yarim sharlari oq va kulrang moddadan tashkil topgan. Har 

bir yarim shar quyidagi qismlardan iborat: 1) po‘stloq (plashch); 

2)  hidlov miyasi; 3) yon qorinchalar; 4) bazal o‘zaklar.

Bosh miya yarimsharlari tashqi tomondan 2–4 mm qalin-

likdagi kul rang qatlam, miya po‘stlog‘i bilan qoplangan. Har 

bir yarimsharda uchta: qavariq ustki lateral yuza, yassi qo‘sh-

ni yarimsharga qaragan medial va ostki yuza tafovut qilina-

di. Miya yarimsharlarining yuzasi turli yo‘nalish dagi egatlar va 

ular o‘rtasida joylashgan pushtalar bo‘lgani uchun murakkab tu-

zilishga ega. Egatlar va pushtalarning kattaligi va shakli indi-

vidual bo‘ladi. Bosh miya yarimsharlarida bir nechta chuqur 

egatlar bo‘lib, ular homila taroqqiyoti jarayonida boshqalardan 

erta paydo bo‘ladi. Har bir yarimshar shunday egatlar yorda-

mida beshta: peshona, tepa, ensa, chakka va orolcha bo‘lakla-

riga bo‘linadi. Bosh miya yarimsharlarining ustki lateral yuza-

sida (194-rasm) frontal sathda joylashgan markaziy (yoki Ro-

land) egati peshona bo‘lagini tepa bo‘lagidan ajratib turadi. Te-

pa bo‘lak ensa bo‘lakdan medial yuzada joylashgan tepa-ensa 

egatidan bosh lanib, pastga tomon yo‘nalgan shartli chiziq yor-

damida ajraladi. Chakka bo‘lakni boshqa bo‘laklardan yon egat 

ajratib turadi. 




441

Miya yarimsharlarining peshona bo‘lagining ustki lateral yuza-

si da markaziy egatga parallel holda markaz oldi pushtasini ajra-

tuvchi mar kaz oldi egati o‘tadi. Markaz oldi egatidan oldinga qa-

rab, ustki va pastki peshona egatlari yo‘naladi. Bu egatlar pesho-

na bo‘lagining ustki lateral yuzasini qolgan qismini ustki, o‘rta va 

pastki pe shona pushtalariga ajrata di.

Tepa bo‘lakda markaziy egatga parallel joylashgan markaz 

orqasidagi egat bo‘lib, ular o‘rtasida markaz orqasidagi pushta 

yota di. Bu pushta yarimsharlarning medial yuzasiga davom eta-

di va peshona bo‘lagining markaz oldi pushtasiga qo‘shilib mar-

kaz yon bo‘lagini hosil qiladi. Markaz orqasidagi egatdan orqaga 

yo‘naluv chi tepa ichidagi egat tepa bo‘lagini ustki va pastki tepa 

bo‘lakchalariga bo‘ladi. Pastki tepa bo‘lakchasida yon egat ning 

uchini o‘ragan qirg‘oq usti pushtasi va ustki chakka egatining 

uchini o‘ragan burchakli pushta tafovut qilinadi.

Chakka bo‘lagining ustki lateral yuzasida lateral egatga pa-

rallel joylashgan ustki va pastki chakka egatlari bor. Bu egatlar 

chakka bo‘lagini ustki, o‘rta va pastki chakka pushtalariga ajra-

tadi. Ensa bo‘lagi nisbatan kichik bo‘lib, uning egat va pushtalari 

juda o‘zga ruvchan bo‘ladi.

Orolcha yon egatning tubida joylashgan bo‘lib, uni ko‘rish 

uchun peshona, tepa va chakka bo‘laklarining qopqoq qismini 

olib tashlash kerak bo‘ladi. Orolcha boshqa bo‘laklardan chu-

qur orolchaning halqasimon egati vositasida ajralib turadi. Orol-


Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   629   630   631   632   633   634   635   636   ...   722




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish