Immunitet
–
organizmni tashqi muhitdan kiruvchi yot hujay-
ra va moddalardan yoki unda hosil bo‘luvchi antigenlardan bio-
logik himoya. Mikroblar, viruslar, ovqatdagi va havodagi zarar-
li birikmalar, o‘lik to‘qimalar va o‘zgargan hujayralar antigen
bo‘lishi mumkin.
Immunitetning hujayra mexanizmi asosida I.I.Mechnikov
och gan
fagositoz
– ya’ni leykositlarning bakteriyalar, mayda
zarrachalar, hujayralar bo‘laklarini yutish va ularni hazm qilish
xususiyati yotadi. Neytrofillar, bazofillar, eozinofillar va mono-
sitlar fagositlar hisoblanadi. Monositlar yallig‘lanish o‘chog‘iga
borib, 100 tagacha bakteriyalarni yuta oladigan makrofaglarga
aylanadi. Antigen-antitela majmuyi fagositlar tomonidan ushlab
olib h azm qilinadi. Fagositoz immunitetni birdan bir mexani-
zmi emas. Qon plazmasida bakteriotsid va antitoksik modda-
lar aniq langan. Qonning globulinlaridan biri – interferon ko‘p
viruslarni faolsiz lantirsa, proverdin va lizosim bir qator bak-
teriyalarni parchalaydi, sitotoksinlar rak hujayralarini o‘ldira-
di. Bu moddalar
Do'stlaringiz bilan baham: |