Anatomiya 2014. indd



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet399/722
Sana02.01.2022
Hajmi4,54 Mb.
#309004
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   722
Bog'liq
Anatomiya 2014. indd

Bronxopnevmoniya. 

Bronxopnevmoniya ter-

mini o‘pka to‘qimasining kelib chiqishi turlicha 

bo‘l gan yallig‘lanishlarni birlashtiradi. Bronxo-

pnevmoniya, ko‘pincha, operatsiyadan keyingi 

davrda rivojlanadi. Bronxopnevmoniyada ham-

ma dan ko‘proq o‘pkaning orqa bo‘limlari shi-

131-rasm. Kru-

poz pnev moniya. 

Kulrang jigarlanish 

bosqichi.



268

kastlanadi. Bronxopnevmoniya uchun bemorning yoshiga aloqa-

dor o‘ziga xos o‘zgarishlar xarakterlidir.

O‘pka emfizemasi. 

«Emfizema» termini so‘z ma-so‘z «ko‘-

chish» deb tarjima qilinadi. O‘pkaning ko‘chishi emfizemaning 

asosiy ko‘ri ni shidir. Surunkali umumiy vezikulyar emfi zema 45–

50 yoshlarda kelib chiqishi mumkin, ammo ba’zan uning belgi-

lari oldindan paydo bo‘ladi. Bu kasallik o‘pka alveolalari haj-

mining kattalashishi, alveola yo‘llarning kengayishi, alveol yar 

to‘siqlarning atrofiyasi va yo‘qolishi bilan xarakterlanadi, oqi-

bat natijada alveolalar guruhi katta pufaklar hosil qilib, qo‘shi-

lib ketadi. Ayni vaqtda asinuslararo va bo‘lakchalararo to‘siqlar 

sklerozga uchraydi. O‘pkaning ayrim qismlari shishib ketgan pu-

faklarga aylanadi. Alveolalar orasidagi teshiklar keskin kengaya-

di va qo‘shni alveolalar yo‘llari bir-biriga tutashib qoladi. Bu-

larning hammasi o‘pka nafas sathining keskin kamayishiga olib 

keladi. Emfizema qovurg‘alar va bronx lar tog‘ayining bo‘shashi 

bilan davom etadi. Ko‘krak qafasi bochkaga o‘xshash shaklga ki-

radi, uning nafas harakatlari keskin chegaralanadi. Ko‘krak qa-

fasi hamma vaqt go‘yo nafas olgan holat da turganday bo‘la-

di. Nafas chiqarish qiyinla shadi va shunchalik kuchsiz bo‘ladi-

ki, bemor ba’zan hatto shamni ham puflab o‘chira olmaydi. Bu-

larning hammasi birgalikda nafasning ko‘proq ekspirator turda 

harsillash bilan keskin buzilishiga olib keladi, nafas chiqarish 

qiyinlashadi.

Alveolyar to‘siqning yupqalanishi, sklerozi va yemirilishi tu-

fayli o‘pkaning kapillyar to‘ri qisqaradi va ularda qon aylanishi 

yetishmay qoladi. Bunda bronxlar, bo‘laklararo to‘siqlar bo‘ylab 

o‘tuvchi tomir larning skleroziga ham imkoniyat tug‘iladi. O‘pka-

da qon aylanishining buzilishi o‘ng yurakda yuk bo‘lib tushadi, 

natijada qon aylanish tizimida o‘zgarishlar kelib chiqadi. Shuning 

uchun ham o‘pka emfizemasi bor bemorlar, ko‘pincha, yurak-to-

mir yetishmovchiligidan halok bo‘ladilar.


Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   722




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish