Tog‘ jambili (Origanum) - Faqat bir turi (O.tythantum) O‘zbekiston florasida tarqalgan.
Lavanda turkumi - Lavandula.-Asl lavanda L.vera.bu gullari ko‘p yoki to‘q binafsha rangli juda xushbo‘y hidli chala butadir. Efir moyi olish uchun Qrimda, Kavkazda va Moldaviyada ekiladi. Efir moyidan odekolonlar tayyorlanadi. Quritilgan gullari kiyimlarni kuyadan saqlash uchun sepiladi.
Ahamiyati: - Oila vakillari efir moylariga boy bo`lganligidan parfyumeriya va oziq ovqat sanoatida ishlatiladi. Bulardan tashqari bir necha turlari dorivor hisoblanib, tibbiyotda qo`llaniladi. Ko`pchilik turlari madaniylashtirilgan.
Bu oila vakillari efir moyiga boy bo‘lgandan ularning ko‘pgina vakillari efir moyi olish uchun ekiladi. Mas. Mavrak (muskat mavragi), lavanda, nano va boshqalar. Bulardan olingan efir moyi atir upa sanoatida, ovqat va likyor-aroq ishlab chiqarish sanoatida qo‘llaniladi. Bir necha turlari masalan., tog‘ jambili, logoxillus , limono‘ti, jingalak nano, dori mavrak, arslonquyruq va boshqalar meditsinada ishlatiladi. Yalpiz, osh rayhon, jambil va boshqalar ovqat mazasini yaxshilashda ishlatiladi. - Bu oila vakillari efir moyiga boy bo‘lgandan ularning ko‘pgina vakillari efir moyi olish uchun ekiladi. Mas. Mavrak (muskat mavragi), lavanda, nano va boshqalar. Bulardan olingan efir moyi atir upa sanoatida, ovqat va likyor-aroq ishlab chiqarish sanoatida qo‘llaniladi. Bir necha turlari masalan., tog‘ jambili, logoxillus , limono‘ti, jingalak nano, dori mavrak, arslonquyruq va boshqalar meditsinada ishlatiladi. Yalpiz, osh rayhon, jambil va boshqalar ovqat mazasini yaxshilashda ishlatiladi.
III. Xulosa
Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha ilmiy tibbiyotda va halq tabobatida 120 mingdan ortiq o‘simliklar turlari ishlatiladi. Jumladan O‘zbekiston florasida 1000 dan ortiq turlarning dori–darmonlik xususiyatlariga ega ekanliklari to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
Yalpizdoshlar – Lamiaceae oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklarini o`rganish boyicha tadqiqot ishi birinchi marotaba qilindi.
- Lamiaceae oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklarining 26 turkum va 69 turdan iborat ekanligi aniqlandi.
- Turkumlar bo‘yicha turlar bir hil tarqalmagan. Turlarning ko‘pligi jihatidan Phlomoides Moench. turkumi vakillari (45) ajralib turadi. Ikkinchi o`rinda Scutellaria L. (38), uchinchi o`rinda esa Salvia L. turkumi (21) turlari ko`p tarqalishi jihatidan yetakchi o`rinlarda turadi.
O`zbekistonda tarqalgan Lamiaceae -Yalpizdoshlar oilasiga mansub turkum va turlar tahlil qilinganda Phlomoides Moench. turkumining 45 turi oilaga mansub turlarning 19 %, Scutellaria L. 38 turi 16%, Salvia L. 21 turi 8,9 %, Nepeta L. 19 turi 8%, Lagochilus Bunge ex Benth. 18 turi 7,5 %, Dracocephalum L. 16 turi 6,7%, Phlomis L. 15 turi 6,3%, Ziziphora L. 8turi 3,3 %, Lophanthus Adans. 6 turi 2,5 %, Otostegia Benth. 5 turi 2,1 %, Leonurus L., Stachys L., Perovskia Kar., Thymus L.turkumlarining 4 tadan turlari 1,7 % dan 6,8% ni, Mentha L. 3 turi 1,3%, Lycopus L., Hypogomphia Bunge, Lamium L., Stachyopsis Popov et Vved. turkumlari 2 tadan turga ega bo`lib 0,8 % dan 3,2% ni, qolgan 20 ta turkum faqat 1 tadan turga ega bo`lib 0,4 % dan 8% ni tashkil qildi.
- Lamiaceae oilasining O`zbekiston “Qizil Kitobi”ga kiritilgan 30 tur o`simligidan Farg`ona vodiysi florasida faqat 1 turi ya‘ni, Salvia margaritae Botsch. uchraydi xolos.
- Yalpizdoshlar oilasiga mansub 238 turdan 144 ta ko`p yillik o`t, 73 ta chala buta, 20 ta bir yillik, faqat 1 ta ikki yillik hayotiy shaklga ekanligi, oilada fanerofitlar uchramasligi aniqlandi.
- O‘simliklar hayotiy shakllarini Raunkiyer sistemasi bo‘yicha fanerofitlar (ya’ni daraxtlar) yo`q, xamefitlar 73 tur (30,6%), gemikriptofitlar 145 tur (61%), kriptofitlar uchramaydi, terofitlarga 20 tur (8,4%) o`simliklar mansubligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |