Kurs ishining maqsadi: malakatimizda mavjud ananaviy energetika sohalari va sanoat tarmoqlarini o’rganish, ularning ishlash prinsiplari bugungi kunda qaratilyotgan e’tibor va olib borilayotgan islohatlar bilan tanishish, zamonaviy ilg’or texnologiyalarning qo’llanilishini kuzatish, va yakunida yanada ilg’or loyihalar ustida ishlash mamlakat energetika sohasiga o’z xissamizni qo’shish.
Kurs ishining vazifasi: aholining ijtimoiy sharoitini yahshilash, yashash sharoitlarini yengillashtirish, mamlakatda iqtisodiy salohiyatni kuchaytirish, ishlab chiqarish va turli sohalarni rivojlantirish kengaytirish ko’paytirish, qo’yinki hayotimizni barcha jabhalarini elektr enrgiyasiz tasavvur qila olmemiz. Bulardan kelib chiqib ushbu vazifalarni belgilab oldik
Ananaviy energetika sohalari bilan tanishish
Ananaviy energetika tarmoqlari mavjud sanoatlarni o’rganish
Zamonaviy ilg’or chet el texnologiyalarini ko’rib chiqish, ularni mamlakatimizda qo’llanilishini kuzatish
Yangi bilim va ko’nikmalarga asoslanib yangi loyihalar va texnologiyalar ustida ishlash.
Kurs ishining predmeti va ob’ekti: predmeti etib energetika sanoati, mavjud qonun va loyihalar, qarorlar va farmonlar, amaliyotga tadbiq etilgan loyihalar olindi. Obekti etib esa hududimizda joylashgan va mavjud ananaviy energiya manbalari. Sanoat tarmoqlari. Gaz, ko’mir sanoatlari. Elektr energiya sanoati bo’lmish gidroelektr satansiyasi olindi.
Kurs ishining hajmi: Kurs ishi 25 sahifadan iborat bo’lib kirish, ikki bob, 7 bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan.
I BOB. Ananaviy energiya turlari
I.1. Yoqilg’i va energiya haqida umumiy tushuncha
Yoqilg`ining turli xillarini bir-biri bilan taqqoslash uchun ular shartli yoqilg`iga aylantiriladi.
Shartli yoqilg`i deb, 1 kg yoqilg`i yonganda 7 ming kkal (29 MJ/kg) energiya beradigan, issiqlik koeffitsenti bir deb qabul qilingan yoqilg`iga aytiladi.
Yoqilg`ini shartli yoqilg`iga aylantirish uchun, yoqilg`ilar haqidagi ma`lumotlarni tegishli issiqlik koeffitsentiga ko`paytiriladi. Hisoblashlarda 1 kg shartli yoqilg`i o`rta hisobda 2 kVt/soat elektr energiyasiga teng deb ham qabul qilinadi, lekin bunda elektr stantsiyalarining foydali ish koeffitsenti hisobga olinadi.
Demak, jadvaldan ko`rinib turibdiki, 1 kg toshko`mirning issiqligi 1 kg shartli yoqilg`ining issiqligiga teng. Issiqligi kam bo`lgan yoqilg`i xom ashyolari torf, slanets, qo`ng`ir ko`mir va yog`och hisoblanadi. Shuning uchun ularni uzoq masofalarga tashib yurishning iqtisodiy foydasi yo`q. Ular maxalliy yoqilg`i bo`lib hisoblanadi. Qo`ng`ir ko`mir ham issiqlik koeffitsenti kam bo`lganligi sababli qazib olinadigan joyida va unga yaqin bo`lgan xududlarda ishlatiladi. Masalan, O`zbekistonda Angren ko`ng`ir ko`mir koni yaqinida «Angren», Nurobod shaharchasida «Yangi Angren» GRESlari kurilgan. Ushbu GRESlarda ko`mir yoqilib, olingan elektroenergiya iste`molchilarga jo`natiladi, chunki ko`mirning kuli ko`p bo`lganligi uchun uni o`zoq masofaga tashish iqtisodiy jixatdan o`zini oqlamaydi.
Yoqilg`i resurslarining qiymati faqat ularning kaloriyasigagina bog`liq bo`lmay, balki undan foydalanish imkoniyatiga hamda qazib olish harajatlariga ham bog`liq. Eng tejamli yoqilg`i xom ashyosi neft va gazdir, chunki ularni qazib olish va quvurlar orqali iste`molchiga jo`natish arzonga tushadi.
Maxsulot birligini olish (yoki 1 t yoqilg`i qazib olish) uchun sarflangan va pulda ifodalangan barcha harajatlar maxsulot tan narxi deb ataladi.
Muayyan vaqt davomida ma`lum bir xududda (mamlakat, iqtisodiy rayon, viloyat va h.k.) yoqilg`i va energiyaning turli xillarini qazib olish, xom ashyosini qayta ishlash va iste`mol qilish umumiy hajmini va tarkibini ifodalaydigan barcha ko`rsatkichlar yoqilg`i-energetika balansi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |