1.2. Yog`och. Ko’mir.
Yog`och insoniyat tarixida bir necha ming yillar davomida asosiy yoqilg`i manbai bo`lib keldi. Natijada juda ko`p o`rmonlar yo`q bo`lib ketdi yoki maydoni keskin qisqardi. Ko`mir, neft, gaz va boshqa yoqilg`ilarga o`tilgandan keyin yog`ochni yoqilg`i sifatida ishlatish keskin kamaydi. Ammo hozir ham baland tog` mintaqalarida, cho`llarda, ekvatorial-tropik mintaqalarda (janubiy o`rmon mintaqasi) joylashgan qoloq davlatlarda yog`och yoqilg`i sifatida hamon ishlatilmoqda. Yog`och eramizning XVI asrlarigacha asosiy yoqilg`isi bo`lib keldi.
1-rasm. Yog’och
Ko`mir
Ko`mir sanoati ko`mirni qazib olish (ayrim xollarda boyitish, briket qilish) va iste`molchiga yetkazib berishdan iborat. Asrimizning boshlaridan boshlab ko`mir insoniyatning yoqilg`iga bo`lgan extiyojini 70 foizini qondira boshladi (Hozir 20—25 foiz).
Ko`mir hozirgi paytda jahonda 60 mamlakatda qazib olinadi, ammo faqat 10 davlat (XXR, AQSH, Rossiya, Germaniya, JAR, Xindiston, Avstraliya, Chexiya, Buyuk Britaniya, Polsha) yiliga 100 mln tonnadan ortiq ko`mir qazib oladi. Jahondagi eng yirik ko`mir xavzalari bo`lib, Appalachi (AQSH), Donetsk (Ukraina), Kuznetsk (Rossiya), Yuqori Sileziya (Polsha), Rur (Germaniya), Fushun (XXR) hisoblanadi. Ko`mirning 90 foizi qazib olinadigan davlatda ishlatiladi, faqat 10 foizigina eksport qilinadi. Ko`mir eksport qiladigan davlatlar AQSH va JAR hisoblanadi.
2-rasm. Ko’mir
Qazib olinadigan ko`mir sifati jixatidan xilma-xil bo`lib, u ayrim rayonlarning geologik tuzilishi va ko`mir hosil bo`lish jarayonlarining turli bosqichlari bilan bog`liq. Toshko`mir bilan qo`ng`ir ko`mir bir-biridan farq qiladi. Qo`ngir ko`mirning toshko`mirga aylanishi uglerod miqdorining ko`payishiga bog`liq. Toshko`mir kokslanadigan va kokslanmaydigan bo`ladi. Donetsk, Kuznetsk, Appalachi, Rur, Fushun, Qarag`anda va Pechora xavzalari kokslanuvchi ko`mirga boy. Qo`ngir ko`mirda nam va ho`l miqdori ko`p bo`ladi, bu esa uning issiqlik berish hususiyatini kamaytirib yuboradi. Shuning uchun ulardan energetik yoqilg`i hamda kimyo sanoatida xom ashyo sifatida foydalaniladi. Yirik qo`ng`ir ko`mir xavzalari Rossiya (Moskva ostonasi, Chelyabinsk), Germaniya va Xitoyda joylashgan. Ko`mir ochiq, yopiq (shaxta), gidravlik va yer tagida gazga aylantirish usullarida qazib olinadi.
1.3. Neft
Ushbu sanoat tarmog`i XX asrning o`rtalaridan boshlab jahon energetika sanoatida yetakchi o`rinni eg`allab kelmoqda. Neft xalq xo`jaligida g`oyat muhim ahamiyatga ega.
Undan yoqilg`ining turli xillari, ko`p miqdorda kimyo maxsulotlari, surkov moylari olinadi. Ichki yonish dvigatellari bug` mashinalarini siqib chiqara boshlagandan keyin, benzin, kerosin hamda boshqa neft maxsulotlari ishlab chiqarila boshlangandan keyin, shuningdek bu maxsulotlar motor va reaktiv yoqilg`i sifatida qo`llaniladigan bo`lgandan keyin neftning yoqilg`i sifatidagi ahamiyati nixoyatda ortib ketdi. Neft maxsulotlaridan kimyo sanoatining turli tarmoqlari uchun, ayniqsa organik sintez uchun foydalanish katta ahamiyatga ega bo`lib qoldi.
N eft xom ashyo xolida ishlatilmaydi, qayta ishlash natijasida, undan turli xil yoqilg`i va yangi kimyoviy mahsulotlar olinadi. Neftni qayta ishlashdan chiqqan moy elektrostantsiyalarda yoqilg`i sifatida ishlatiladi. Neftni qazib olish ko`mirni qazib olishdan o`rta hisobda 4 barobar arzon tushadi. Xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida neftdan foydalanish juda ko`p mablag`ni tejashga imkon beradi.
3-rasm. Neft van eft koni
Do'stlaringiz bilan baham: |