Analitik va eksperimental embriologiya



Download 1,2 Mb.
Sana08.07.2022
Hajmi1,2 Mb.
#758136
Bog'liq
Evolutsion talimot Oripov Husniddin

ANALITIK VA EKSPERIMENTAL EMBRIOLOGIYA

EVOLUTSION TALIMOT

Biotexnologiya fakulteti Biologiya yo’nalishi EU-21 talabasi ORIPOV HUSNIDDIN

REJA:

  • 1.Embriologiya fanining rivojlanish tarixi
  • 2.Eksperimental embriologiya.
  • 3. Analitik embriologiya.

Embriologiya yunon. embryon - homila va logia - ta’limot demakdir. Ammo bu nom shu fanning mazmunini to`la ta’riflay olmaydi. Embriologiya fani tuxum hujayralarining otalanishidan tortib, tuxum qo`yuvchilarda homilaning tuxum qobig`idan chiqquncha, tirik tu-g`uvchilarda esa homilaning tug`ilguncha bo`lgan davridagi hamma jarayonlarni ta’riflab beradi. Shuningdek, embriologiya fani pushtdan oldingi, ya’ni j i n s i y hujayralarning rivojlanishi hamda homila tug`ilganidan keyingi dastlabki davrni ham o`rganadi. Chunki taraqqiyoti mutlaqo tuxum qobig`ida yoki tug`ilguncha tugallanib, so`ngra rivojlanmaydigan birorta organizm yo`q. Sut emizuvchilarda organlarning tuzilishi va funksiyasy voyaga yetgan organizmning a’zolari holatini tug`ilgandan so`ng ma’lum vaqt o`tgandan keyingina egallaydi.
Embriologiya organizmning normal individual taraqqiyoti va patologik holatlarda embrion rivojlanishinyng buzilishsabablarini va ularning oldini olish yo`llarini o`rganadi. Shuning uchun embriologiya organizmlarning individual taraqqiyoti - ontogenezning bir qismi hisoblanadi. Embriologiya hamma hujayrali organizmlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlaridan tortib, alohida tip, sinf va tur vakillari uchun xarakterli bo`lgan xususiy rivojlanish jarayonlarini ham o`rganadi. Shuning uchun ham embriologiya fani individual rivojlanishniig keng masalalarini o`rganuvchi u m u m i y va ayrim gruppa hayvonlar taraqqiyotini tekshiruvchi x u s u s i y embriologiyaga bo`linadi. Xususiy embriologiyaning muhim bo`limlaridan biri odam embriologiyasidir.
Embrional taraqqiyotni o`rganish usullari turlichadir. Oddiy va qadimiy usul bo`lgan tasviriy embriologiya pusht taraqqiyotining qanday o`tganini ta’riflab beradi. Turli xil hayvonlar taraqqiyoti jarayonini qiyoslab o`rganuvchi ta’limot kiyosiy embriologiyadir. A. O. Kovalevskiy, I. I. Mechnikov, E. Gekkel va boshqalarning izlanishlari natijasida qiyosiy embriologiya evolyutsion mazmunga ega bo`ldi. Evolyutsion nazariyani asoslashda muhim rol o`ynagan evolyutsion embriologiya dastlab qiyosiy-tasviriy embriologiyadan kelib chiqdi. Keyinchalik tajriba usuli embriologiyaning asosiy usuli bo`lib qoldi.
K. F. Volf, X. I. Pander va K. M. Ber zamonaviy embriologiyaning asoschilaridan hisoblanadi. Darvinning evolyutsion targ`iboti embriologiya masalalariga materialistik yondoshish uchun zamin yaratdi. Rus olimlaridan I. I. Mechnikov (1845-1916) va A. O. Kovalevskiy (1840-1901) Darvinning evolyutsion nazariyasi bilan qurollanib embriologiyaga ko`pgina yangiliklar kiritdilar. Ular umurtqasiz va sodda umurtqali hayvonlarni o`rganib, turli sinf hayvonlar embrional takomil davomida o`xshash davrlarni boshdan kechirishlarini (masalan, embrional varaqlarni) ko`rsatib berdilar. Bu bilan hayvonot dunyosining birligi yana bir bor tasdiqlandi. I. I. Mechnikov va A. O. Kovalevskiyning bu tadqiqotlari evolyutsion gistologiya va embriologiyaga asos bo`ldi. Hayvon organizmi individual taraqqiyotining hamma jarayonlarini 3 davrga bo`lish mumkin.
1. Taraqqiyotning homiladan oldingi davri - bu jinsiy hujayralarning rivojlanishi va yetilishini o`z ichiga oladi.
2. Urug`lanish jarayonidan boshlab tug`ilguncha davom etadigan homilaning rivojlanish davri.
3. Taraqqiyotning homiladan keyingi davri - tug`ilgandan to jinsiy balog`atga yetguncha bo`lgan o`zgarishlar davri.
Homiladan avvalgi davr, yuqorida aytganimizdek, jinsiy hujayralarning taraqqiyoti va yetilishini o`z ichiga oladi.
Odam va hayvonlar E.si old embrional taraqqiyot (oogenez, spermatogenez), uruglanish, embriogenez, yaʼni tuxum va embrion parda ichidagi rivojlanish, shuningdek, lichinkalik (koʻpgina umurtqasizlar va amfibiyalarda), postembrional (baliqlar, sudralib yuruvchilar va qushlarda) yoki postnatal (sut emizuvchilarda) davrlarni oʻrganadi.
Odam E.si embrionning erkak jinsiy hujayrasi (spermatozoid) bilan ayol jinsiy hujayrasi (tuxumhujayra)ning qoʻshilib urugʻlanishi (murtak boshlangʻichi) paytidan boshlab to organlarning vujudga kelishi (organogenez)gacha boʻlgan rivojlanish davrlarini oʻrganadi. Akusherlik amaliyotida tuxumhujayra urugʻlangach, 8 haftagacha embrion, 9haftadan keyin rivojlanishi homila deb ataladi, shuning uchun embrionning 9 haftadan keyingi rivojlanishidan to tugʻilgunicha boʻlgan davr homiladorlik davri qisoblanadi.
Erkak va ayol jinsiy hujayralari bachadon nayi (tuxum yoʻli)da bir-biriga qoʻshiladi; uruglangan tuxumqujayra nay orqali bachadonga qarab intiladi va taxminan bir qaftada bachadonga yetib boradi. Bachadonning shilliq pardasi murtakni qabul qilib olishga tayyor turadi. Murtak bachadon devoriga payvandlanib oladi (implantatsiya) va shundan boshlab oʻsib, taraqqiy etadi.
E.da murtakning bir necha taraqqiyog bosqichi farq qilinadi: otalangan tuxumqujayraning boʻlinishi, murtak varaqlarining paydo boʻlishi, organlarning shakllanishi va rivojlanishi.
Vazifasi va tadqiqot usullariga koʻra, umumiy, qiyosiy, eksperimental, populyatsion va ekologik E. ajratiladi. Qiyosiy E. dalillari hayvonlarning tabiiy sistemasini ishlao chiqish uchun asos boʻladi. Eksperi.msntal E. aʼzo va toʻqimalarni olib tashlash, koʻchnrib oʻtqazish va suiʼiy muhitda oʻstirish orqali ularning kelib chiqishi mexanizmlari va ontogenezda rivojlanishini oʻrganadi. E. sitologiya, genetika, biokims, molekulyar biologiya va boshqalar fanlar bilan birgalikda rivojlanishi natijasida individual rlvojlanish qonuniyatlari haqidagi fan — rivojlanish biologiyasi yoki ontogenetika vujudga keldi.
Hindiston, Xitoy, Misr va Yunonistondagi (miloddan avvalgi 5-asr) embriologik tadqiqotlarda diniyfalsafiy taʼlimot aks etgan. Bu qarashlar Gippokrat va Aristotel asarlarida ham oʻz ifodasini topgan. Gippokrat va uning izdoshlari odam embrioni rivojlanishini oʻrganishga ahamiyat berib, uni tovuq tuxumidan joʻjaning shakllanishiga qiyoslashni tavsiya qilganlar. Aristotelning embriogenezda aʼzolarning ketmaket shakllanishi toʻgrisidagi taʼlimoti epigenetik tasavvurlarga asoslangan. Bu qarashlar 16-asrgacha deyarli oʻzgarishsiz qoldi. U. Garvey asarining nashr qilinishi (1651) E. rivojida muhim burilish yasadi. Italiyalik olim M.Malpigi mikroskop yordamida joʻja rivojlanishining xuddi shu bosqichida ilgari maʼlum boʻlmagan qism (aʼzo)larini koʻrishga muvaffaq boʻldi (1672), u E.da 18-asr oxirigacha saqlanib kelgan preformistik tasavvurlar (embrion rivojlanishi unda oldindan mavjud boʻlgan xilmaxil strukturalarning oʻsishi)ni yoqlab chiqqan.
Bunga K.F.Volf oʻz asarlaridagi (1759) maʼlumotlar bilan qattiq zarba berdi. Hozirgi zamon E.siningasoschisi K.M.Ber sut emizuvchi hayvonlar va odam tuxumdonidagi tuxumni kashf qildi va tavsiflab berdi (1827). Evolyutsion qiyosiy embriologiya Ch.Darvin nazariyalariga asoslangan. A.O. Kovalevskiy va I.I.Mechnikovning ilmiy izlanishlari turli tiplarga mansub hayvonlarning bir-biriga qarindoshligini isbotlaydi. A.O.Kovalevskiyning embrional varaqlar toʻgʻisidagi nazariyasiga (1871) koʻra, barcha koʻp hujayrali hayvonlarning asosiy aʼzolar sistemasi dastlab hujayra qatlamlari koʻrinishida rivojlanadi. Bu koʻp hujayrali hayvonlar barcha tiplarining kelib chiqishi bir ekanini koʻrsatadi. Tavsiflovchi tadqiqotlar bilan bir qatorda eksperimental E. ham rivojlanmoqda. Ilk embrional rivojlanish, urugʻlanish, boʻlinish, embrional veraqlarning vujudga kelishi, organogenez, gistogenez va patologik rivojlanishning turli koʻrinishlarini oʻrganish, ayniqsa, kimyoviy agentlar yordamida rivojlanishni kuchaytirish, embrional shakllanishning harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlash, hujayra differensiatsiyasining genetik va sitologik asosini ochish hozirgi zamon E.si oldidagi muhim masaladir.
E. maʼlumotlaridan (tibbiyotda turli anomal va tugʻma majruhliklarni oldindan bilib olish), qishloq xoʻjaligi amaliyotida (mas, organizmga embrional rivojlanish davrida taʼsir etib, chorva mollari zotini yaxshilash, baliqlarni, foydali hasharotlarni koʻpaytirish, zararkunandalarni yoʻqotish va boshqalar da) foydalaniladi. Epidemiologik kasalliklar qoʻzgʻatuvchisi va tarqatuvchilariga qarshi kurashni toʻgʻri tashkil etish uchun E. maʼlumotlari zarur. Ad.: Ibragimov Sh., Shodiyev N.,Daminov A., Sitologiya, gistologiya va embriologiya. T., 1998; Toʻychiye v S Toshmanov N., Fayzullayev S, Sitologiya, embriologiya va gistologiya, T., 2004.
Embriologiya - bu yangi organizmlarning rivojlanishi bilan shug'ullanadigan biologiya bo'limi. Embriologlar reproduktiv hujayralarni (gametlarni) kuzatadilar urug'lantirish, bir hujayrali zigota, so'ngra embrion bo'lib, to'liq ishlaydigan organizmga aylanadi. Embriologiyaning ko'plab bo'limlari mavjud, ba'zi olimlar inson embrionlariga e'tibor qaratadi, boshqalari hayvonlar va o'simliklarni o'rganadi. Evolyutsion biologlar ko'pincha embriologiyadan turlarni solishtirish vositasi sifatida foydalaning, chunki organizmning rivojlanishi uning evolyutsion tarixiga ko'p maslahatlar berishi mumkin. Boshqa olimlar embriologiyadan o'zlari ishlayotgan tizim yoki organizmni yaxshiroq tushunish uchun vosita sifatida foydalanadilar, xoh u yo'qolib ketish xavfi ostida turgan turni saqlash yoki zararkunanda turlarining reproduktiv buzilishi. Inson embriologiyasini o'rganayotgan olimlar ayollarning reproduktiv salomatligiga yordam berishadi va rivojlanish nuqsonlari va malformatsiyalariga olib kelishi mumkin bo'lgan keng ko'lamli muammolarni tushunishadi.

ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish