Analitik reaksiyalarning o’tkazish usullari sezgirligi va yo’nalganligi Reja: 1.Analitik reaksiyalarning oʻziga xosligi 3. Analitik reaksiyalarning yonalganligi 4.Sifat analizida qoʻllaniladigan reaktivlar
Analitik reaksiyalarni o’tkazish usullari.
Anorganik kimyo kursida o’tkazilgan reaksiyalarning ba‘zilarini analitik reaksiyalar qatoriga kiritish mumkin. Kuzatish mumkin bo’lgan effekt sodir bo’ladigan kimyoviy reaksiya analitik reaksiya deb ataladi. Effekt deyilganda cho’kmaning hosil bo’lishi yoki uning erishi, eritma rangining o’zgarishi, ayrim gazsimon moddalarning hosil bo’lishi tushiniladi. Har bir kimyoviy reaksiya «ho’l» va «quruq» usulda o’tkazilishi mumkin.
Quruq usulda bajariladigan reaksiyalar, asosan taqribiy tekshirishda qo’llaniladi.
Agar reaksiya eritmada bajarilsa, u «ho’l» usulda bajarilgan bo’ladi. Modda suvda, kislota yoki ishqorda eritiladi, hosil bo’lgan eritmadan esa izlanayotgan ionlar tegishli reaktivlar yordamida topiladi. Masalan, Fe2+ionining eritmada mavjudligini aniqlash uchun Fe2+ tuzi eritmasidan probirkaga 1-2 tomchi solib uning ustiga K3[Fe(CN)6] tuzi eritmasidan 1-2 tomchi qo’shiladi. Ko’k rangli cho’kma Fe3[Fe(CN)6] hosil bo’lishi ko’zatiladi.
Erituvchilardan foydalanmagan holda fakat quruq moddalarning o’zi bilan bajariladigan analiz usullari «quruq» usullar deb ataladi.
Analitik reaksiyalar asosan 2 xil: "ho’l" va "quruq" usulda olib boriladi. Agar reaksiyalar qattiq moddalar bilan olib borilsa, u holda bu reaksiyalar quruq usulga kiradi. Eritmalar bilan olib boriladigan reaksiyalar ho’l usulga kiradi. Quruq usuldagi reaksiyalarni bajarish uchun reaktivlar aralashmasini yuqori temperaturagacha qizdirish yoki aniqlanayotgan qattiq moddani ikkinchi qattiq reaktiv bilan ishqalash lozim. Masalan, tiosionat CNS- ionini aniqlash uchun KCNS olib, uni chinni kosachada Fe(NO3)3 tuzi bilan ishqalansa,
u=-0987 qizil qon tuzi hosil bo’lishi tufayli aralashma qizil rangga kiradi.
Quruq usuldagi reaksiyalarga alanga rangini bo’yash reaksiyalari ham kiradi. Tekshirilayotgan modda tarkibidagi ba'zi elementlar gorelka alangasida yonganda alangani shu elementga xos rangga kiritadi. Reaksiyani bajarish uchun tozalangan plastinka yoki xromlangan sim tekshirilayotgan eritma bilan ho’llanadi va rangsiz alangaga kiritiladi. Hosil bo’lgan alanga rangiga qarab eritmada qanday ion borligi aniqlanadi. Masalan, Na+ alangani sariq, K+ - binafsha rangga kiritadi va h.k.
Fe3++ 3CNS- = Fe (CNS)3 qizil qon tuzi
Analitik reaksiyalarning sezgirligi, o’ziga xosligi. Agar modda qiyin eriydigan bo’lsa, topiladigan ionning kontsentratsiyasi nihoyatda oz bo’lganda ham cho’kma tushsa, bunday reaksiyalar seziluvchan reaksiyalar deyiladi.
Reaksiyaning seziluvchanligi miqdoriy jihatdan bir-biriga bog’langan ikkita ko’rsatkich – topilish minimumi va suyultirish chegarasi bilan harakterlanadi. Topilish minimumi modda yoki ionning reaksiyaga muayyan shart-sharoitlarda o’tkazilganida topilishi mumkin bo’lgan eng kam miqdoridir. Modda (ion) ning shu reaksiya yordamida topilishi mumkin bo’lgan eng kam kontsentratsiyasi suyultirish chegarasi deyiladi.
Amalda, sifat analizida, asosan, eritmalardagi reaksiyalar, "ho’l" usulda olib boriladigan reaksiyalar qo’llaniladi. Bunda analiz qilinayotgan namuna avval erituvchida eritilib, so’ngra tekshirish olib boriladi. Erituvchi sifatida distillangan suv, mineral kislotalar sulfat, nitrat, xlorid eritmalari, ishqorlar, spirtlar ishlatiladi. Agar tekshirilayotgan modda yuqorida ko’rsatilgan erituvchilarda erimasa, u holda yuqori temperaturada eritish usullaridan foydalaniladi. Eritish reaksiyalari mufel pechlarda 800-1000°C da va mo’rili shkafda olib boriladi. Analiz qilinayotgan modda avval chinni hovonchada maydalaniladi, keyin qotishma hosil qiluvchilar (quruq Na2CO3+K2CO3 aralashmasi) bilan aralashtiriladi va so’ngra isitgichlarga qo’yiladi.
Analiz qilinayotgan modda isitgichda berilgan aralashma bilan birikib, eruvchan tuzlarni hosil qiladi. Masalan: kalsiy silikat CaSiO3 suvda, kislota, ishqor va spirt larda erimaydi. Lekin qotishmaga o’tkazish natijasida u NaSiO3 tuzi holiga o’tadi, suvda eriydi, hosil bo’lgan CaCO3 ham kislotada eriydi
CaSiO3 + Na2CO3 → CaCO3 + NaSiO3
CaCO3 + 2HCl = CaCl2 +H2CO3
Sifat analizi — analitik kimyoning asosiy boʻlimlaridan biri; analiz qilinayotgan modda yoki moddalar aralashmasidagi elementlar, radikallar, funksional guruxlar va birikmalarni kimyoviy, fizik-kimyoviy, fizikaviy aniqlash va identifikatsiyalash usullari majmui. Sifat analizining muhim tavsifli usullari: 1) oʻziga xoslik (selektivlik) — qidirilayotgan elementni boshqa element ishtirokida aniklash usuli va 2) sezgirlik — nihoyatda oz miqdordagi elementni, yaʼni bir tomchi (0,01—0,03 ml) eritmadagi elementni aniqlash. Sifat analizining hozirgi usullarida sezgirlik 1 mkg ga boradi.
Anorganik moddalarning klassik Sifat analizi "quruq" yoki "hoʻl" usulda olib boriladi. Sifat analizining "quruq" usuli bir oz miqdorda bura (tanakor) yoki "fosfor tuzi" (NaNH4HPO4H2O) qoʻshib tekshirilayotgan modda kukuni (odatda, metall tuzlari yoki oksidlari) qizdirilganda gaz gorelkasi alangasi rangining oʻzgarishiga va rangli shishasimon qotishmalar hosil boʻlishiga asoslangan. Sifat analizining "hoʻl" usuli makro, "yarim makro", "yarim mikro", mikro va ultramikro usullarga asoslangan (yana q. Ultramikrokimyoviy analiz, Tomchi analiz).
Suvli eritmalardagi anorganik birikmalarning Sifat analizi ion reaksiyalariga asoslangan. Sifat analizining kimyoviy usuli bilan bir qatorda fizikaviy, fizik-kimyoviy usullari ham keng qoʻllanadi. Bu usullar tekshirilayotgan moddalarning optik, elektr, magnit, issiklik, katalitik, adsorbsion va boshqa xossalarini oʻrganishga asoslangan.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1.М.Отто. Современные методы аналитической химии. В 2-х томах. — М.; Мир, 2003. 2.Основы аналитической химии. Практическое руководство. / Под ред. Ю.А.Золотова. — М.: Высшая школа, 2003. 3.О сн о вы аналитической химии. Задачи и в о п р о с ы . /П од ред.Ю .А.Золотова. — М.: Высшая школа, 2002. 4.В.П.Васильев. Аналитик кимё. /Русчадан А.Тош хужаев таржимаси. - Узбекистон, 1999. 5. Mirkomilova M., Analitik kimyo, T., 1996. 6.Analitik reaksiyalarning oʻtkazish usullari Vikipediya
Do'stlaringiz bilan baham: |