Gaz xromatograflyasi usulida harakatchan faza sifatida tashuvchi deb ataladigan inert gaz ishlatiladi. Bu usulda aniqlanadigan modda, albatta, gaz holigao‘tkazilishi zarur. Gaz xromatograflyasi gaz-qattiq (gazadsorbsion) va gaz-suyuqlik xromatografiyasi usullariga bo'linadi. Gaz adsorbsion usulda turg‘un faza sifatida qattiq adsorbent ishlatiladi. Turg‘un faza sifatida aniq o‘lchamli g ‘ovak zarrachalar, harakatchan faza sifatida esa suvdagi yoki organik erituvchidagi elyuyentlar ishlatiladi.
144
|
Qog’oz xromatografiyasi usulining mohiyatini tushuntirib bering. (harakatsiz faza, harakatchan faza, ajratish mexanizmi, texnikasi, absorbsiya, xromatogramma, taqsimlanish, sifat analizi, miqdoriy analiz, guvohlar, noma’lum konsentratsiya )
|
Qog‘oz xromatografiyasi ham yupqa qavatli xromatografiyaning bir ko‘rinishi boiib, u murakkab aralashmalarni, ayniqsa, oqsillar, uglevodlar, yog’lar , antibiotiklar, gormonlar, glikozidlar, alkaloidlar, fenollar va boshqa tabiiy moddalarni ajratish va aniqlashda ishlatiladi. Bu usulda qog‘ozga adsorbilangan suv turg‘un faza, harakatchan faza sifatida esa suv bilan aralashmaydigan erituvchi ishlatiladi. Tekshiriladigan aralashmadagi moddalarni ajratish shu ikki erituvchi orasida ularning taksimlanish koeffitsientiga bogiiq. Qog‘oz adsorbent hisoblanadi. Qog‘oz xromatografiyasi erituvchining
yo‘nalishiga qarab, yuqoriga ko‘tariluvchi pastga tushuvchi va radial xromatografiya usullariga bo’linadi.
|
145
|
Xromatografik analiz usullari moddalarning qanday xossalariga asoslangan? (harakatsiz faza, harakatchan faza, ajratish mexanizmi, texnikasi, absorbsiya, xromatogramma, taqsimlanish, sifat analizi, miqdoriy analiz, guvohlar, noma’lum konsentratsiya )
|
Xromatografiya moddalarni ajratish, konsentrlash va tahlil qilish usullaridan biri bo‘lib, ulaming o'zaro aralashmaydigan ikki faza (turg‘un va harakatchan) orasida turlicha taqsimlanishiga asoslangan.
|
146
|
Xromatografiya usullari turg’un faza agregat holati bo’yicha qanday turlarga bo’linadi? (harakatsiz faza, harakatchan faza, ajratish mexanizmi, texnikasi, absorbsiya, xromatogramma, taqsimlanish, sifat analizi, miqdoriy analiz, guvohlar, noma’lum konsentratsiya )
|
Turg‘un fazaning sirti bilan tutashganda aralashma tarkibidagi moddalar o ‘z adsorbilanishi va erish xususiyatlariga mos ravishda turg‘un va harakatchan fazalar orasida tarqaladi. Turli xil moddalarni ajratish uchun turg‘un faza hech bo‘lmaganda quyidagi to‘rt xossadan biriga ega bo‘lishi kerak: 1 ) harakatchan fazada bo'lgan moddalarni fizikaviy yuta olish; 2 ) harakatchan fazadagi moddalarni kimyoviy yuta olish; 3) ajratiladigan moddalarni erita olish; 4) g‘ovak tuzilishga ega bo'lish va shu asosda bir moddani ikkinchisidan o‘lchamlari farqi asosida ajratish.
|
147
|
Xromatografiya usullari adsorbent xususiyatiga qarab qanday turlarga bo’linadi? (harakatsiz faza, harakatchan faza, ajratish mexanizmi, texnikasi, absorbsiya, xromatogramma, taqsimlanish, sifat analizi, miqdoriy analiz, guvohlar, noma’lum konsentratsiya
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |