Analitik kimyo



Download 2,28 Mb.
bet120/127
Sana22.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#153524
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   127
Bog'liq
Analitik kimyo 2-qism

O’lchash usuli

O’lchash, tadqiq qilinayotgan eritmalar o’lchanganda olingan natijalar bilan aniqlanayotgan elementning konsentrasiyasi ma’lum bo’lgan standart eritmalari uchun olingan natijalarni solishtirishga asoslangan. Shuning uchun, darajalash vaqtidagi va tadqiq qilinayotgan eritmalarni o’lchash vaqtidagi sharoitlar bir xil bo’lishi juda muhimdir. Shuningdek, standart eritmalarni tayyorlash aniqligi, hamroh elementlarning ta’sirini hisobga olish, standart eritmalarning fizik-ximik xossalarining o’xshashligi muhim ahamiyatga egadir.

Asbob yuqori sezgirlikka ega bo’lgani uchun, havoning changida yoki ishlatilayotgan gazlarda aniqlanayotgan elementning bor yo’qligiga e’tibor berish kerak. Masalan, kaliyni aniqlashda asbob yaqinida sigaret chekilsa, uning ko’rsatishi keskin ortadi, chunki tutunda ko’p miqdorda kaliy bor.

Darajalash chizig’i chizilgandan so’ng tadqiq qilinayotgan eritmalarning konsentrasiyasini aniqlashga kirishiladi. Buning uchun yana «nol» standart o’lchanadi. Keyin alangaga tadqiq qilinayotgan eritmalar navbat bilan kiritilib, ularga mos kelgan mikroampermetr shkalasining qiymati yozib olinadi va darajalash chizig’i yordamida elementning konsentrasiyasi aniqlanadi.

Agar, o’lchash jarayonida, konsentrasiyasi tanlangan oraliqdan katta bo’lgan eritmalar uchrasa, «shkalani siljitish» ruchkasidan foydalanib, ularning miqdorini taxminan o’lchash mumkin.

Yuqorida bayon qilingan ishlar eritmada boshqa elementlar bo’lmagan yoki aralashmadagi hamroh elementlar halaqit bermagan hollar uchun to’g’ridir. Boshqa hollar uchun maxsus ishlab chiqilgan usullardan foydalanish kerak. Bunday usullar adabiyotlarda bayon qilingan.

Eritmadagi elementning konsentrasiyasi 5 mg/l dan katta bo’lgan hollarda, asbobning kompensasiyalovchi kanalini yopib ishlatish mumkin. Buning uchun, «optik pona» («klin opticheskiy») ruchkasini soat strelkasi bo’yicha oxirigacha burash kerak. Kompensasiyalovchi kanal yopiq holda asbob bir kanalli (bitta nurli) variantga o’tadi.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish