Asbobni ishlatish tartibi
Ishlashdan oldin quyidagi amallarni bajaring:
1. Asbobni havo va gaz manbalariga hamda qalin sim orqali yerga ulang;
2. «Gaz» kranini yoping;
3. «Shkalani siljitish» («smeщyeniye shkalы») ruchkasini «Arr» holatga qo’ying;
4. «Sezgirlikni asta-sekin o’zgartirish» («chuvstvitelnost plavno»), «vaqt doimiysi» («postoyannaya vremeni») va «sezgirlikni katta-katta o’zgartirish» («chuvstvitelnost grubo») ruchkalarini «0» holatga, «nol ko’rsatishni o’rnatish» ni («ustanovka nulya») esa o’rta holatga to’g’rilab qo’ying;
5. Suvli qulfda (gidrozatvor) suv bo’lishini ta’minlang;
6. «Set» tumblerini «o’chirilgan» («vыklyucheno») holatga qo’ying;
7. Asbobni va kompressorni 220 V kuchlanishli o’zgaruvchan tok manbaiga ulang. Yorug’lik kanalini 10 ruchkani (1.18 - rasm) oxirigacha itarib berkiting.
8. Kompressorni yoqing. Kompresorning manometri ko’rsatadigan havo bosimi 0,08 - 0,09 MPa oraliqda bo’lishini ta’minlang Havo sarflagichning po’kagi havo o’tayotganini ko’rsatib turishi kerak. Havo bosimini to’g’rilash «havo» («vozdux») drosseli orqali amalga oshiriladi.
9. Kuzatish derazasini 5 (1.18 - rasm) oling, gaz magistralining kranini oching (yoki gaz ballonining ventilini), gugurt cho’pini yoqib, gorelkaga yaqinlashtiring va «gaz» yozuvli 14 ventilni oching. To gorelkada alanga paydo bo’lguncha gaz berishni ko’paytiring. Alanganing rangi va ichki konuslari o’lchamlarini o’zgartirib optimal holatga keltiring. Alanga ichki konuslarining o’lchami 5-8 mm va rangi zangori-yashil (havorang-yashil) bo’lganda asbob eng katta sezgirlikka ega bo’ladi.
10. Eng katta sezgirlik bilan ishlash uchun albatta ignasining diametri 0,6 mm bo’lgan purkagichni ishlatish kerak. Ignasining diametri 0,89 mm va 1,01 mm bo’lgan purkagichlar yopishqoqligi kattaroq va yuqori konsentrasiyali eritmalar bilan ishlashga mo’ljallangan.
11. Gorelkaga asbobning alangaga yaqin joylashgan optik elementlarini himoya qiluvchi shishani o’rnating. U, ikki tomoni ochiq silindr shaklida bo’lib, yuqori temperaturaga chidamli shishadan tayyorlanadi. Uni, yonish mahsulotlari chiqadigan teshikni kichraytiradigan metall shayba uchlik (nasadka) bilan yoping.
12. Yorug’likdan himoya qiluvchi 4 g’ilofni o’rnating. G’ilof, himoya qiluvchi shishaga tegmasin. «Set» yozuvli 12 tumbler yordamida asbobni yoqing. Bu holda rotametrlarning shkalasini yorituvchi lampalar yonadi. Ishlashdan oldin asbobni 30 daqiqa davomida qizdiring.
13. Asbobni 15 «shkalani siljitish» («smeщyeniye shkalы») ruchkasini «0» holatga qo’ying. Eng katta sezgirlik rejimini o’rnatish uchun «sezgirlikni katta-katta o’zgartirish» («chuvstvitelnost grubo») yozuvli ruchkani «10» holatga qo’ying, «sezgirlikni asta-sekin o’zgartirish» («chuvstvitelnost plavno») ruchkasini esa soat strelkasi bo’yicha oxirigacha burang. «Nol ko’rsatishni o’rnatish» («ust. nulya») ruchkasi bilan mikroampermetrning strelkasini «0» holatga o’rnating.
14. «Vaqt doimiysi» («postoyannaya vremeni») ruchkasi bilan vaqt doimiysining qiymati o’rnatiladi. Ruchkani soat strelkasining yo’nalishi bo’yicha aylantirganda vaqt doimiysining qiymatlari ortib boradi.
15. Asbobning chap yonidagi yorug’lik filtrlari diskining ruchkasini o’lchanayotgan element simvoli yozilgan holatga qo’ying (masalan, natriy uchun “Na” holatga).
16 «Parda» («shtorka») yozuvli 10 ruchkani o’zingiz tomonga oxirigacha tortib yorug’lik kanalini oching. Bu holda mikroampermetrning strelkasi nol holatdan siljishi mumkin. «Optik pona» («opticheskiy klin») 9 ruchkani asta-sekin burab strelkani «0» ga to’g’rilang.
17. Plastmassadan yasalgan maxsus stakanchaga distillangan suv solib uni kapilyar nayning ostiga qo’ying. Purkagichning ishi haqida stakanchadagi suv sathining o’zgarishiga qarab xulosa qilsa bo’ladi.
Distillangan suv purkab alanga yorug’ligini o’lchaganda nol nuqta, «quruq» alangaga nisbatan siljishi mumkin. Agar siljish ko’p bo’lsa, uni alangaga kelayotgan gazning miqdorini va gorelkaning holatini o’zgartirish orqali (3 buragichni aylantirib) bartaraf qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |