Analitik kimyo


Pipetkaning sig‘imini tekshirish tartibi



Download 2,28 Mb.
bet17/127
Sana22.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#153524
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127
Bog'liq
Analitik kimyo 2-qism

Pipetkaning sig‘imini tekshirish tartibi. O‘lchov pipetkalari 5, 10, 15, 20, 25, 50 va 100 ml sig‘imli bo’lib, ularda hajm va uni o’lchash temperaturasi (odatda 20°C) ko‘rsatilgan bo’ladi. Bulardan tashqari darajalangan 1,2, 5, 10 ml sigimli pipetkalar ham keng qo’llaniladi. Pipetkaning haqiqiy hajmi ham unda ko‘rsatilgandan farq qilishi mumkin. Shuning uchun uning sig‘imi tekshiriladi.

Pipetkalar bilan ishlash qoidalari. Pipetkalarning o‘rta kengaygan qismiga tegmaslik kerak, chunki uning qo‘l issig‘i bilan kengayishi natijasida o’lchanadigan suyuqlikning hajmi noto‘g‘ri bo’ladi. Ish vaqtida pipetkaning yuqorigi qismiga so‘rg‘ich ulangan shlang kiydirilib, pipetkaning shu qismidan katta va o‘rta barmoqlar bilan ushlash kerak. So‘rg‘ich kaftda ushlanadi, ko‘rsatkich barmoq pipetkaga suyuqlik so‘rilgandan keyin unga kiydirilgan shlangni qisib berkitish uchun ishlatiladi. Chap qo‘l bilan suyuqlik olinadigan idish ushlanib, unga pipetka tushiriladi. Pipetkani suyuqlikka botirishdan oldin so‘rg‘ich qisilgan bo’lishi kerak. Suyuqlikni pipetkaga tortish uchun kaftdagi qisilgan so‘rg‘ich sekin qo‘yib yuboriladi. Bunda pipetkaga suyuqlik so‘riladi. Suyuqlikning sathi pipetkaning chizig‘idan sal yuqoriroq ko‘tarilganda ko‘rsatkich barmoq bilan pipetkaga kiydirilgan rezina shlang pipetkaning og‘ziga qisiladi. Bu suvuqlikning pipetkadan oqib tushishiga yo‘l qo‘ymaydi. Pipetkaning chizigidan yuqoridagi ortiqchasini ko‘rsatkich barmoq bilan qisilgan rezinani sekin bo‘shatib to‘kiladi. Pipetkaning chizig‘i bilan suyuqlik meniskirimg pastki qismi tenglashgach (bunda pipetka chizig‘i bilan ko‘z bir xil balandlikda bo’lishi kerak), rezina yana qattiq qisiladi va pipetka titrlash kolbasiga o‘tkaziladi. Pipetkadagi suyuqlikni titrlash kolbasiga quyish uni vertikal ushlagan holda sekin bajarilishi kerak, aks holda suyuqlikning bir qismi pipetka devorlarida qolib ketadi. Pipetkaning uchida qolgan suyuqlikni titrlash kolbasiga to’liq o‘tkazish uchun uning uchini titrlash kolbasining devoriga tegizish kerak. Pipetkani to’ldirish va bo‘shatishning boshqa usullarini ham qo’llash mumkin, biroq ish vaqtida faqat bir usulnigina qo’llash kerak. Suyuqlikni pipetkaga bosim ostida ham o‘tkazish mumkin. Buning uchun konussimon kolba yo‘g‘onroq to‘g‘ri va ingichka naylar kiydirilgan tiqin bilan berkitiladi. Ingichka nay puflagichga rezina shlang yordamida ulangan bo‘lishi kerak. Yo‘g‘on shisha nayga tiqinli pipetka zich kiradigan bo‘lishi kerak. Pipetkani yo‘g‘on nayga zich berkitgandan so‘ng konussimon kolbadagi suyuqlikni unga puflagich yordamida puflab, bosim hosil qilib to‘ldirish mumkin.

Pipetka chizig‘igacha to‘lgandan keyin uning og‘zini ko‘rsatkich barmoq bilan zich berkitib. undagi suyuqlikni titrlash idishiga o‘tkazish mumkin. Ishlatiladigan pipetkalar maxsus pipetka shtativlarida saqlanadi. Uning uchi sinib ketishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Pipetkani ifloslantirmaslik analiz natijasining to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Ifloslangan pipetkalar xromli aralashma (ishlash qoidasiga qat’iy amal qilgan holda) bilan astoydil yuvilishi kerak. Pipetkaning haqiqiy hajmi nominaldan farq qilishi mumkinligini hisobga olinib, uning hajmi tekshirilib turilishi kerak. Pipetkaning hajmi unga so‘rdirilgan suvning massasini o‘lchash orqali aniqlanadi.





11- rasm. Jo’mraksiz byuratkalar (1) va byuratkalarni shtativga o’rnatilishi (2).

Buning uchun sig‘imi pipetka sig‘imidan katta bo’lgan quruq kolbaning massasi o’lchanib, unga pipetkadagi suv quyiladi va suv bilan kolbaning massasi o’lchanadi. O’lchash uch marta takrorlangandan so‘ng natija yuqoridagiday hisoblanib, pipetkaning hajmini xuddi o’lchov kolbaning hajmini o’lchagan

dagi kabi hisoblanadi.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish