Asbobning optik sxemasi
Asbobning optik qismi quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Alanga chiqarayotgan yorug’likni fotoelementning yorug’likka sezgir yuzasiga to’plab berish; 2. Xalaqitlarni so’ndirish (elektr sxemasi bilan birgalikda); 3. Aniqlanayotgan element chiqarayotgan yorug’likni ajratish.
Asbobning optik qismi quyidagi tartibda ishlaydi: Qaytaruvchi 1 ko’zgu va 4 obyektiv yordamida 5 panjarada gorelka alangasining tasviri hosil qilinadi. Ko’zgu 1 alangani orqasiga sochilgan yorug’lik oqimini ham qaytarib panjaraga yo’naltirgani uchun, umumiy intensivlik ko’payadi. Panjara qora rangga bo’yalgan bo’ylama polosalardan iborat shisha plastinka. Zarracha alanga bo’ylab harakat qilganda uning ba’zi qismlarida chaqnab nur chiqaradi, ba’zi qismlarida esa so’nadi. Bu jarayon davriy ravishda sodir bo’ladi. Bunday holda, ikki qismdan iborat yorug’lik signali hosil bo’ladi. Signalning o’zgaruvchi qismini zarrachalar chiqarayotgan yorug’lik, o’zgarmas qismini esa alanganing yorug’ligi tashkil qiladi. Signalning o’zgarib turuvchi qismi kuchaytirgich tomonidan so’ndiriladi, doimiy tashkil etuvchisi esa aniqlanayotgan elementni konsentrasiyasini aniqlash uchun ishlatiladi. Shunday qilib, alangaga tushuvchi zarrachalar chiqarayotgan yorug’lik xalaqit beruvchi sifatida so’ndiriladi.
Alanganing yorug’ligi 6 linza yordamida kuchsiz tarqaluvchi parallel nurga aylantiriladi. Bu nur rangli shishadan yasalgan yutuvchi filtrlar orqali o’tadi. Filtr yorug’likning aniqlanayotgan element konsentrasiyasi haqida ma’lumot olib kelayotgan qismini o’tkazib boshqa qismini kesib qoladi, o’tkazmaydi. Yorug’lik 8 plastinkadan o’tib 9 interferension yorug’lik filtriga tushadi. Yorug’likning interferension filtrni o’tkazish maksimumiga to’g’ri keluvchi qismi undan o’tib 11 fotoelementga tushadi, qolgan qismi esa orqaga qaytadi. Yorug’likning, tarkibiga aniqlanayotgan element chiqarayotgan yorug’lik kirmaydigan qaytgan qismi 8 plastinka yordamida kompensasiyalovchi kanalga yo’naltiriladi va u, 12 optik ponadan o’tib 14 fotoelementga tushadi. Fotoelementlar shunday ulanganki, ularda hosil bo’lgan toklarning yo’nalishi bir-biriga qarama-qarshi. Shuning uchun, ularning elektr signallari bir-biridan ayriladi va yutuvchi filtrdan o’tgan yorug’likning butun spektri bo’yicha manfiy teskari bog’lanish hosil bo’ladi. Bunga aniqlanayotgan element chiqarayotgan yorug’lik kirmaydi. Optik pona tiniqligini kamaytirish yoki ko’paytirish orqali interferension filtrdan qisman o’tgan begona yorug’likni to’liq muvozanatga keltirish mumkin. Amalda bu ish namuna purkalmagan «quruq alanga» yordamida amalga oshiriladi. Aniqlanayotgan element chiqarayotgan yorug’likning paydo bo’lishi kuchaytirgichning kirish qismida signal paydo bo’lishiga olib keladi. Spektrning boshqa qismlariga tegishli yorug’likning o’zgarishi muvozanatlanadi va u foydali signalga xalaqit bermaydi. Shunday qilib asbobning optik sxemasi nafaqat alanga fonining o’zgarishini, balki boshqa elementlar chiqarayotgan yorug’likni ta’sirini ham kompensasiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |