Mavzuga oid adabiyotlar:
1. M. S. Mirkomilova: «Analitik kimyo», Toshkent, «O`zbekiston» nashriyoti, 2005 yil, 5–19 betlar;
2. M. G`ulomova: «Analitik kimyo», Toshkent, «Talqin» nashriyoti, 2005 yil, 44–89 betlar;
3. U. Haydarov: «Analitik kimyo», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007 yil, 48–146 betlar.
Mavzu: Eritmalar konsentratsiyalari.
O`quvchi–talaba bilishi kerak:
1. Eritmalar va ularning turlarini, eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullarini;
2. Foiz, molyar, normal, molyal, titr konsentratsiyali eritmalarni;
3. Formulalar bo`yicha hisoblashlarni.
Yangi darsning bayoni.
1. Eritmalar va ularning turlari , eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari.
Eritmalar deb ikki yoki undan ortiq komponent (tarkibiy qismlar) dan tarkib topgan bir jinsli sistemalarga aytiladi. Masalan, H2SO4 ning eritmasida H2O erituvchi, H2SO4 erigan modda, HSO4– va SO42– ionlar esa ionlangan zarralardir.
Agregat holatiga ko`ra eritmalar uch turga bo`linadi:
a) Suyuq eritmalar–ularga moddalarning suvda yoki boshqa suyuqliklarda (spirt, benzol, xloroform, atseton) erigan eritmalari kiradi;
b) Qattiq eritmalar–ularga metallarning qotishmalari misol bo`ladi;
c) Gazsimon eritmalar–ularga havo, aerozollar misol bo`ladi.
Eritmalar erigan moddaning miqdoriga qarab ham uch turga bo`linadi:
a) To`yingan eritmalar–erituvchi va erigan modda miqdorlari o`zaro dinamik muvozanatda bo`lgan eritmalar;
b) To`yinmagan eritmalar–erigan modda miqdori to`yingan eritmada erigan modda miqdoridan kam bo`lgan eritmalar;
c) O`ta to`yingan eritmalar–erigan modda miqdori to`yingan eritmada erigan modda miqdoridan ko`p bo`lgan eritmalar.
Eruvchanlik (moddaning eruvchanligi) deb berilgan haroratda erituvchi yoki eritmaning ma`lum hajmida erigan moddaning maksimal konsentratsiyasi (miqdori) ga aytiladi.
Erituvchilar asosan to`rt turga bo`linadi:
1. Amfiprot erituvchilar, kislotali va asosli xossaga ega, masalan, suv, metanol, yuqori spirtlar;
2. Protogen erituvchilar, kislotali xossaga ega, masalan, ftorid kislota, sulfat kislota, muz sirka kislota;
3. Protofil erituvchilar, asosli xossaga ega, masalan, tetrametilmochevina, aminlar;
4. Aproton erituvchilar, neytral xossaga ega, masalan, atsetonitril, benzol.
2. Foiz, molyar, normal, molyal, titr konsentratsiyali eritmalar.
Eritmalar konsentratsiyalari asosan quyidagi turlarga ajratiladi:
a) Erigan moddaning massa ulushi yoki foiz konsentaratsiyasi–100 g eritmada erigan modda miqdori.
Bu konsentratsiya massa ulushlarida yoki foizlarda ifodalanadi.
b) Molyar konsentratsiya–1000 ml (1 l) erituvchida 1 mol modda erigan eritma.
yoki
c) Normal konsentratsiya–1000 ml (1 l) erituvchida 1 g/ekv modda erigan eritma.
d) Molyal konsentratsiya–1000 g (1 kg) erituvchida 1 mol modda erigan eritma.
yoki
e) Titr–1 ml (1 sm3) erituvchida erigan modda miqdori.
yoki
3. Formulalar bo`yicha hisoblashlar.
Foiz konsentratsiyali eritmalarni tayyorlashdagi hisoblar.
Foiz konsentratsiyali eritmalarni tayyorlashda modda o`lchovli texnik–kimyoviy tarozilarda tortib olinadi, suyuqliklar esa o`lchovli silindr bilan o`lchanadi. Shuning uchun moddaning og`irligi 0,1 g gacha, suyuqlikning hajmi esa 1 ml gacha aniqlik bilan hisoblanadi.
Eritmani tayyorlashga kirishishdan avval hisoblab chiqish zarur, ya`ni berilgan konsentratsiyadagi eritmaning ma`lum miqdorini tayyorlash uchun eriydigan modda va erituvchining miqdorini hisoblash kerak.
1–misol. 500 g 5 % li KNO3 eritmasini tayyorlash uchun kerak bo`ladigan modda miqdorini aniqlang.
Berilgan:
m (eritma) = 500 g.
ω (KNO3) = 5 %
Topish kerak:
m (KNO3) = ?
|
Yechish:
100 g eritma – 5 g KNO3
500 g eritma – x g KNO3
|
2–misol. 38 % li va zichligi d=1,19 bo`lgan HCl dan 500 g 10 % li eritma tayyorlash uchun kerak bo`ladigan HCl miqdorini aniqlang.
Berilgan:
m (eritma) = 500 g.
ω (HCl) = 10 %
ω (HCl) = 38 %
Topish kerak:
m (HCl) = ?
|
Yechish:
a) 100 g eritma – 10 g HCl
500 g eritma – x g HCl
b) 100 g eritma – 38 g HCl
500 g eritma – x g HCl
c)
|
Molyar va normal konsentratsiyali eritmalarni tayyorlashdagi hisoblar.
Molyar va normal konsentratsiyadagi eritmalarni tayyorlash uchun moddaning og`irligi analitik tarozilarda tortib olinadi, eritmalar esa o`lchov kolbasida tayyorlanadi. Kislota eritmalarini tayyorlashda kislota konsentrlangan eritmasining kerakli hajmi shisha jo`mrakli byuretka bilan o`lchanadi. Eruvchi moddaning og`irligi to`rtinchi o`nli belgigacha aniqlik bilan hisoblanadi, molekulyar massalar esa ma`lumot jadvallarida keltirilgan aniqlik bilan olinadi. Konsentrlangan kislotaning hajmi ikkinchi o`nli belgigacha aniqlik bilan hisoblanadi.
1–misol. 2 litr 0,2 M eritma tayyorlash uchun necha g BaCl2 kerak bo`ladi?
Berilgan:
V (eritma) = 2 litr.
CM (BaCl2) = 0,2 M
Topish kerak:
m (BaCl2) = ?
|
Yechish:
1 litr 0,2 M eritma 208,27•0,2 = 41,654 g BaCl2
2 litr 0,2 M eritma 41,654•2 = 83,308 g BaCl2
|
Do'stlaringiz bilan baham: |