Analitik kimyo fanining maqsad va vazifalari, tibbiyotdagi ahamiyati. Sifat analizi usullari


Gravimetrik, titrometrik, kislota–asosli titrlash, oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash, cho`ktirish va kompleks hosil qilish usullari tushunchalari



Download 175,33 Kb.
bet5/8
Sana26.01.2020
Hajmi175,33 Kb.
#37400
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Analitik-kimyo-fanidan-maruzalar-matni-1-kurs-2-semestr-2014-2015


2. Gravimetrik, titrometrik, kislota–asosli titrlash, oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash, cho`ktirish va kompleks hosil qilish usullari tushunchalari.

Gravimetrik analiz usuli deb komponent (element yoki ion) miqdorini analiz qilish natijasida olingan moddaning massasiga qarab aniqlashga aytiladi. Bu guruh usullarida analiz qilinayotgan moddaning aniqlanayotgan qismi toza holda yoki ma`lum tarkibli birikma holida ajratib olinib og`irligi o`lchanadi.

Masalan, bariyning uning birikmalaridagi miqdorini aniqlash uchun Ba2+ ioni suyultirilgan sulfat kislota yordamida cho`ktiriladi:

BaCl2 + H2SO4 = BaSO4↓ + 2HCl

BaSO4 cho`kmasi filtrlanadi, yuviladi, qizdiriladi va aniq tortiladi. BaSO4 cho`kmasining massasi va uning formulasini bilgan holda unda qancha bariy borligi hisoblanadi. Gravimetrik analiz usuli yuqori aniqlikdagi natijalar beradi, ammo u ko`p vaqt va mehnat talab qiladi.

Titrometrik analiz usuli deb aniqlanayotgan komponent bilan reaksiyaga sarf bo`lgan reaktiv miqdorini aniq o`lchashga asoslangan usulga aytiladi. Reaktiv aniq konsentratsiyali eritma shaklida olinadi–titrlangan eritma. Aniqlanayotgan komponent miqdoriga ekvivalent miqdordagi reaktiv qo`shilgan vaqt, ya`ni reaksiyaning tugash vaqti turli usullar bilan aniqlanadi. Titrlashda aniqlanayotgan modda miqdoriga ekvivalent miqdorda reaktiv quyiladi. Aniqlanayotgan modda bilan reaksiyaga sarf bo`lgan eritmaning hajmi va aniq konsentratsiyasini bilib aniqlanayotgan modda miqdori hisoblanadi.

Titrometrik analiz usuli gravimetrik analiz usuliga nisbatan kamroq aniqlikdagi natijalar beradi, lekin analiz juda tez bajariladi. Titrlash vaqtida boradigan reaksiyalarning turiga qarab titrometrik analiz usuli quyidagi usullarga bo`linadi: kislota–asosli titrlash usuli, oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash usuli, cho`ktirish va kompleks hosil qilish usuli.

Kislota–asosli titrlash usuli deb asosida neytrallanish reaksiyasi yotuvchi analiz usuliga aytiladi. Kislota–asosli titrlash usuli kislota va ishqorlarni miqdoriy aniqlashda qo`llaniladi.

Oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash usuli deb asosida oksidlanish–qaytarilish reaksiyasi yotuvchi analiz usuliga aytiladi. Oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash usuli bir qator usullarga bo`linadi: permanganatometriya, yodometriya, yodxlorometriya, bromatometriya, dixromatometriya, serimetriya, nitritometriya usullari.

Cho`ktirish usuli shunday titrometrik aniqlashlarni birlashtiradiki, ularda aniqlanayotgan modda bilan ishchi eritma o`rtasidagi reaksiya natijasida aniqlanayotgan ion to`liq cho`kadi. Cho`ktiruvchining turiga qarab bu usul uchga bo`linadi: Mor, Folgard, Fayans usullari.

Kompleks hosil qilish usuli, ya`ni kompleks ionlar hosil qilish reaksiyalariga asoslangan aniqlashlar cho`ktirish usuliga juda yaqin. So`nggi yillarda ko`pchilik kationlar bilan kompleks hosil qiladigan organik reaktivlar keng qo`llanila boshlandi. Bu reaktivlar kompleksonlar deb atalib, ulardan eng muhimi EDTA (etilendiamintetrasirka kislotaning ikki natriyli tuzi) yoki trilon–B dir.


4. Miqdor analizidagi asosiy hisoblash formulalari.

Miqdoriy aniqlash bajarilayotganda ishni bajarish tartibiga aniq rioya qilish kerak. Ishni bajarish tartibining hamma shartlariga rioya qilmaslik xatoliklarga va analiz aniqligining kamayishiga olib keladi. Har qanday miqdoriy aniqlashda parallel aniqlashlar deb ataladigan analiz o`tkaziladi, ya`ni bitta aniqlashning o`zi 3 marta takrorlanadi. Parallel aniqlash natijalarining qaytarilishi (mos tushishi) to`g`ri aniqlash belgisidir. Mos tushish absolyut bo`lmasligi kerak; har bir usulda natijalarning ma`lum darajada farq qilishiga yo`l qo`yiladi. Farq katta bo`lganda aniqlashni takrorlash kerak. Parallel aniqlashlardagi farq qanchalik kam bo`lsa, analiz shunchalik aniq bajarilgan bo`ladi. O`quvchi–talabalar o`zlarining natijalarini o`zlari baholay olishlari va qayta aniqlash zaruriyatini belgilay olishlari kerak.

Analizning hamma ma`lumotlarini o`sha zahoti ish daftariga yozib qo`yish kerak. Ayrim varaqlarga xomaki yozuvlar yozish mumkin emas, chunki ular yo`qolishi mumkin. Bundan tashqari, laboratoriyalarda o`tkaziladigan analizlar vaqtida laboratoriya daftarini aniq tutish katta ahamiyatga ega: u asosiy hujjat bo`lib, unga qarab shubha tug`diruvchi natijalar tekshiriladi.

Gravimetrik analiz usulida asosan quyidagi formulalardan foydalaniladi:

a) Analitik ko`paytmani bilgan holda analiz qilinayotgan eritmadagi modda miqdorini aniqlash formulasi:

P=F•a


bunda P–aniqlanayotgan moddaning gramm miqdori, F–analitik qiymat, a–cho`kma massasi.

b) Foiz miqdorini aniqlash formulasi:



bunda g–analiz qilinayotgan modda tortimi, F–analitik qiymat, a–cho`kma massasi.

Ishchi eritmaning titrini aniqlashda hisoblar quyidagicha bajariladi. Agar eritma konsentratsiyasi normallik bilan ifodalansa, unda titrlashdagi hisoblash uchun ushbu formuladan foydalaniladi:

V1•N1=V2•N2

bunda V1 va V2–eritmalar hajmi, ml, N1 va N2–eritmalar normalligi.

Ishchi eritmaning aniq normal konsentratsiyasini ifodalashda ko`pincha tuzatish koeffitsiyenti–K deb ataluvchi koeffitsiyent ishlatiladi. K sonni titrometrik aniqlangan eritma normalligini eritmaning taxminiy normalligi qiymatiga bo`lib topiladi:



bunda K–tuzatish koeffitsiyenti, N–eritmaning aniqlangan normalligi, N0–eritmaning taxminiy normalligi.

Agar eritma titrini 1 ml eritmadagi moddaning grammlari bilan ifodalamoqchi bo`linsa, quyidagi formuladan foydalaniladi:

bunda T–eritmaning titri, E–moddaning ekvivalent massasi, N–eritmaning normal konsentratsiyasi.

Ammo ko`pincha ishchi eritmaning konsentratsiyasi anaiqlanayotgan modda titri bo`yicha ifodalanadi. Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

bunda X–ishchi eritma, Y–aniqlanayotgan modda, NX–ishchi eritmaning normalligi, EY–aniqlanayotgan moddaning ekvivalent massasi.

Eritmaning aniqlanayotgan modda bo`yicha titridan foydalanib modda miqdori quyidagi formula bo`yicha oson topiladi:

p=V•T


bunda p–aniqlanayotgan moddaning grammlar miqdori, V–titrlashga ketgan ishchi eritmaning hajmi, T–ishchi eritmaning aniqlanayotgan modda bo`yicha titri.
4. Fizik–kimyoviy (instrumental) tekshirish usullari tushunchasi.

Eritmalarning juda ko`p fizik–kimyoviy xossalari, masalan, nurning yutilishi, polyarizatsiya tekisligi burilish burchagining kattaligi, elektr o`tkazuvchanligi va boshqalar moddaning konsentratsiyasiga bog`liq holda bo`ladi. Shunday qilib, bu kattaliklarni o`lchash orqali tekshirilayotgan eritmadagi moddaning miqdorini topish mumkin. Bu usullarning barchasi fizik–kimyoviy tekshirish usullari deyiladi. Fizik–kimyoviy tekshirish usullari juda kam miqdordagi moddani aniqlashga imkon beradi, ammo ular kimyoviy, ayniqsa, gravimetrik analiz usuliga nisbatan aniqligi kam bo`lib, ko`pchilik fizik–kimyoviy tekshirish usullarining aniqligi ±5 % ga teng.

Fizik–kimyoviy tekshirish usullarining asosiy usullari refraktometriya, polyarimetriya, xromatografiya usullari bo`lib, bu usullarda tarkibi va modda miqdori bilan uning nurni yutishi, nurni yoyishi, nurni sindirishi, polyarizatsiya tekisligining burilishi, lyuminessensiyasi o`rtasidagi o`zaro bog`lanishdan foydalaniladi. Elektrometrik tekshirish usullari moddaning turli elektrik xususiyatlarini aniqlashga (elektr o`tkazuvchanligining, elektr potensialining, tok miqdorining o`zgarishi) asoslangan. Xromatografik tekshirish usullari moddaning adsorbsiyalanishidagi, ion almashinish konstantasidagi, cho`kmalarning eruvchanligidagi va boshqalardagi farqqa asoslangan.
Mavzuga oid tayanch iboralar.
1. Miqdor analizi usulining vazifasi–tekshirilayotgan modda yoki aralashmadagi ayrim tarkibiy qismlarning miqdorini aniqlashdan iborat bo`lib, miqdoriy aniqlash natijalari odatda foizlarda ifodalanadi.

2. Gravimetrik analiz usuli–komponent (element yoki ion) miqdorini analiz qilish natijasida olingan moddaning massasiga qarab aniqlash usuli.

3. Titrometrik analiz usuli–aniqlanayotgan komponent bilan reaksiyaga sarf bo`lgan reaktiv miqdorini aniq o`lchashga asoslangan usul.

4. Kislota–asosli titrlash usuli–asosida neytrallanish reaksiyasi yotuvchi analiz usuliga aytiladi.

5. Oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash usuli–asosida oksidlanish–qaytarilish reaksiyasi yotuvchi analiz usuli.

6. Cho`ktirish usullari–aniqlanayotgan modda bilan ishchi eritma o`rtasidagi reaksiya natijasida aniqlanayotgan ion to`liq cho`kishi hisobiga amalga oshadigan analiz usuli.

7. Kompleks hosil qilish usullari–ya`ni kompleks ionlar hosil qilish reaksiyalariga asoslangan aniqlash usuli.

8. Fizik–kimyoviy tekshirish usullari–eritmalarning juda ko`p fizik–kimyoviy xossalari, masalan, nurning yutilishi, polyarizatsiya tekisligi burilish burchagining kattaligi, elektr o`tkazuvchanligi va boshqalarni aniqlash hisobiga modda miqdorini aniqlash usuli.


Mavzuga oid adabiyotlar:
1. A. Yu. Ibodov: «Farmatsevtik kimyo», I tom, Toshkent, «Tibbiyot» nashriyoti, 1996 yil, 59–98 betlar;

2. M. S. Mirkomilova: «Analitik kimyo», Toshkent, «O`zbekiston» nashriyoti, 2005 yil, 134–141 betlar;

3. M. G`ulomova: «Analitik kimyo», Toshkent, «Talqin» nashriyoti, 2005 yil, 89–105 betlar;

4. U. Haydarov: «Analitik kimyo», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007 yil, 150–160 betlar.


Mavzu: Gravimetrik (tortma) analiz usuli. Titrometrik (hajmiy) analiz usuli.
O`quvchi–talaba bilishi kerak:

1. Gravimetrik analiz usulining mohiyatini;

2. Cho`ktirish, filtrlash, quritish, tortish jarayonlarini to`g`ri olib borishni va analiz natijalarini to`g`ri hisoblashni;

3. Titrometrik analiz usulining mohiyatini;

4. Titrometrik analiz turlari va titrlash usullarini.
Yangi darsning bayoni.

1. Gravimetrik analiz usulining mohiyati.

Gravimetrik analiz usuli deb analiz natijasida olingan modda massasi bo`yicha tekshirilayotgan namunadagi element (modda) ning miqdori to`g`risida xulosa qilinadigan miqdoriy analiz usuliga aytiladi.

Ko`pchilik hollarda cho`ktirish va kamroq haydash usullari ishlatiladi. Cho`ktirish usulida aniqlanayotgan komponent juda kam eriydigan birikma shaklida cho`kmaga tushiriladi va bu birikma massasi aniqlanadi. Ajratilgan modda massasini aniqlashdan oldin uni quritiladi yoki qizdiriladi. Bunda ba`zi cho`ktirilgan birikmalar boshqa tarkibli birikmaga aylanadi. Kamroq haydash usuli bilan faqat uchuvchan yoki analiz vaqtida uchuvchan birikmalarga aylanadigan tarkibiy qismlar aniqlanadi.

Gravimetrik analiz sanitariya–gigiyena tekshirishlarida, farmatsevtik preparatlarning analizida keng qo`llaniladi. Masalan, bu usul bilan kolbasadagi, suzma, yorma va nondagi namlik aniqlanadi.

Cho`ktirish usuli uchun almashinish, kompleks hosil qilish, parchalanish reaksiyalaridan foydalaniladi. Eritmaga reaktiv qo`shilganda reaksiya natijasida aniqlanayotgan komponent cho`kmaga tushadi, masalan:

FeCl3 + 3NaOH = Fe(OH)3↓ + 3NaCl

Cho`kma shaklida ajralayotgan modda aniqlanayotgan moddaning cho`ktiriladigan shakli deyiladi. Cho`ktiriladigan shaklga quyidagi talablar qo`yiladi:

1. Cho`ktiriladigan modda juda kam eruvchan bo`lishi kerak, bo`lmasa aniqlanayotgan moddani amaliy jihatdan cho`kmaga tushirish mumkin emas;

2. Cho`kma uni oson filtrlash va yuvish imkonini beradigan tuzilishga ega bo`lishi kerak va eritmadagi begona moddalar bilan oson ifloslanmasligi kerak.

Filtrlangan va yuvilgan cho`kma issiqlik ta`siriga uchratiladi: quritiladi yoki qattiq qizdiriladi. Bunda cho`kmadan suv, yuvilmagan uchuvchan aralashmalar batamom yo`qotiladi va ko`pincha cho`kma tarkibi o`zgaradi, masalan:

2Fe(OH)3 = Fe2O3 + 3H2O

Massasi bo`yicha aniqlanayotgan komponent miqdori to`g`risida xulosa qilinadigan birikma aniqlanayotgan moddaning tortiladigan shakli deyiladi. Agar cho`ktiriladigan va tortiladigan shakllar bir xil bo`lmasa, cho`ktiriladigan shakl yetarli darajada oson va to`liq tortiladigan shaklga o`tadigan bo`lishi kerak. Tortiladigan shaklga ham quyidagi talablar qo`yiladi:

1. Tortiladigan shakl kimyoviy formulaga aniq to`g`ri keluvchi ma`lum tarkibga ega bo`lishi kerak;

2. Olingan tortiladigan shakl kimyoviy jihatdan barqaror bo`lishim yuqori haroratda parchalanmasligi va uchmasligi kerak;

3. Bu talablarning hammasiga rioya qilinganda tortish shakli massasining aniqlanayotgan komponent massasiga nisbati eng katta bo`lgandagi shakli afzaldir. Bu holda aniqlash xatoligi analiz natijasiga kamroq ta`sir qiladi.
2. Cho`ktirish, filtrlash, quritish, tortish jarayonlarini to`g`ri olib borish va analiz natijalarini to`g`ri hisoblash.

Cho`ktiriladigan va tortiladigan shakllarga bo`lgan talablar ko`p miqdorda cho`ktiruvchi tanlashni belgilaydi. Birinchi navbatda shunday cho`ktiruvchi tanlash kerakki, u aniqlanayotgan komponent bilan reaksiyaga kirishganda kerakli cho`ktiriladigan shakl hosil bo`lsin. Ammo ko`pincha turli variantlar bo`lishi mumkin va bunda quyidagi talablarga javob beradigan cho`ktiruvchi tanlanadi:

1. Cho`ktiruvchi spetsifik bo`lgani, ya`ni berilgan ionni cho`ktirgani ma`qul; agar bunday cho`ktiruvchi topib bo`lmasa, halaqit beruvchi ionlar barqaror komplekslarga bog`lanadi yoki eritmadan turli xil usullar bilan yo`qotiladi;

2. Cho`ktiruvchi uchuvchan bo`lgani yaxshi, agar cho`ktiruvchining qandaydir qismi cho`kmada yuvilmay qolsa, u qizdirganda yo`qoladi.

Cho`ktirishning oz yoki ko`p to`liqligi cho`kmaning eruvchanlik ko`paytmasi kattaligi bilan belgilanadi, bu kattalik harorat ortishi bilan oshadi. Boshqa tomondan, issiq eritmadan cho`ktirish cho`kma kristallarining o`sishiga va kolloid zarrachalarning koagulyatsiyasiga yordam beradi, shuning uchun odatda issiq eritmadan cho`ktirish afzalroqdir.

Eritmani issiqligida filtrlash qulayroq, chunki bu vaqtda filtrlash tezroq bo`ladi. Ammo agar cho`kmaning eruvchanligi harorat oshishi bilan oshsa, filtrlash sovutilgandan keyin bajariladi.

Gravimetrik analiz usulining muhim jarayonlari quyidagilar hisoblanadi:

1. Tigellarni tayyorlash–tigellar cho`ktirish, filtrlash va cho`kmani yuvish vaqtida tayyorlanadi;

2. Cho`ktirish–kimyoviy stakanlarda bajariladi. Yetarli darajada toza va filtrlashga qulay cho`kma olish uchun quyidagi shartlarni bajarish kerak:

a) kristall cho`kmalarni cho`ktirishni cho`ktiruvchining suyultirilgan eritmasi bilan olib borish;

b) cho`ktiruvchini juda sekin, cho`ktirish boshida tomchilab qo`shish;

c) cho`ktirishni issiq eritmadan olib borish;

d) cho`kmaning yirikroq kristallari hosil bo`lishi uchun uni ma`lum vaqt onalik eritmada sovuqda saqlash kerak.

3. Cho`kmani filtrlash va yuvish–filtrlash yoki cho`ktirishdan so`ng darhol yoki biroz vaqt o`tgach amalga oshiriladi. Filtrlash uchun voronkalar va filtr qog`ozlardan foydalaniladi.

4. Cho`kmani quritish va qizdirish–filtr chekkalarini markaz tomon buklab cho`kmali filtr voronkadan ehtiyotlik bilan olinadi va tigelga solinadi. Cho`kma solingan tigel chinni uchburchakka joylanadi, uchburchak shtativ halqasiga qo`yiladi va tigel gorelka alangasida ehtiyotlik bilan qizdirladi. Filtr deyarli quruq bo`lgandan so`ng u ko`mirlanish boshlanmagunga qadar qattiqroq qizdiriladi, bunda filtrning alangalanishiga yo`l qo`ymaslik kerak.

Cho`kmali ho`l filtr quritish shkafida ham quritilishi mumkin. Bunda filtr o`ta qurib ketmasligiga qarab turish kerak. Cho`kmali salgina nam filtr ozgina quritilgandan so`ng mufel pechga qo`yiladi va qizdiriladi. Qizdirish harorati va vaqti cho`kmaning tarkibi va miqdori bilan belgilanadi. Shundan so`ng tigel eksikatorda sovutiladi va tortiladi, keyin yana 15–20 daqiqa mufel pechga qo`yiladi, eksikatorda sovutiladi va yana tortiladi. Qizdirish jarayoni cho`kmali tigelni doimiy massasga keltirmagunga qadar takrorlanadi.

5. Tortim olish–agar eritma bilan ishlanadigan bo`lsa, gravimetrik analiz yuqorida ko`rilgan jarayonlarga taalluqlidir. Analiz qilinadigan modda qattiq bo`lsa, avval bu modda tortimini olish, uni eritish va keyin cho`ktirish kerak. Moddaning namligini yoki tuzlardagi kristallizatsiya suvini gravimetrik usul bilan aniqlaganda ham aniqlanayotgan modda tortimi olinadi.

Tortim deb moddaning o`rtacha namunasidan olingan va analitik tarozida aniq qilib tortilgan ma`lum miqdoriga aytiladi. Modda tortimi byuks yoki soat oynasida analitik (texnik, dorixona) tarozisida 0,0002 g gacha aniqlik bilan tortib olinadi.

6. Analiz natijalarini hisoblash–cho`kma massasini bilish uchun topilgan cho`kma bilan tigel massasidan tigel massasi va filtr kuli massasini olib tashlanadi. Keyin topilgan cho`kma massasini qayta hisoblash faktori yoki analitik ko`paytuvchi–F ga ko`paytiriladi va aniqlanayotgan modda miqdori topiladi.

Analitik ko`paytmani bilgan holda analiz qilinayotgan eritmadagi modda miqdori oson hisoblanadi:

P=F•a

bunda P–aniqlanayotgan moddaning gramm miqdori, F–analitik qiymat, a–cho`kma massasi.



Gravimetrik analizda ham uchta parallel aniqlash o`tkaziladi. Olingan natijalar asosida 0,0002–0,0004 farq bo`yicha o`rtacha qiymat olinadi. Parallel aniqlashlardagi farq qancha kam bo`lsa, analiz shuncha aniq bajarilgan bo`ladi. Hamma parallel aniqlash natijalari daftarga yoziladi. Analizda odatda aniqlanayotgan elementning yoki birikmaning absolyut miqdori bilan emas, balki uning analiz qilinayotgan moddadagi foiz miqdori bilan qiziqiladi. Foiz miqdorini ushbu formula bilan aniqlanadi:

bunda g–analiz qilinayotgan modda tortimi, F–analitik qiymat, a–cho`kma massasi.




3. Titrometrik analiz usulining mohiyati.

Titrometrik (hajmiy) analizda modda miqdori aniqlanayotgan modda bilan reaksiyaga sarf bo`lgan ma`lum konsentratsiyali eritmaning hajmi bo`yicha aniqlanadi. Modda miqdorini yoki eritmaning aniq konsentratsiyasini hajmiy–analitik yo`l bilan aniqlash jarayoniga titrlash deyiladi. Titrlash shundan iboratki, aniqlanayotgan eritmaga reaksiya tugagunga qadar aniq ma`lum konsentratsiyali boshqa eritma quyiladi. Titrlashda reaktiv ortiqcha miqdorda emas, balki reaksiya tenglamasiga aniq mos keluvchi miqdorda qo`shiladi. Shunday qilib, bunday aniqlash qo`shilgan reaktiv miqdori aniqlanayotgan birikma miqdoriga ekvivalent bo`lgandagina mumkin bo`ladi.

Ma`lumki, bir–biri bilan miqdoran reaksiyaga kirishuvchi eritma hajmlari bu eritmalarning normal konsentratsiyalariga teskari proporsionaldir:

yoki V1•N1=V2•N2

bunda V–reaksiyaga kirishayotgan eritma hajmi, N–eritmaning normal konsentratsiyasi.

Bu qoida titrometrik aniqlash asosida yotadi. Eritmalardan birining konsentratsiyasini aniqlash uchun reaksiyaga kirishuvchi eritmalarning aniq hajmini, ikkinchi eritmaning aniq konsentratsiyasini va ikki moddaning ekvivalent miqdorda reaksiyaga kirishib bo`lish paytini bilish kerak. Binobarin, titrometrik aniqlashning muhim paytlari uchta:

a) reaksiyaga kirishayotgan eritmalarning hajmini aniq o`lchash;

b) ishchi eritmalar deb ataluvchi va ular yordamida titrlash bajariladigan aniq ma`lum konsentratsiyali eritmalar tayyorlash;

c) reaksiyaning oxirini aniqlash.

Titrometrik aniqlash gravimetrik aniqlashga nisbatan ancha kam vaqt oladi. Gravimetrik analizning uzoq vaqt cho`ziladigan jarayonlari–cho`ktirish, filtrlash, quritish va tortish o`rniga titrometrik analizda bitta jarayon–titrlash bajariladi. Titrometrik analizning aniqligi gravimetrik analiznikiga qaraganda birmuncha kam, ammo farq katta emas. Shuning uchun aniqlashni tezroq bajariladigan usul bilan olib borishga harakat qilinadi.

U yoki bu reaksiya titrlashga asos bo`lishi uchun u bir qator talablarni qanoatlantirishi kerak:

a) reaksiya qo`shimcha reaksiyalarsiz ma`lum tenglama bo`yicha miqdoran ketishi kerak;

b) reaksiyaning tugashini aniq belgilash kerak, chunki reaktivning miqdori aniqlanayotgan modda miqdoriga ekvivalent bo`lishi zarur;

c) reaksiya yetarli tezlikda ketishi va amalda qaytmas bo`lishi kerak.


Download 175,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish