Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo



Download 1,21 Mb.
bet67/114
Sana22.02.2022
Hajmi1,21 Mb.
#83543
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114
Bog'liq
Физикавий кимё мажмуа

Konduktometrik titrlash.

Eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini (qarshiligini) o’lchash orqali aralashmalar tarkibini aniqlash usullarin-konduktometrik usullar deyiladi. Bu fizik -kimyo usuli ilmiy -tadqiqot va ishlab chiqarish extiyojlarini uchun keng qo’llaniladi. Konduktometrik usullar yordamida dissotsialanish darajasi va konstantalarni aniqlash mumkin.


Konduktometrik titrlash hajmiy analiz usullaridan biri bo’lib, bu usulda neytrallash nuqtasi indikatorlar vositasi bilan emas elektr o’tkazuvchanlikni o’lchash orqali aniqlanadi. Bu usulning afzal tomonlari rangli, loyqa va agressiv muhitlarda ham qo’llash mumkinligidir. Bundan tashqari, konduktometrik usul bilan bir qancha eritmani, masalan, bir necha kislota aralashmasini bir yo’la titrlab, har bir kislota miqdorini aniqlash mumkin.
Bu usul mohiyatini bir necha misolda ko’ramiz.
A
) Kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlash.

B) Kuchsiz kislotani kuchli asos bilan titrlash;


V) Kuchli va kuchsiz kislotalar aralashmasini titrlash;


K onduktomekrik usul bilan faqat kislota va asoslarnigina emas, tuzlarni ham, oksidlovchi va qaytaruvchilarni ham titrlash mumkin.
Kislota-asoslar nazariyasi.
Elektrolit dissotsiyalanish nazariyasiga asoslanib, kislota va asoslarga beriladigan tarifni o’rta maktabdan ham bilamiz.
Keyingi vaqtlarda suvdan boshqa erituvchilardagi eritmalar, masalan, spirt, efir, ammiak, va boshqalardagi eritmalar keng ravishda tekshirila boshlanadi. Bu tekshirishlar ilgarigi tushunchalarni faqat suvdagi eritmalardagina to’g’ri kelishini, lekin suvda boshqa erituvchilardagi eritmalarga to’g’ri kelmasiligi mumkinligini ko’rsatadi. Natijada hamma hollarga to’g’ri keladigan kislota asos tushunchasi topishga kirishildi.
Kengroq tarkalgan nazariyalardan: Brenstedning kislota asoslarining protolitik nazariyasi va Lyuyisning umumlashgan kislota asos nazariyalaridir.
Brenstedning protolitik kislota-asos nazariyasiga binoan kislota o’zidan proton ajratib chiqarish xususiyatiga ega modda (u protonlar donori) asos - proton biriktirib olish xususiyatiga ega bo’lgan moddadir (u protonlar aktseptori).
Bu nazariyaga binoan:
A) Kislota asos xususiyat ionlar (shu jumladan kompleks ionlar) va ionlamagan molekulalarda ham bo’lishi mumkin;
B) Kislota - asoslarning ionlanishi kislota (asos) xususiyati bo’lgan erituvchi moddalarning reaktsiyaga kirishuvi natijasida yuz beradi;
V) Erituvchi kislota yoki asosligiga qarab, biror modda yo kislota yoki asos bo’lishi mumkin. Bunday amfoterlik xossa ko’pgina moddalarda uchraydi.
Kislota-asos reaktsiyalarida protoning bevosita roli ta'qidlanib, kislota va asos protolit deb, kislota - asos reaktsiyasi esa protolitik reaktsiya deb ataladi.
Erituvchilar kislota va asoslarga nisbatan olganda bir necha guruhlarga bo’linadi. O’z protonini oson beruvchi erituvchilar (suvsiz sirka kislota, chumoli kislota, sulfat kislota,) protogen erituvchilar deb, o’z molekulasiga protonini onson biriktirib oladigan erituvchilar (suyuq ammiakli, aminlar) protofil erituvchilar deb ataladi; proton berish va biriktirib olish xususiyati bo’lmagan erituvchilar (benzol, xlorbenzol va x.k.) aproton erituvchilar deb ataladi.
Erituvchining xossasiga qarab, kislota va asoslarning ionlanishi turli erituvchida turlicha boradi. Biror modda bir erituvchida kislota, boshqa erituvchida esa asos bo’lishi mumkin.
Lyuyisning umumlashgan kislota nazariyasi bo’yicha:
Asos erkin elektronlar jufti bir modda bo’lib, juft elektronlar boshqa atomning barqaror elektronlar gruppasini tashkil qilishda ishtirok etish mumkin. Masalan, ammiak shunday tuzilishga ega.
Kislota atomida barqaror elektronlar guruhini hosil qilish uchun boshqa atomning erkin juft elektronlaridan foydala oladigan moddalardir. Masalan, alyuminiy xlorid, bor (III) xloridlar shunday moddalarga kiradi.

Demak kislota juft elektronlar aktseptori, asoslar esa juft elektronlar donorlaridir. Neytrallanish reaktsiyasida bu juft elektronlar hisobiga kovalent bog’lanish hosil bo’ladi:
Bu nazariyaga ko’ra, faqat protonli moddalargina emas, balki protonsiz - aproton moddalar ham kislota bo’la oladi. Ko’pchilik oraliq metallar galogenidlari kislotalardir, masalan: rux xlorid, alyuminiy xlorid, talliy xlorid, qalay xlorid va x.k.; bular Lyuis kislotalari ham deb yuritiladi.
Tayanch so’z va iboralar izohi
1.Kuchli elektrolitlar - erigan moddalari to’liq dissotsilangan elektrolit eritmalar;
2.Debay - Xyukkel nazariyasi -- kuchli elektrolit eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini tushintirib beruvchi nazariya.
3.Elektroforetik va relaksatsion qarshiliklar - ionlar harakatida hosil bo’luvchi qarshiliklar.
4.Konduktometriya - eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini (qarshiligini) o’lchash orqali tartibni aniqlash usullari majmui aytiladi.


Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish