Analitik, fizik-kolloid va biologik kimyo


Cho’ktirish sharoitini tanlash



Download 6,67 Mb.
bet46/211
Sana10.09.2021
Hajmi6,67 Mb.
#171126
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   211
Bog'liq
MAJMUA Anal. fizkolloid kimyo 2020yil (2) mirjahon

Cho’ktirish sharoitini tanlash. To’la cho’ktirishga ta`sir qiluvchi omillar:

a) eritmaning pH, [H+],[OH-];

b) harorat;

v) begona ionlarning bor yoki yo’qligi.

Sharoitga qarab 2 hil:- kristall yoki amorf cho’kma hosil qilish mumkin.

Kristall cho’kmani cho’ktirishning shart-sharoitlari

1) cho’ktirish suYultirilgan eritmalarda olib borilishi kerak, bunda yirik kristallar hosil bo’ladi;

2) cho’ktiruvchi eritmasini tomchilab qo’shish va doimo aralashtirib turish kerak, aks holda mayda kristallar hosil bo’ladi;

3) cho’ktirish issiq eritmalarda olib borilishi shart. Qizdirilganda mayda kristallar eriydi va yirik kristallar hosil bo’lishi osonlashadi.

Kristall cho’kmalar eritmadan oson ajratiladi (filtrlanadi), Yuviladi va nihoyatda toza bo’ladi.

Amorf cho’kmalarni cho’ktirish shart-sharoitlari

1.Cho’ktirishda aniqlanayotgan modda cho’ktiruvchining qaynoq eritmasi yordamida cho’ktiriladi;

2.cho’ktiruvchi eritmasidan tez-tez qo’shib eritma doimo aralashtirib turilishi kerak. Bunda hajmi katta amorf tuzilishli cho’kma hosil bo’ladi;

3) cho’ktirish koagulyatorlar (NH4Cl, kislotalar) ishtirokida olib boriladi, bunda cho’kma hosil bo’lishi tezlashadi

4) cho’ktirishda koncentrlangan eritmalar ishlatiladi.

Amorf cho’kmalar, cho’ktirish jarayonida hosil bo’lgan kolloid eritmaning koagullanishi (cho’kishi) natijasida hosil bo’ladi va Yana eritmaga o’tib ketishi mumkin. Bu jarayon peptizasiya deb ataladi. Demak, kolloid eritmalarning koagullanishiga imkon berish kerak.

Ayni sharoitda ishlatilayotgan reaktiv bilan cho’kma bermaydigan begona moddalarning cho’ktirilayotgan birikma bilan birgalashib cho’kmaga tushishi, birgalashib cho’kish deyiladi.

Birgalashib cho’kish tortma analizda ham salbiy, ham ijobiy ahamiyatga ega. Avvalo u tortma analizda xatoning asosiy manbalaridan biri hisoblanadi, chunki tarkibida begona aralashmalar bo’lgan cho’kma (tortiladigan shakl) toza bo’lmaydi va aniq formulaga javob bermaydi. Tortiladigan moddaning formulasini aniq bilmay, uning tarkibidagi elementning miqdorini to’g’ri hisoblash mumkin emas.

Lekin birga cho’kishning ijobiy ahamiyatini analitik amaliyotda ko’rishi mumkin. Agar aniqlanayotgan komponentning eritmadagi konsentrasiyasi juda kam bo’lib, uni cho’ktirish qiyin bo’lsa, o’zi bilan cho’kmaga olib tushuvchi modda kollektor bilan birga cho’ktirish mumkin.

Mikrokomponentlarni kollektor bilan birga cho’ktirish, usuli tarqoq va siyrak elementlarni o’rganishda foydalaniladi.

Analitik kimyo nuqtai nazaridan cho’kma bilan cho’kkan qo’shimchalar cho’kma zarrachalarining sirtida (sirtqi adsorbciya) yoki ichida (okklyuziya) joylashishi mumkin.

Qattiq faza (cho’kma) sirtida ionlarni Yutilishi adsorbciya deyiladi. Adsorbciya hamma cho’kmalar uchun, ayniqsa sirti katta bo’lgan amorf cho’kmalarga hos jarayondir.

Cho’kma sirtiga kristall panjarada bo’lgan eritmadagi ortiqcha ionlar (moddalar) adsorbilanadi. Adsorbilangan moddalar yoki ionlarni cho’kmani Yuvib yo’qotish mumkin.

Okklyuziya sirtqi adsorbciyadan farqli, cho’kma bilan birga cho’kkan begona qo’shimchalar cho’kma zarrachalarining sirtida emas, ichida joylashgan bo’ladi. Shuning uchun okklyuziyalangan qo’shimchalarni cho’kmani Yuvish bilan yo’qotib bo’lmaydi. Ularni eritmaga o’tkazish uchun cho’kmaning hammasini eritish zarur.

Okklyuziyaning oldini olish maqsadida quyidagilarga, e`tibor berish kerak: begona kationlarning ichki adsorbciyalanishini kamaytirish uchun cho’ktirishni cho’kmaning kristallari tarkibida cho’kma kationlari ortiqcha miqdorda bo’lgan eritmada,aksincha, begona anionlar okklyuziyalanmagan cho’kma olish uchun,esa cho’ktirishni tarkibida cho’ktirilayotgan birikmaning anionlari ortiqcha miqdorda bo’lgan muhitda olib borish kerak.


Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish