Gidrolizning tuz tabiatiga bog’liqligi.
-
To’z hosil qiluvchi
|
Tuzlar
|
Gidroliz turi
|
Eritmaning muhiti
|
Kislota
|
ass
|
Kuchli
|
Kuchsiz
|
ZnCI2; AICI3; NH4NO3; (NH4)2SO4; FeSO4;
|
Kation bo’yicha gidroliz
|
Kislotali (рН 7)
|
Kuchsiz
|
Kuchli
|
CH3COOK, K3PO4, Na2CO3, NaCN
|
Anion bo’yicha vujudga keladi.
|
Ishqoriy (рН>7)
|
Kuchsiz
|
Kuchsiz
|
(NH4)2S , (NH4)2CO3, NH4CNS
|
Kombinirlangan gidroliz, kuchli darajada vujudga keladi
|
Neytral (рН =7)
|
Kuchli
|
Kuchli
|
NaNO3, KCI, K2SO4, CaCI2, KNO3
|
Gidroliz sodir bo’lmaydi.
|
Neytral (рН- 7)
|
Fe(CH3COO)3 + H2O ↔ Fe(OH)(CH3COO)2 + CH3COOH
Fe(OH)(CH3COO)2 + H2O ↔ Fe(OH)2 (CH3COO) + CH3COOH
Tuzlarning gidrolizlanish xususiyatidan sifat analizida foydalaniladi. Aksincha, ba‘zan gidroliz analizga xalal beradi, bunday hollarda unga yul quymaslik kerak.
Amfoterlik. Ayrim kationlarning gidroksidlari ham Kislota, ham asos xossalariga ega bo’lsa, ular amfoter moddalar deb ataladi. Ularning asosli xossalari Kislotali muhitda, Kislotali xossalari esa ishqoriy muhitda namoyon bo’ladi.
Amfoter gidroksidlarga AI(ОН)3, Cr(ОН)3, Zn(ОН)2, Рb(ОН)2 , Sn(OH)2 ва boshqa birikmalar kiradi.
Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasiga ko’ra amfoterlik ayrim gidroksidlarning suvdagi eritmalarida ikkiyunalishda, ya‘ni vodorod ionlarini hosil qilib yoki gidroksil ionlarini hosil qilib dissotsilanishi bilan tushuntiriladi. Masalan, AI(ОН)3, ning tuyingan eritmasiga kattik faza bilan dissotsiatsiya maxsulotlari orasida quyidagi muvozanat mavjud :
AI3+ + 3ОН- ↔ AI(ОН)3 ↔ AIО-2 + НО + Н2О + Н+
Kislotali muhitda ishqoriy muhitda
Eritmada ОН- ionlarining kontsentratsiyasi ortganda muvozanat ungga, ya‘ni alyuminat ionlari hosil bo’lish tomoniga siljiydi. Н+ ionlarining kontsentratsiyasi ortganda muvozanat chapga siljiydi, ya‘ni AI3+ kationining eritmadagi kontsentratsiyasi ortadi. Shunday qilib, Kislotali eritmalarda alyuminiy AI3+ kationi ko’rinishida, ishqorli ertmalarda esa alyuminat AIО-2 anioni holida mavjud bo’ladi. AI(ОН)3 Kislota va ishqorlar bilan quyidagi tenglamalarga muvofiq ta‘sirlashadi:
AI(ОН)3+ НСI = AI СI3 + Н2О
AI(ОН)3+ NaОН = NaAIО2 + 2 Н2О
Gidroksidlarning amfoterlik xossalaridan foydalanib kationlarni bir – biridan ajratish mumkin. Masalan AI3+, Zn2+ va Cr3+ ionlarining amfoterlik xossalaridan foydalanib, ularni uchinchi gruppaning boshka kationlaridan ajratish mumkin. КОН ta‘sirida uchinchi gruppaning barcha kationlari gidroksidlar ko’rinishida cho’kmaga tushadi, ammo ortiqcha ishqor ta‘sir etganda AI(ОН)3, Cr(ОН)3 va Zn(ОН)2 gidroksidlar eriydi. Ular eritmada tsinkat ZnО2-2, alyuminat AIО-2 va xromit CrО-2 anionlari holida bo’ladi. Kationlar gidroksidlarining amfoterlik xususiyati bilan III, IV, V gruppa kationlarining xossalarini urganishda anik misollarga duch kelamiz, ana shunda amfoterlikning analitik ximiyadagi roli yanada ravshan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |