12.2. Kolloid eritmalarni elektr va kinetik xossalari
Kolloid eritmalarda zarrachalarning shakli va o’lchami har xil bo’lib, ularda sodir bo’ladigan molekulyar - kinetik hossalari chin eritmalarnikiga nisbatan passivroq bo’ladi.
Diffuziya, Broun harakati, osmos va sedimentatsiya xodisalari kolloid eritmalar molekulyar - kinetik hossalarining asosini tashkil etadi.
1827 yili ingliz botanigi R.Broun gul changining suvda tarqal-ganligini mikroskop yordamida kuzatib, gulning chang zarracha-lari eritmada uzluksiz, tartibsiz harakat qilayotganini aniqladi.
Broun harakati zarrachalar o’lchami kichik bo’lsa kuchli, zarra-chalar o’lchami yiriklashgan sari, harakat kuchsizlanib to’xtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |