Amudaryoning asosiy suv rejimi uning yuqori, togʻli qismida shakllanadi. Bu joyda Amudaryo katta oʻzandan oqadi. Oʻzan oʻrta hisobda har bir km ga 4 m dan (ayrim joylarda esa 10 m dan ham koʻp) pasayib boradi. Shu tufayli daryo juda tez oqadi, oqimning tezligi 4—6 m3/sek. Daryo vodiysi ham tor, u Pomir togʻ sistemasiga kiruvchi tik koʻtarilgan qoyali togʻlarni aylanib oʻtadi. Togʻ oralaridan joʻshqin irmoqlar kelib qoʻshiladi. Vodiy eni 3—4 km dan oshmaydi, baʼzi joylardagina uchraydigan qayirlar koʻpincha toʻqayzor. Qizil-suv, Vaxsh, Kofarnihon, Surxondaryo quyiladigan joylarda daryo vodiysi kengaygan va bu yerlarda oqindi jinslardan tarkib topgan terrasalarda dehqonchilik qilinadi, baʼzan terrasalar qalin toʻqayzorlardan iborat. Prezident Shavkat Mirziyoev Mo`ynoq tumaniga kelib, Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini barpo etish bo`yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. 2019-2022 yillarga mo`ljallangan ushbu loyiha suv havzalarini samarali boshqarish orqali hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilashga qaratilgan. - Prezident Shavkat Mirziyoev Mo`ynoq tumaniga kelib, Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini barpo etish bo`yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. 2019-2022 yillarga mo`ljallangan ushbu loyiha suv havzalarini samarali boshqarish orqali hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilashga qaratilgan.
A. Surxondaryo qoʻshilgandan soʻng te-kislikdan oqa boshlaydi va taxm. Karkidan Pitnakkacha boʻlgan oraliqni daryoning oʻrta oqimi deb hisoblash mumkin. Daryo tekislikka chiqqach, Qoraqum va Qizilqum choʻllaridan oʻtib, Orol dengiziga quyiladi. Oʻrta qismida oʻzanning oʻrtacha kengligi 1500 m. Daryoning tekislikdan oquvchi qismida nishabi kam (har bir km ga 0,2—0,3 m). Daryo oqimining tezligi kattaligidan (2—3 m/sek) oʻzan va qirgʻoqlarini muttasil yemiradi, shu sababli oʻzan doimo oʻzgarib turadi. Amudaryoning oʻrta va quyi oqimida, ayniqsa, Xorazm vohasi va Qoraqalpogʻistonda (Urganch, Ellikqalʼa) qirgʻoqlarning oʻpirilish hodisasi — deygish kuzatiladi. Keyingi davrda daryo oʻzanining yuvilishi ham kuzatilmoqda. 1990-y. lardan Amudaryo quyi oqimi Tuyamoʻyin suv ombori orqali boshqarilgach, bu yerlarda deygish hodisasining taʼsiri bir oz pasaydi. - A. Surxondaryo qoʻshilgandan soʻng te-kislikdan oqa boshlaydi va taxm. Karkidan Pitnakkacha boʻlgan oraliqni daryoning oʻrta oqimi deb hisoblash mumkin. Daryo tekislikka chiqqach, Qoraqum va Qizilqum choʻllaridan oʻtib, Orol dengiziga quyiladi. Oʻrta qismida oʻzanning oʻrtacha kengligi 1500 m. Daryoning tekislikdan oquvchi qismida nishabi kam (har bir km ga 0,2—0,3 m). Daryo oqimining tezligi kattaligidan (2—3 m/sek) oʻzan va qirgʻoqlarini muttasil yemiradi, shu sababli oʻzan doimo oʻzgarib turadi. Amudaryoning oʻrta va quyi oqimida, ayniqsa, Xorazm vohasi va Qoraqalpogʻistonda (Urganch, Ellikqalʼa) qirgʻoqlarning oʻpirilish hodisasi — deygish kuzatiladi. Keyingi davrda daryo oʻzanining yuvilishi ham kuzatilmoqda. 1990-y. lardan Amudaryo quyi oqimi Tuyamoʻyin suv ombori orqali boshqarilgach, bu yerlarda deygish hodisasining taʼsiri bir oz pasaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |