Amu daryo TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSITITUTI MILLIY TADQIQOTLAR UNIVERSITETI
308-guruh
Turg’unova Dilafruz
AMUDARYO — Turkiston oʻlkasidagi eng sersuv, yirik daryo. A. ni yunon va rimliklar Oksus yoki Oksos, arablar Jayxun, yerli xalqlar dastlab Oʻkuz, Balx, Vaxsh, soʻngra Amul deb ataganlar. Amudaryo quyi va oʻrta toʻrtlamchi davrda Qoraqum orqali oʻtib, Kaspiy dengiziga quyilgan, togʻlardan suv oqimi bilan keltirilgan oqiziqlarning yotqizilishi natijasida qumlar tarkib topgan. Bu haqda Abu Rayhon Beruniy «Amudaryo tarixi» asarida yozib qoldirgan. Yuqori toʻrtlamchi davrda Amudaryo hoz. oʻzani boʻyichaoqqan. Mil. av. 10-mingyillikdan 2-ming yillikkacha Xorazm botigʻini va qisman Sariqamish botigʻini toʻldirgan. Oqimining bir qismi jan. ga oqib, hoz. Oʻzboʻy oʻzanini vujudga keltirgan va Kaspiy dengiziga quyilgan. - AMUDARYO — Turkiston oʻlkasidagi eng sersuv, yirik daryo. A. ni yunon va rimliklar Oksus yoki Oksos, arablar Jayxun, yerli xalqlar dastlab Oʻkuz, Balx, Vaxsh, soʻngra Amul deb ataganlar. Amudaryo quyi va oʻrta toʻrtlamchi davrda Qoraqum orqali oʻtib, Kaspiy dengiziga quyilgan, togʻlardan suv oqimi bilan keltirilgan oqiziqlarning yotqizilishi natijasida qumlar tarkib topgan. Bu haqda Abu Rayhon Beruniy «Amudaryo tarixi» asarida yozib qoldirgan. Yuqori toʻrtlamchi davrda Amudaryo hoz. oʻzani boʻyichaoqqan. Mil. av. 10-mingyillikdan 2-ming yillikkacha Xorazm botigʻini va qisman Sariqamish botigʻini toʻldirgan. Oqimining bir qismi jan. ga oqib, hoz. Oʻzboʻy oʻzanini vujudga keltirgan va Kaspiy dengiziga quyilgan.
Shu davrda Sariqamish boʻyi deltasi tarkib topgan. Mil. av. 3-va 2-ming yilliklar orasida Amudaryo hoz. Tuyamoʻyin qisigʻidan shim. ga Oqchadaryo oʻzanida oqib Orol dengiziga uning jan.-sharqidan quyilgan va Oqchadaryo deltasi tarkib topgan. Mil. av. 2 – va 1-ming yilliklarda Amudaryo hoz. yoʻnalishda, yaʼni Orol dengiziga jan. dan quyila boshlagan. Mil. av. 1-ming yillikning oʻrtasida hoz. Orol boʻyi Amudaryo deltasi (Orol boʻyi deltasi) vujudga kela boshlagan. Oʻsha vaqtdan A. Orol dengiziga quyilmoqda. Baʼzan oqimining bir qismi Sariqamish koʻliga ham borib turgan. 13-a. da moʻgʻul bosqinchilarining Xorazm davlatiga hujumi vaqti (1220) da Amudaryoning chap qir-gʻogʻidagi damba va toʻgʻonlar buzib tashlangan, natijada Amudaryo suvi yana Dovdan va Daryoliq quruq oʻzanlari orqali Sariqamish botigʻiga oqqan. Keyinroq toʻgʻon va dambalar tiklangach, Amudaryo yana avvalgi oʻzani orqali Orol dengiziga quyila boshlagan. 14-a. da oʻzaro urushlar sababli qirgʻogʻidagi inshootlar buzilgan, suv yana Sariqamishga oqqan, Oʻzboʻy oʻzanida suv hatto Kaspiy dengiziga yoʻnalgan. 17-a. boshida Amudaryoning chap qirgʻogʻidagi toʻsiqlar yana qayta tiklanishi bilan suv eski oʻzani orqali oqa boshlab, 18—19-a. larda baʼzan oqimning bir qismi Sariqamishga oqqanligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. - Mil. av. 3-va 2-ming yilliklar orasida Amudaryo hoz. Tuyamoʻyin qisigʻidan shim. ga Oqchadaryo oʻzanida oqib Orol dengiziga uning jan.-sharqidan quyilgan va Oqchadaryo deltasi tarkib topgan. Mil. av. 2 – va 1-ming yilliklarda Amudaryo hoz. yoʻnalishda, yaʼni Orol dengiziga jan. dan quyila boshlagan. Mil. av. 1-ming yillikning oʻrtasida hoz. Orol boʻyi Amudaryo deltasi (Orol boʻyi deltasi) vujudga kela boshlagan. Oʻsha vaqtdan A. Orol dengiziga quyilmoqda. Baʼzan oqimining bir qismi Sariqamish koʻliga ham borib turgan. 13-a. da moʻgʻul bosqinchilarining Xorazm davlatiga hujumi vaqti (1220) da Amudaryoning chap qir-gʻogʻidagi damba va toʻgʻonlar buzib tashlangan, natijada Amudaryo suvi yana Dovdan va Daryoliq quruq oʻzanlari orqali Sariqamish botigʻiga oqqan. Keyinroq toʻgʻon va dambalar tiklangach, Amudaryo yana avvalgi oʻzani orqali Orol dengiziga quyila boshlagan. 14-a. da oʻzaro urushlar sababli qirgʻogʻidagi inshootlar buzilgan, suv yana Sariqamishga oqqan, Oʻzboʻy oʻzanida suv hatto Kaspiy dengiziga yoʻnalgan. 17-a. boshida Amudaryoning chap qirgʻogʻidagi toʻsiqlar yana qayta tiklanishi bilan suv eski oʻzani orqali oqa boshlab, 18—19-a. larda baʼzan oqimning bir qismi Sariqamishga oqqanligi tarixiy manbalarda qayd etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |