Amryllidacea oilasi xaqida malumot Oilaga mansub o’simliklar xaqida malumot



Download 169,06 Kb.
bet37/41
Sana21.01.2022
Hajmi169,06 Kb.
#397424
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Tayyor Mus ishi

Karamdoshlar


Karamkdoshlar - ikki urugpallalilar sinfiga mansub kop yillik osimliklar oilasi. 12 turkumi, 600 dan ziyod turi bor. Ozbekistonda 7 turkumi, 31 turi osadi. Gullari togri, ikki jinsli, qizil, oq, toq havo rang, sariq, boshoqsimon yoki rovaksimon topgul hosil qiladi, Gulkosachasi pardasimon, oq va och binafsha rang. Tojbargi 5 ta, pastki qismi qoshilgan, changchisi 5 ta. Mevasi bir urugli yongoqcha. Bargi oddiy, bazan patsimon qirqilgan, cheti tekis, ketma-ket joylashgan. K., asosan, chollarda, shorxok va sernam yerlarda, ekinlar orasida osadi. K.dan mahalliy xalq qadimda boyoq olishda foyda ...

Karam (Brassica L.) — butguldoshlar oilasiga mansub, bir, ikki va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, sabzavot va yem-xashak ekini. K.ning Yevrosiyo va Shim. Afrikada 35 ga yaqin turi bor. Koʻpgina turlari Oʻrta dengiz atrofi va Xitoydan kelib chiqqan. Bryukva, raps, sholgʻom, surepitsa, xantal ham shu turkumga kiradi. Bir turi — poliz K. (V. o1egaseaye)ning juda koʻp turlari xoʻjalik aqamiyatiga ega. Dehqonchilikda ulardan oq boshli (bosh oʻraydigan oddiy) K., qizil K., savoy karami, bryussel karami, kolrabi, gulkaram, pekin karami dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida ekiladi. Jahon boʻyicha oq boshli K.ning umumiy ekin may-doni 2,3 mln.ga, hosildorlik 209,9 s/ga, yalpi hosili 48,8 mln.t (1999). Asosan, oq boshli va gulkaram ekiladi. K. aksari ikki yillik oʻsimlik. Birinchi yil bosh (karam) chiqaradi, ikkinchi yili oʻzagidan gulpoya chiqarib, urugʻlaydi. Oq boshli K. navlari vegetativ (oʻzagi, barg plastinkasi, toʻp bargi) va qosil organlari (karam boshi)ning qator morfologik belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Tashqi oʻzagining boʻyi 16—20 sm, toʻpbargining diametri 60—80 sm, bandining uzunligi boʻyicha barglari bandsiz, 4— 15 sm bandli, barglari mayda — 25— 40 sm, oʻrtacha — 40—50 sm va yirik — 50 sm va undan yirik boʻlishi mumkin. Barg toʻqimasining yuzasi silliq va burishgan. Barglarining rangi och-yashil, toʻq-yashil, kulrang-yashil, koʻkish-yashil, yashil-binafsha, olachipor, koʻk-yashil va qizil-binafsha tusda.

K. boshlari kattaligi va tigʻizligiga koʻra, mayda (0,5—1,5 kg), oʻrtacha (1,5— 2,5) va yirik (2,5 kg dan ortiq) vaznda boʻladi. Gullari sargʻish, yirik, shingillarga toʻplangan, mevasi qoʻzoq. Urugʻi yumaloq, toʻq qoʻngʻir, diametri 2 mm cha. K. sovuqqa chidamli, urugʻi 2— 5° da una boshlaydi. Koʻkati — 5° so-vuqqa, katta oʻsimligi — 8° qisqa muddatli sovuqqa chidaydi. Oq boshli K. 11—18° t-rada bosh hosil qiladi. T-ra 25° dan oshganda bosh chiqarishi kechi-kadi; sernam va yorugʻ joyda tez rivojlanadi.

K. tarkibida qandlar, organik kislotalar, vitaminlar (S, R, V,, V2, RR, K, Ye) va karotin, pantoten va folat kislotalar, yogʻ, fermentlar, fitonsidlar, kaliy, kalsiy, yod, marganets, temir va b. elementlarning tuzlari bor. Bevosita ovqatga ishlatiladi, tuzlanadi va konserva holida isteʼmol qilinadi. K. xalq tabobatida turli kasalliklarga ishlatiladi, organizmdan xolesterinning chiqib ketishini tezlatadi. K.da kletchatka koʻp. K. navlari ertagi, oʻrtacha ertagi, urtagi, oʻrtacha kechki va kechki guruxlarga boʻlinadi. K. koʻchati parnik va issiqxonalarda yetishtirilib, ertagisiga fevral oxiri va mart boshlarida (60x60 sm, 70x70 sm sxemada), oʻrtagisi aprel — may boshlarida, kechkisi iyul oxiri va iyul boshlarida (70x70 sm sxemada) ekiladi.

Parvarishi sugʻorish, qator oralari va tup atrofini yumshatish, oʻgʻitlash, zararkunanda va kasalliklarga karshi kurash olib borishdan iborat. Birinchi oziklantirishda gektariga 150–200 kg superfosfat va 120–150 kg ammiakli selitra, ikkinchisida faqat 120– 150 kg ammiakli selitra beriladi. K. ekiladigan yer kuzda yoki erta bahorda haydalib, gektariga 20—30 t goʻng , 300–400 kg superfosfat, 100–150 kg kaliy tuzi sochiladi.

K. urugʻini bevosita dalaga ekish ham mumkin. Bunda unumdor, begona oʻtlardan toza yerlarga seyalkada qator orasini 60—70 sm dan qilib, 1 ga maydonga 1 — 1,5 kgurugʻsepiladi. 2—3 chin barg chiqargach, yaganalab, har uyada (30—40 sm oraliqda) bittadan oʻsimlik krldiriladi. Bundan keyingi ishlar koʻchati oʻtqazilgandagi ishlar bilan bir xil. Oʻrtacha hosildorligi (1 ga dan) ertapishari 200—300 s, oʻrtapishari 400— 500 s, kechpishari 600—900 s. K. urugʻchiligi bilan K. ekiladigan barcha zonalarda shugʻullaniladi.

Oʻzbekistonda oq boshli K.ning quyidagi navlari ekiladi: Gribovskiy 147—ertagi, koʻchati oʻtqazilgach, 60—65 kunda yetiladi. Boshi 0,7–1 kg , yumaloq, oʻrtacha zich, koʻkish, pishganda yoriladi. Toshkent 10—oʻrtagi, koʻchati oʻtqazilgach, 90—110 kunda pishadi. K.i 2— 2,5 kg , yumaloq-yassi, issiqqa chidamli. Oʻzbekiston 133—oʻrta kechki, koʻchati oʻtqazilgach, 110—120 kunda yetiladi. K.i 2,5—4,3 kg , yumaloq-yassi. Shuningdek, Apsheron kuzgisi, Saratoniy, Navroʻz, Ashxobod, Parallel Fp Derbent va b. navlari ham ekiladi (2002).

K. zararkunandalari. K.ni zararlaydigan hasharotlar turlari juda koʻp, asosiylari karam biti, karam kuyasi, karam qandalasi, karam oq kapalagi vab. Karam biti — qanotsiz urgʻochisi 1,9—2,3 mm, tuxumsimon, koʻkish-kulrang , kulrang mum gʻubor bilan qoplangan; qanotli urgʻochisi 2,15 mm, boshi va koʻkragi jigarrang , qorni koʻkish-sariq, ozroq mum gʻuborli. Bir mavsumda 15 martagacha avlod beradi. Karam kuyasi — kapalagi qanotlari yozilganda 14–17 mm; oldingi qanotlari qoʻngʻir, keyingisi kulrang . Lichinkasi (qurti) 9–12 mm, urchuqsimon, yashil. Tuxumi 0,4—0,5 mm, yumaloq-suyri, och sariq. Hamma joyda uchraydi, asosan, K. va kizil lavlagini zararlaydi. Begona oʻtlarda, K. oʻzagi va barglarida qishlaydi. Tuxumdan chiqqan qurtlari barg bilan oziqlanadi (Toshkent viloyatida 9—10 ta avlod beradi). Karam qandalasi — tanasi 7 – 8 mm, boʻgʻimli, qalqoni qorinni yarmigacha qoplab turadi. Usti zangori yoki yashilsimon qora boʻlib, qizgʻish, sargish yoki oqish chiziqlari bor


Download 169,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish