hida bir bo‘g ‘inidir. Ya’ni, ijtimoiy-maishiy infratuzilma aholining
turmush tarziga bevosita bogMiq boMgan uy-joy qurilish, sogMiqni
saqlash, ta’lim-tarbiya berish, jismoniy tarbiya va sport,
madaniy
va maishiy, maxsus aloqa va transport, umumiy ovqatlanish xizmat
larini ko‘rsatish hamda kishilaming har tomonlama rivojlanishiga
ta’sir etuvchi boshqa sohalami o ‘z ichiga oluvchi, ulami bogMovchi
tizim sifatida ifodalanadi.
Shuningdek, iqtisodiy manbalarda ushbu soha “noishlab
chiqarish sohasi”, “xizmatlar sohasi”, “sotsial infratuzilma” va shu
kabi nomlar bilan ham ataladi. Shu tufayli ijtimoiy-maishiy in
fratuzilma sohasiga qarashlaming bir xil emasligi moddiy ishlab
chiqarish sohasi va xizmatlami aniq chegaralashda m a’lum qiyin
chilik tug‘diradi. Xizmatlar va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqar
ish asosan ishlab chiqarish sohasining
bir qismini hamda taqsimot
va iste’mol munosabatlarini o ‘z ichiga oladi. Bu jarayonda jamiyat
a ’zolarining hayoti va faoliyati uchun moddiy, madaniy-maishiy va
ijtimoiy sharoitlar yaratiladi. Bu sharoitlar esa jamiyatda erishilgan
ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va mavjud ishlab chiqarish mu
nosabatlarini o ‘zida aks ettiradi. Ijtimoiy-maishiy infratuzilma aho
lining ijtimoiy va shaxsiy ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarini qondiruv-
chi ikki tomonlama xizmatlami o ‘zida mujassamlashtirgan boMib,
uning tarmoqlarini ijtimoiy va maishiy guruhlarga birlashishini
taqozo etadi.
Ijtimoiy infratuzilma insonning
ijtimoiy va shaxsiy
ehtiyojlarini qondiruvchi ijtimoiy va ma’naviy ne’matlar ishlab
chiqarishning sharti boMib maydonga chiqadi. Bunga xalq ta ’limi,
sogMiqni saqlash, madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport
kiradi. Maishiy infratuzilma esa aholining hayoti va faoliyati uchun
uy-joy, maishiy sharoit yaratadi.
Bu sohaga asosan savdo, umumiy
ovqatlanish, yoMovchi tashuvchi transport va xizmat k o ‘rsatuvchi
tarmoqlar kiradi. Infratuzilmaning bu qismi ijtimoiy infratuzilmadan
ko ‘ra ko‘proq moddiy ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga
bogMiq boMadi. Ijtimoiy-maishiy infratuzilma qandaydir asosiy
32
tuzilma uchun yordamchi va uzatuvchi xizmat ko‘rsatuvchi
mexanizm hisoblanmaydi. Chunki, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish
obyekti — aholi - noishlab chiqarish
sohasi bilan ishlab chiqarish,
iqtisodiyot va ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilma
munosabatlari bilan umumiy aloqasi bo‘lmagan munosabatda
boMadi.
Ijtimoiy-maishiy infratuzilmaning asosiy funksiyalari sifatida
quyidagilami ko'rsatish mumkin:
-
yosh avlodni tarbiyalash, ta’lim berish, qayta malakasini
oshirish (maorif, ta’lim);
- ish vaqti davomida mehnat unumdorligi pasayishining
oldini olish (umumiy ovqatlanish, yoMovchi transporti);
- mehnatga layoqatlilik davrining davomiyligini
uzaytirish;
-xodim lam ing dam olish shart-sharoitlami yaratish, ularning
madaniy saviyasini oshirish (turarjoy xo‘jaligi, madaniyat, san’at).
Shu o ‘rinda ta’kidlash joizki, ishlab chiqarish va ijtimoiy-
maishiy infratuzilmaning o ‘xshash tomoni ham mavjud:
har ikkala
sohada ham tovar qiymatining o ‘zgarishi xizmat ko'rsatish orqali
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: