biron-bir turiga ixtisoslashgan muassasalar tashkil etadi (masalan,
mehnat biijasi, investitsiya fondi, ipoteka banki va hokazo).
Bilimni mustahkamlash bo‘yicha nazorat savollari:
1. Bozor infratuzilmasi nazariyasi fani nimani o ‘rganadi?
2. Mazkur fanni o ‘qitishning asosiy maqsadi nimadan iborat?
3. Bozor infratuzilmasi nazariyasi fanining bugungi kundagi
ahamiyati nimalar bilan belgilanadi?
4. Bozor infratuzilmasi nazariyasi
fani boshqa qaysi fanlar
bilan bog‘liqlikda o ‘rganiladi?
5. Bozor infratuzilmasi nima?
6. Bozor infratuzilmasining maqsadi va asosiy vazifalari
nimalardan iborat?
7. Bozor infratuzilmasi amal qilishining qanday tamoyillari
mavjud?
8. Infratuzilma turlari va ular faoliyati yo‘naltirilgan
sohalar
o ‘rtasidagi o ‘zaro aloqalarni izohlab bering.
9. Turli mamlakatlarda bozor infratuzilmasi unsurlarining
tarkib topishi va rivojlanishi qanday omillar ta ’sirida amalga
oshadi?
10. Bozor infratuzilmasini ta ’riflashda
qanday uslubiy
yondashuvlar tavsiya etiladi?
11. Bozor infratuzilmasi tarkibiy qismlarining bozor turlari
bo‘yicha turkumlanishini izohlang.
25
2-bob. BOZOR INFRATUZILMASI NAZARIYASI
SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI XUSUSIYATLARI
2.1. Bozor infratuzilmasi nazariyasining shakllanishi va
O‘zbekistondagi uning asosiy jihatlari
Infratuzilma to ‘g ‘risida so‘z
borganda, aw alo shuni
ta’kidlash lozimki, u qandaydir mahsulotni ishlab chiqarishda
bevosita
ishtirok etmaydi, balki faqat uni ishlab chiqarish uchun
zarur bo‘lgan shart-sharoitlami yaratib beradi.
Iqtisodiyotning infratuzilmaga oid unsurlari iqtisodiyot
tomonidan infratuzilmaning zimmasiga yuklatilgan o ‘ziga xos
vazifalarning hosilasi hisoblanadi. Bu vazifalar vaqt o ‘tishi
bilan
o‘zgarib hamda asosiy ishlab chiqarish vazifalaridan tobora
alohidalashib boradi. Shunga ko‘ra, infratuzilmaning mohiyatini
aniqlashda uning dastlabki belgisi bo‘lib
ishlab chiqarishni zarur
shart-sharoit bilan ta’minlashdan iborat bo'lgan vazifasi maydonga
tushmog‘i lozim. Zero, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov
ta ’kidlaganidek, “Infrastruktura kompleksi - iqtisodiyotimizning
butun strukturasi tayanadigan poydevordir. Respublika butun
xalq xo‘ja!ik kompleksi ishining uyg‘unligi,
uning samaradorligi,
shuningdek, chet el sarmoyalarini jalb qilish va o ‘zlashtirish
imkoniyati butunlay infrastruktura tizimi rivojining holatiga va
darajasiga bog‘liqdirn” .
0 ‘zbekistonda
bozor
infratuzilmasining
shakllanishi
0 ‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o ‘tgan ilk yillaridayoq
namoyon bo‘la boshladi va uning samarali amal qilishini ta ’minlash
bo‘yicha Prezidentimiz asarlarida va m a’ruzalarida juda ko ‘p marta
alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan
muhim ustuvor vazifalar
sirasiga kiritilgan.
A.Bekmurodov va boshqa mualliflarning “Ommabop
iqtisodiyot: mohiyati va asosiy tushunchalari” nomli o ‘quv
Do'stlaringiz bilan baham: