—
har bir bo‘g ‘inning ishida ixtisoslashuv va mehnat
taqsimoti hisobiga erishiluvchi samaradorlik.
Aynan bozor in
fratuzilmasi muassasalari tabiati uchun faoliyat yo'nalishlarining
serqirraligi, yuqori darajadagi diversifikatsiya emas, balki ixtiso
slashuv va mehnat taqsimoti tavsifli hisoblanadi. Bozor infratuz
ilmasi asosiy soha uchun shug'ullanish noqulay yoki samarasiz
bo'lgan «maydoncha»ni aniqlab, unga ixtisoslashuv orqali faoliyat
ko'rsatishi asosiy qoida hisoblanadi;
- o ‘zini-o‘zi tartiblash.
Korxona belgilagan narx va uning
chakana narxi o'rtasidagi farq hisobiga tashkil topuvchi, cheklangan
daromadlar doirasida amal qilib, muntazam ravishda qayta mos-
lashib turishga undovchi o'zini-o'zi tartiblash bozor infratuzilmas
ining harakat mexanizmi hisoblanadi;
-ichki raqobatning mavjudligi
Iqtisodiyotning barcha jab-
halari singari bozor infratuzilmasi sohasida ham uni kuchsizlantiru-
vchi, taraqqiyotini sekinlashtiruvchi omil - yakkahukmronlik hi
soblanadi. Shunga ko'ra, yakkahukmronlikning vujudga kelishi va
rivojlanishiga qarshi kurashuvchi turli bo'g'inlar o'rtasidagi ichki
raqobatning mavjudligi soha faoliyati samaradorligining asoslari-
dan biri bo'lib xizmat qiladi.
20
Bozor infratuzilmasining iqtisodiy mohiyatini yanada
chuqurroq ochib berish uning tarkibiy qismlarini aniqlash va
rivojlanish xususiyatlarini ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
1.3. Bozor infratuzilmasi nazariyasini o‘rganishdagi muhim
yondashuvlar
Yuqorida ta’kidlanganidek, bozor infratuzilmasi tarkibiy
qismlarini turkumlarga ajratishda yana shu narsa m a’lum
bo‘ladiki, ba’zi bir tuzilmalaming alohida bozor turlari bilan
o ‘zaro aloqadorligi mavjud emas. Balki, ular barcha iqtisodiy
munosabatlami, shu jumladan, bozor aloqalarini ham tartibga solib
turadi yoki ulaming samarali amalga oshishi uchun ko'maklashadi.
Jumladan, soliq idorasi, sug'urta muassasasining ba’zi turlari,
bojxona, emissiya banki kabi tuzilmalar bevosita davlat tomonidan
tashkil etilgan bo'lib, ular iqtisodiy faoliyatning zarur me’yor va
tartiblarda olib borilishini ta ’minlashga xizmat qiladilar.
Bozor infratuzilmasi unsurlarining tarkib topishi va
rivojlanishi darajasi turli mamlakatlarda turlicha bo'lishi mumkin.
Bu esa:
-iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi;
-unda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning xususiyatlari;
-infratuzilma sohasining rivojlanishiga bo'lgan e ’tibor;
-davlat tomonidan qo'llab-quwatlashning mavjudligi kabi
bir qator omillar ta ’siri ostida shakllanadi.
Shunga ko'ra, O'zbekistonda bozor infratuzilmasining
rivojlanish xususiyatlarini o'rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqotlarda bozor infratuzilmasini ta’riflashda,
rivojlangan infratuzilmaga ega bo'lgan mamlakatlar tajribasini
tahlil qilish va 0 ‘zbekistonning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga
oigan holda quyidagi uslubiy yondashuvlar tavsiya etiladi:
- funksional;
- tarmoq;
- bozorlarga xizmat qilish;
21
-h u d u d iy faoliyati;
- mulk shakllari;
- rivojlanganlik darajasi.
Bozor infratuzilmasining funksional belgisi takror ishlab
chiqarish jarayonining uzliksizligini ta ’minlashdagi rolini to‘liq
ochib beradi, y a’ni: savdo vositachilik, moliya-kredit, iqtisodiy-
axborot, iqtisodiy-huquqiy, tashqi iqtisodiy kabilami.
Tarmoq nuqtai nazaridan - savdo, ta ’minot, mahsulotni
sotish, tayyorlov, moliyalash, kredit, sug‘urta, axborot-hisoblash,
ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar va umumiy tijorat faoliyati bilan
bogMiq boMgan infratuzilma.
Bozorlarga xizmat qilish belgisi bo‘yicha:
- turli bozorlarga xizmat qiluvchi universal xarakterga ega
boMgan umumbozor infratuzilmasi (tijorat banklari, sug‘urta
kompaniyalari, maslahat, auditorlik firmalari, axborot muassasalari
va hokazolar);
- alohida bozorlarga xizmat qiluvchi infratuzilma (iste’mol
bozori, ishlab chiqarish vositalari, moliya va ko‘chmas mulk
bozorlari va hokazolar).
hududiy faoliyati bo‘yicha:
-xalqaro (xalqaro banklar, biijalar, sug‘urta kompaniyalari, chet
el firmalari, vakolatxonalari, chet el banklari filiallari, tashqi savdo
firmalari, bojxona tashkilotlari, xalqaro yarmarkalar va hokazolar);
- milliy ( 0 ‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Respublika fermer
xo‘jaliklari uyushmasi, Tovar-xomashyo birjasi, Respublika fond
biijasi, Agrobank va hokazo);
- hududlararo (hududiy tovar biijalari, hududlararo ulguiji savdo
uyushmalari va hokazo);
- hududlar (viloyatlardagi ulguiji savdo, tijorat banklari, savdo
uylari va hokazolar);
- shahar va tumanlardagi (ulguiji va kichik ulguiji, marketing,
reklama firmalari, advokatlik idoralari, auditorlik firmalari va
hokazolar).
22
Do'stlaringiz bilan baham: |