bo‘lgan shart-sharoitlar bilan ta’minlar ekan, ayni paytda mazkur
sohaning o ‘zi ham «hayot kechirish» uchun m a’lum sharoitlar
bo'lishini taqozo etadi. Shuningdek, bozor
infratuzilmasi tarkibiy
qismlarining zarur bo'lgan barcha ko'rinishlari ning tarkib topishi
va talab darajasida xizmat ko'rsatishi uchun ushbu jarayonni
m a’lum darajada davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish
zarur bo'ladi.
O'zbekistonda bozor infratuzilmasini rivojlantirishning
asosiy yo'nalishlari to'g'risida fikr yuritilar ekan, birinchi navbatda
bu sohani davlat tomonidan qo'llab-quw atlash chora-tadbirlariga
to'xtalish lozim. Zero, bu holat bozor infratuzilmasining iqtisodiy
tabiatidan kelib chiqib, uni davlat tomonidan tartibga solishning
obyektiv zarurligi umuman ishlab chiqarish infratuzilmasini
rivojlantirishda davlat ishtirokining muhim omilga aylanishini
taqozo etuvchi quyidagi qoidalar orqali izohlanadi:
—odatda ishlab chiqarish infratuzilmasi
sohasidagi talab va
taklifni tartibga solib turuvchi bozor mexanizmi tovarlar bozoridagi
kabi juda samarali amal qilmaydi;
-ish lab chiqarish infratuzilmasi aksariyat obyektlari xizma
tining narxlari moslashuvchan emas, shu boisdan ham ulami pasay-
tirib, katta quvvatlardan foydalanishga erishib bo'lmaydi;
-ish lab chiqarish infratuzilmasi xizmatlari bozorining
notekis tarkibiy tuzilishi, ya’ni ishlab chiqaruvchilar bilan
iste’molchilaming soni va miqdoriga nisbatan ana shunday tuzilish
bozorda muvozanatni yuzaga keltirishni mushkullashtiradi.
Faqat
davlat aralashuvi bilan bozordagi muvozanat holatini ushlab turish
mumkin;
-ish lab chiqarish infratuzilmasi, u ishlab chiqarishga
nechog'li foyda bo'lishiga qarab rivojlanib boradi. Bu o'rinda
rentabellik qoidasi boshqa bozorlardagi singari katta ahamiyatga
ega emas. Mazkur qoidalar ko'pincha amaldagi chiqimlaming
narxlardan ortib ketishiga olib keladi.
Shuning uchun ham uni
davlat ishtiroki bilangina amalga oshirish mumkin;
141
-ish lab chiqarish infratuzilmasining tarkibiga kiruvchi
ko'pgina tarmoqlar texnikaviy va iqtisodiy sabablarga ko'ra
bozorning oligopoliya va monopoliya singari shakllaridagina
ishlashi mumkin.
Ammo bozor va tadbirkorlik omillaridan foydalanilmay,
infratuzilma obyektlariga faqat davlatning egalik qilishi kam
samara berishi mumkin.
Agar bozor-raqobat
omillaridan foydalanilsa, infratuzilma
xizmatini takomillashtirish va investitsiyalar sifatini ko'tarish
borasida katta imkoniyatlar ochiladi.
Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi tadbiriami amalga
oshirish zarur:
—infratuzilmadan foydalanishning tijorat qoidalarini qo'llash;
- xususiy sektordagi firmalar tomonidan raqobatning
rag'batlantirilishi;
- infratuzilma obyektlari faoliyatining zarur darajada tartibga
solib turilishi;
- infratuzilma obyektlari xizmatidan foydalanuvchilar
va boshqa manfaatdor
shaxslaming rejalashtirish, infratuzilma
xizmatlarini tashkil etish hamda shu xizmatlar ustidan nazorat
o'matishdagi ishtirokini faollashtirish.
Bu chora-tadbirlar faqat siyosatni o'zgartirishnigina nazarda
tutmay, balki infratuzilma ishi tizimini tubdan qayta tuzishni
ham nazarda tutadi. Ilmiy manbalarda infratuzilma xizmatini
takomillashtirish va bunday
xizmat sifatini yaxshilashga, ulaming
quw atini oshirishga qaratilgan o'zgarishlami amalga oshirishning
to'rtta asosiy varianti ilgari suriladi:
1) davlat mulki va davlat tomonidan ishlatish;
2) davlat mulki va xususiy ishlatish;
3) xususiy mulk va xususiy ishlatish;
4) infratuzilma xizmatining hokimiyat mahalliy idoralari va
foydalanuvchilar tomonidan uyushtirilishi.
Mamlakatimiz korxonalarining kooperatsion aloqalarini
142
kengaytirish bir necha vazifalami hal etish imkonini beradi (5.4.1-
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: