O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM” FAKULTETI
“MAKTABGACHA TA’LIM” KAFEDRASI
“Himoyaga ruxsat etilsin”
“Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim”
Fakulteti dekani
AMIROVA DILNOZA ESHALIYEVNANING
Maktabgacha ta’limda bolalarni qo’l matorikasini rivojlantirish texnologiyasi (loy, plastilin misolida)
Mavzusida bakalavr akademik darajasini olish uchun bajarilgan
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
“Maktabgacha ta’lim” yo’nalishining
3-bosqich, 19/2-guruh talabasi
Ilmiy rahbar: p.f.f.d(PhD) E.E. Xurramov
Taqrizchilar: p.f.d. dotsent T.L.XURVALEVA
p.f.n. dotsent D.A. Abduraximov
“himoyaga tavsiya etilsin”
“Maktabgacha ta’lim”
Kafedra mudiri:A.A.Abdullayev
Chirchiq-2022
MUNDARIJA
Kirish
1-BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy tassavvurlarni rivojlantirish metodikasi
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish shartlari
2-BOB. Maktabgacha ta’limda bolalarni qo’l matorikasini rivojlantirish texnologiyasi
2.1 Bolalarda mayda qo‘l motorikasini rivojlantiruvchi mashqlar
2.2. Bolalarda qo’l harakati orqali o’z-o’zini parvarish qilish ko’nikmalarini rivojlantirish
2.3. Nozik motorikalarning rivojlanish metodikasi
Xulosa va tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovala
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Hamma bolalarda qo‘llarning mayda motorikasini rivojlantirish kerakligini biladi. Biroq hamma ham buni qay tarzda bajarish kerakligini va umuman mayda motorika o‘zi nima va uning qanday o‘ziga xos xususiyatlari borligini bilmaydi. Motorikani rivojlantirish uchun bolalar bilan qanday mashg‘ulotlar, o‘yinlar va mashqlarni o‘tkazish kerak Mayda motorika – bu qo‘l-oyoqlarning kaftlari va barmoqlari bilan mayda va aniq harakatlarni bajarish qobiliyati. Mayda motorika sohasi ko‘p sonli turli-tuman harakatlarni o‘z ichiga oladi: oddiy ishoralardan tortib (masalan, o‘yinchoqni ushlab olish) to juda murakkab harakatlargacha (masalan, yozish va rasm chizish).
Mayda motorika tug‘ilgan paytdanoq rivojlana boshlaydi. Oldiniga go‘dak o‘z qo‘llarini o‘rganadi, keyin ularni boshqarishga o‘tadi. U buyumlarni butun kafti bilan ushlaydi, keyin esa faqat ikkita (katta va ko‘rsatkich) barmog‘i bilan oladi. So‘ngra bolani qoshiq, qalam, mo‘yqalam kabi buyumlarni to‘g‘ri ushlashga o‘rgatishadi.
Mayda motorikaning juda muhim xususiyati bor. U bolaning asab tizimi, ko‘rish qobiliyati, diqqat-e’tibori, xotirasi va idrok qilishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, bolaning nutqi rivojlanishi uchun ham mayda motorikani rivojlantirishga katta e’tibor qaratish lozim.
Mayda motorikani rivojlantirish uchun ko‘plab mashg‘ulotlar, o‘yinlar va mashqlar mavjud. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: barmoq o‘yinlari, mayda buyumlar bilan bog‘liq o‘yinlar, shakl yasash va rasm chizish, barmoqlarni massaj qilish. Inson hayotida qo’l motorikasining umuman motorikaning ro’li katta. Shunday ekan biz motorikani rivojlantirishga jiddiy e’tibor berishimiz lozim. Bu jarayon aynan maktabgacha ta’limda amalga oshiriladi. Shuni hisobga olgan holda davlatimiz tomonidan joriy etilgan maktabgacha ta’lim tashkillotlariga doir me’yoriy hujjatlarga ham keltirib o’tilgan. Jumladan, Jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena yo‘nalishining ma’lum bir boblariga ham kiritilib o’tilgan. Bular; yirik motorikani rivojlantirish — bunda bola yurish (tez va sekin), yugurish (tez, sekin va ilon izi bo‘lib), sakrash (uzunlikka va balandlikka), zina bo‘ylab yuqoriga yurish (yurish, yugurish, sakrash) vaqtida o‘zining tana a’zolarini boshqarishni o‘rganadi;
Mayda motorikani rivojlantirish — bunda bola biron-bir faoliyatni yanada aniqroq bajarish (ushlash, ochish, yopish, qirqish, bo‘lish) uchun o‘z qo‘llari va barmoqlarini ishlatish va ulardan foydalanish malakasiga ega bo‘ladi;
Sensomotorikani rivojlantirish — bunda bola o‘z harakatlarini boshqarish uchun sezgi organlaridan (ko‘rish, eshitish, qo‘l bilan his qilish, hid bilish) foydalanadi;
Bola yirik motorikani rivojlantirish bosqichida:
o‘z tanasini boshqara olishi;
o‘z tana a’zolarini boshqara olishi;
bir yo‘nalishda maqsadli harakatlana olishi lozim.
Bola sensomotorikani rivojlantirish bosqichida o‘z xatti-harakatlarini sezish organlari yordamida boshqara olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |