Amir Temurning iqtisodiy qarashlari
Mamlakatda ko‗rilgan bunday va shu kabi boshqa chora-tadbirlar, birinchi navbatda, raiyatning qashshoqlikka, mamlakatning esa og‗ir ahvolga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan. A.Temur:
“Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag„alashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa, sipohlarning tarqalib ketishiga sabab bo„ladi. Sipohlarning tarqoqligi esa, o„z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi”, – deb ta‘kidlaydi.
Mamlakatda dehqonchilikka katta e‘tibor berilgan bo‗lib, yerga egalik qilish quyidagi ko‗rinishlarda bo‗lgan:
Suyurg„ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o‗tgan. Suyurg‗ol egasi soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqonlarni ishlatib, yer solig‗i – xiroj olganlar.
Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo‗lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun berilgan.
Ushr yerlar. Sayid va xo‗jalarga mansub yerlar. Bu yerlarda olingan hosilning o‗ndan biri davlatga berilgan.
Vaqf yerlar. Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir yerlar. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in‘om etiladi.
Askarlarga, ularning rahbarlariga beriladigan yerlar.
Kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (yerosti suvlarini tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog‗ ko‗kartirsa yoxud birorta xarob bo‗lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan soliq olinmagan. Ikkinchi yili raiyat o‗z roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yil xiroj yig‗ilgan. Mazkur muammoga bunday yondashuv qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Amir Temur barcha shahar va qishloqlarda langarxona (yo‗lov- chilar qo‗nib o‗tadigan, kambag‗al yetim-yesirlarga ovqat beriladigan joy), g‗aribxonalarni qurishni, kasallar uchun shifoxonalar bunyod etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni lozim, deb bilgan va ularni amalga oshirish uchun harakat qilgan.
Amir Temur Angliya va Fransiya qirollariga murojaat qilib,
xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga harakat qilgan. Mashriqdan
mag‗ribgacha bo‗lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirish uchun zarur bo‗lgan shart-sharoitlar yaratib berilgan. Masalan, bir kunlik karvon yo‗lida barcha narsa muhayyo etilgan (karvonsaroyda doimo ot, yem- xashak, oziq-ovqat, suv bo‗lgan, sardobalar qurilgan), qaroqchilar qattiq jazolangan. Shu narsaga alohida e‘tibor berish kerakki, chetdan olib kelingan tovarlar ustiga 10 foiz narx qo‗shib sotish mumkin bo‗lgan. Bu hozirgi davr tili bilan aytganda, birinchidan – chet el tovarlariga bo‗lgan talabni kuchaytirsa, ikkinchidan – aholining iste‘mol buyumlariga bo‗lgan ehtiyojini to‗laroq qondirish imkonini beradi.
A.Temurning iqtisodiy fikrlari «Temur tuzuklari»da bayon etilgan bo‗lib, quyida biz ko‗rib chiqmoqchi bo‗lgan g‗oyalar mazkur asar asosida keltirildi («Temur tuzuklari». Toshkent,1991).
Unda o‗sha davrdagi davlatning 12 ijtimoiy toifadan iborat bo‗lganligi ko‗rsatilgan:
Sayyidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar (din ahllari).
Aqlli, donishmand odamlar.
Xudojo‗y kishilar.
No‗yonlar (tuman boshlig‗i), amirlar, mingboshilar, ya‘ni harbiylar.
Sipoh va raiyat (soliq to‗lovchi xalq).
Aqlli, tajribali, eng ishonchli kishilar.
Vazirlar, sarkotiblar.
Hakimlar (faylasuflar, donishmand, allomalar), tabiblar, munajjimlar, muhandislar (injenerlar).
Hadis olimlari.
Ahli hunar va san‘atchilar.
Kasbu hunar egalari.
Savdogar va sayyohlar.
Davlat taqdirini esa podsho, xazina, askar hal qiladi, deyilgan. Qo‗shin a‘zolarining maoshi to‗g‗risida aniq ma‘lumotlar keltirilgan. Masalan, oddiy sipoh o‗zi mingan ot bahosiga teng miqdorida maosh olishi, bahodirlar ikki ot bahosidan to‗rt ot bahosigacha maosh olishi, o‗nboshi o‗z qaramog‗idagi askarga nisbatan ikki barobar ko‗p, yuzboshi o‗nboshidan ikki marta ortiq maosh olishi tayinlangan.
«Tuzuklarda» A.Temur davrida soliq va jarimalarni yig‗ish va xarj (sarf) qilishga alohida e‘tibor berilgan. «Xirojni yig„ish vaqtida, – deb uqtiriladi «Temur tuzuklari»da, – ikki vazir tayinlansin. Biri to„plangan molni yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursin, boj oluvchilar fuqaroga zulm qilib, ularning ahvoliga xaroblik yetkazmasinlar. Viloyatlarda