Iqtisodiy kategoriyalar va ularning amal qilish mexanizmi



Download 197,5 Kb.
bet1/10
Sana19.02.2022
Hajmi197,5 Kb.
#458631
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Iqtisodiy kategoriyalar va ularning amal qilish mexanizmi


Iqtisodiy kategoriyalar va ularning amal qilish mexanizmi
Kirish
I bob .Iqtisodiyot nazariyasi fanining kelib chiqishi va vazifalari
1.1.Iqtisodiyot va uning bosh masalasi.

1.2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi.


II bob. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar tog’risida umumiy ma’lumotlar
2.1.Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar.Ularning turlari va ehtiyoj qonuni

2.2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni ilmiy bilishning uslublari


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning erkinlashuvi va islohotlarning


chuqurlashuvi jarayoni soliq siyosatini ham muntazam takomillashtirib borishni
taqozo qiladi. Soliq siyosati moliya tizimi islohotlarining muhim yo’nalishi sifatida
iqtisodiyotni tartibga solish hamda uning barqarorligini ta’minlash jarayonida har
qachongidan ham muhimroq bo’lib bormoqda. Shu sababli, mamlakatimiz
rivojlanishining muhim ustuvor yo’nalishi sifatida soliq siyosatini
erkinlashtirishning belgilanishi bejiz emas. Bu borada davlatimizning birinchi rahbari I.Karimovning quyidagi fikrlari e’tiborga loyiqdir: “Izchillik bilan amalga
oshirilayotgan, birinchi navbatda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan
oqilona soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarga, xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy barqarorligini
yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Xususan, 2011 yilda soliq yuki, 1991 yil bilan
solishtirganda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 2 barobar kamayib,
41,2 foizdan 22 foizga tushganini qayd etish zarur. 2011 yilda mikrofirma va
kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasining 7 foizdan 6 foizga
kamaytirilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar investitsiya faoliyatining
kengayishiga xizmat qildi. Buning natijasida bo’shab qolgan qariyb 80
milliard 300 million so’m mablag’ni birinchi navbatda ishlab chiqarishni
texnologik yangilash va zamonaviy texnikani joriy etishga yo’naltirish imkoni
paydo bo’ldi”.
Kurs ishining maqsad va vazifalari.Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy
hayotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Iqtisodiy qonun
aloqalar ko’p asrlik tarixga ega. Yuz yillar davomida ular ko’proq tashqi savdo
ko’rinishida bo’lib u axolini milliy iqtisodiyot butkul ta’minlay olmaydigan
yoki umuman ishlab chiqarmaydigan maxsulotlar bilan ta’minlash masalalarini
hal qilgan. Iqtisodiy qonunlar unda ro’y berayotgan jarayonlar dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatlariga ta’luqlidir. Tabiiyki, barcha mamlakatlar birinchi navbatda o’z manfaatlarini ko’zlab, o’z tashqi iqtisodiy qonunni boshqarishi zarur.
Kurs ishining obyekti: Bugungi kundagi O’zbekistonning iqtisodiy qonun va kategoriyalarini va uni o’ziga xos hususiyatlarini o’rganish iborat.
Kurs ishining predmeti: O’zbekistonning iqtisodiy qonun va kategoriyalarini kelajakdagi istiqbollarini o’rganish va tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2ta bob xulosa hamda foydalanilgan
adabiyotlar ro’yhatidan iborat.

I bob .Iqtisodiyot nazariyasi fanining kelib chiqishi va vazifalari


1.1.Iqtisodiyot va uning bosh masalasi.
Iqtisodiyot nazariyasini o’rganish, iqtisodiy jarayonlarning tub mohiyatini to’g’ri tushunish ko’’ jihatdan uni o’rganuvchilarning ma’lum nazariy va uslubiy bilim bilan qurollanishiga bog’liq. Shuning uchun ham mazkur bob insoniyat jamiyati taraqqiyotining asosi bo’lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiyot nazariyasi fanining vujudga kelishini qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi. Iqtisodiyot nazariyasi fanidagi asosiy oqimlar va nazariyalarning umumiy bayoni qisqacha beriladi. Bu erda iqtisodiyot va uning bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi fanining ‘redmeti, vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar ichida tutgan o’rnini ko’rsatib berish bilan birga iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar hamda ularning amal qilish mexanizmini yoritib berishga alohida o’rin beriladi.
Bu bobda iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullarining mazmunini ochib berishga alohida e’tibor qaratiladi.

Download 197,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish