Amir Temurning bunyodkorlik ishlari. Amir Temurning odob-axloq, ta'lim tarbiya to’g'risidagi o’gitlari. III. Xulosa. IV. Adabiyotlar ro`yxati


Amir Temur yirik davlat arbobi va yuksak ma'naviyat egasi



Download 79,38 Kb.
bet8/11
Sana16.04.2023
Hajmi79,38 Kb.
#929061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AMIR TEMURNING ODOB AXLOQ TO\'G\'RISIDAGI O\'GITLARI

Amir Temur yirik davlat arbobi va yuksak ma'naviyat egasi.
Amir Temur– buyuk shaxs, yirik davlat arbobi, sarkarda, qonunshunos, iste'dodli me'mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el yurtini, xalqini sevgan va uni jahonga mashhur qilgan inson. Amir Temurning tarixi ko'p jildlik kitoblar yozishga arziydi. Mustaqillikka erishgunimizga qadar buni amalga oshirishning imkoniga ega emas edik. Chunki kommunistik g'oya bunga yo'l bermasdi. Amir Temurning o'zi tahqirlanib, tuhmatu-malomatlarga qoldi. Mustaqillik tufayli ko'p ming yillik boy tarixmizni, shu jumladan ulug' bobomiz Amir Temurni o'rganish imkoniga ega bo'ldik.Amir Temur1336 yilning 9 aprelida Shahrisabzning Xo'ja Ilg'or qishlog'ida tavallud topdi.
Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat og'ir ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy qiyinchiliklar iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi.
Amir Temur ibn Tarag'ay Bahodir hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol ko'zga tashlanadi.
Birinchi davr 1360-1386 yillarini (25-46 yoshlarda) o'z ichiga oladi. Temur bu davrda Mavorounnahrda mo'g'ul hokimligidan mustaqil kuchli markazlashgan davlat tuzish yo'lida kurashdi.
Mavorounnahrni birlashtirishdan manfaatdor bo'lgan turk va tojik zodagonlari – oqsuyaklari kabi sotsial kuchlar bilan birgalikda O'rta asr o'zboshimcha feodallariga, markazlashish va birlashishga zid harakatlari mamlakatni parchalangan holatda saqlashga intiluvchilarga o'zaro urushlarga undovchilarga qarshi kurash olib bordi.
Amir Temur o'zi bilibmi-bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bo'lishiga yordam berdi. Masalan, o'sha davrning eng qudratli hukmdorlaridan hisoblandan Boyadzid Yildirimni (Qaysar) tor-mor keltirib Bolqon yarim oroli va Yevropa xalqlariga ozodlik bag'ishladi, Oltin O'rta xoni To'xtamishxonni ikki marta tor-mor etib Rossiyani mo'g'ullar hukmronligidan qutilishini qariyib 300 yilga tezlashtirdi.
Temur 25 yoshida Shahrisabz hokimi bo'lishga muyassar bo'ldi. Uning otasi shu yilning oq suyaklardan bo'lgan Amir Tarag'ay Bahodir vafot etdi.
Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlaribeqiyos. Temur va uning avlodlari say'i-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xonakohlar, saroylar, bozorlar, qal'alar, kanallar va boshqa inshootlarning son-sanog'i yo'q.
Bibixonim jome masjidi, Go'ri Amir, Axmad Yassaviy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy, Ko'ksaroy va Shohi Zinda me'moriy mo'jizalari, Bog'i Chinor, Bog'i Baland, Bog'i Dilkusho, Bog'i Behishtsingari o'nlab go'zal saroy-bog'lar va shu kabi boshqa inshootlar uning bevosita rahnamonligida bunyod etilgan.
Tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur «Obodonlikka yaraydigan biror qarich yerning ham zoe bo'lishini ravo ko'rmasdi». Tarix bu qo'xna dunyoda juda ko'p jahongirlarni ko'rgan.
Amir Temurning boshqa sarkardalardan farqi shundaki, u umr bo'yi bunyodkorlik bilan mashg'ul bo'lgan. Uning «qay bir joydan bir g'isht olsam, o'rniga o'n g'isht qo'ydirdim, bir daraxt kestirsam, o'rniga o'nta daraxt ektirdim» degan so'zlari bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig'idir.
«Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo'lsangiz, qurgan binolarimizga boqing»deganda Amir Temur, avvalo, o'z xalqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan desak yanglishmaymiz.


Download 79,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish