Amir Temurning bunyodkorlik ishlari. Amir Temurning odob-axloq, ta'lim tarbiya to’g'risidagi o’gitlari. III. Xulosa. IV. Adabiyotlar ro`yxati


I.A.Karimov asarlarida A.Temurni o'rganishni zarurligi va uning ma'naviy merosi bebaho xazina ekanligi haqida



Download 79,38 Kb.
bet10/11
Sana16.04.2023
Hajmi79,38 Kb.
#929061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AMIR TEMURNING ODOB AXLOQ TO\'G\'RISIDAGI O\'GITLARI

I.A.Karimov asarlarida A.Temurni o'rganishni zarurligi va uning ma'naviy merosi bebaho xazina ekanligi haqida.
Prezident I. KarimovTemurning xizmatini munosib baholab quyidagicha izohlaydi:
Birinchidan , Amir Temur qadriyati mustamlakachilik yillarida o'chirib tashlangan milliy tuyg'ularimizni qayta tiklash, millatni millat, davlatni davlat qilish uchun kerak.
Amir Temurning “Biz kim mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Biz kim millatlarning eng qadimiy, eng ulug'i –turkning bosh bug'inimiz” degan gaplari xalqimizga milliy o'zligini, buyuk va jaxonshumul an'analarga voris ekanligini chuqur anglashga xizmat qiladi.
Ikkinchidan,xalqimizning milliy g'ururini milliy ongini yuksaltirish uchun qariyb unutilgan tariximizni qayta tiklash lozim. Amir Temur esa ana shu ko'xna tarixning buyuk cho'qqisidir.
Uchinchidan ,Amir Temurning hurmatini jayiga qo'yish farzandlarimizni kelgusi avlodni ulug' ajdodlarimizning nomi va me'rosi bilan faxrlanishga o'rgatish, ularni ana shu buyuk an'analarning munosib davomchilari qilib tarbiyalash milliy g'ururni yuksaltirish uchun kerak.
To'rtinchidan,Amir Temur qadriyati bizga demokratik huquqiy qudratli O'zbekiston davlatini barpo etish uchun, “O'zbekiston kelajagi buyuk davlat” degan g'oyani ro'yobga chiqarish uchun kerak. Yangi asoslarini qayta tiklayotgan bir paytda Amir Temur o'zbek xalqiga tog'dek tayanch bo'lib xizmat qiladi.
Beshinchidan, Amir Temur qadriyati mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egallashi, kelgusi avlodlarga ozod va obod vatan qoldirish uchun kerak.
Xulosa.Uzoq yillar davomida mustamlaka iskanjasi ostida kun kechirgan xalqimiz Amir Temur kabi o'z vatandoshini qadrlashdan maxrum edi. Ollohga shukurlar bo'lsinkim, Mustaqillik mana shu nurafshon kunlaridan yurtimiz uzra Amir Temurning ruxi bizdan rozi bo'lib kezib yurgan bo'lsa ne ajab.
Amir Temur — buyuk shaxs: kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga, el-yurtini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson. U Buyuk insonning murakkab va tashvishlar bilan to‘lib-toshgan hayoti va faoliyatini kichik bir maqolada, hatto juda qisqa va umumiy tarzda bo‘lsa-da, bayon qilib bo‘lmaydi. Amir Temurning tarixi ko‘p jilddik kitoblar yozishga arziydi. Lekin ming afsuski, bizlar — buyuk amirning vatandoshlari, bu ishni hozirgacha eplolmadik. To‘g‘risi, buni qilish imkoniga ega bo‘lmadik, chunki ko‘hna tariximiz, ulug‘ ota-bobolarimiz haqida bizlarni churq ettirmay qo‘ygan kommunistik g‘oya bunga yo‘l bermadi. Amir Temurning o‘zi esa tahqirlandi, tuhmatu malomatlarga qoldi. Vaholanki, Angliya, Frantsiya, Germaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi hamkasblarimiz uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab juda ko‘p ko‘lamdor kitoblar yozib, o‘z tillarida chop etdilar. Angliyalik sharqshunos olima Hilda Hukhem, germaniyalik Gans Robert Ryomer, frantsuz Jan Pol Roks, amerikalik Jon Vuds va Beatrisa Mans shular jumlasidan. Xorijlik dramaturg va artistlar o‘z teatrlarining sahnalarida Amir Temurning yorqin obrazini yaratdilar. Frantsiyalik haykaltaroshlar uning haykalini oltindan quyib, muzeylarda namoyish qildilar. Biz-chi?..
Tangri taologa shukrlar bo‘lsinki, shu kunlarga kelib ko‘p ming yillik boy tariximizni surishtirish va o‘rganish imkoniyatiga endi ega bo‘lyapmiz. Biz keksa tarixchilar bu ishni umr yetganicha qilarmiz. Biz ulgurmasak, buni shogirdlarimiz davom ettirishar. Har holda shuni unutmaslik kerakki, bizlar nafaqat Amir Temur to‘g‘risida, balki ota-bobolarimiz tarixi borasida ham xalqimiz oldida qarzdormiz.
Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida o‘sha paytlarda Kesh (Shahrisabz)ga qarashli Xo‘ja Ilg‘or (bu qishloq hozir Yakkabog‘ tumaniga qaraydi) qishlog‘ida tavallud topdi. Otasi Amir Tarag‘ay — o‘ziga to‘q, badavlat kishi edi. Temur tug‘ilgan paytda u Qozonxon (1333—1346) huzurida mas’ul bir mansabda turardi. Kesh va unga tobe’ yerlarning bekligi esa Amir Tarag‘ayning og‘asi Hoji barlosning qo‘lida edi.
Temurning yoshligi va yigitlik yillari Chig‘atoy ulusi og‘ir ijtimoiy-siyosiy bo‘hron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi. Ulus ichidagi notinchlik Qozonxon davriga kelib o‘zaro feodal urushlarning avj olib ketishiga sabab bo‘ldi. Hokimiyat uchun kurash ayniqsa xon bilan uning bosh amiri (amir ul-umarosi) Qazag‘an o‘rtasida kuchli bo‘ldi. O’zaro nifoq va kelishmovchilik urushga aylandi. Mamlakat mo‘g‘ullar istilosi ostida qolgan o‘sha og‘ir sharoit ikki iste’dodli amirni — amir Temur bilan amir Husaynni bir qadar yaqinlashtirdi. Lekin amir Husayn mamlakatda feodal tarqoqlikka barham berish, raiyatni chet el bosqinchilaridan himoya qilish xususida Amir Temur bilan yakdil bo‘la olmadi. Oqibatda yurt ozodligi uchun kurash bevosita Amir Temur zimmasiga tushdi.
Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta.
Birinchidan, u mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun «Temur va temuriylar davlati», «temuriylar madaniyati», «Ulug‘bek va Samarqand astronomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug‘ so‘zlarni nafaqat o‘zbeklarning, balki butun dunyo xalqlarining tarixi sahifalarida uchratar ekanmiz, ularning zaminida Amir Temurning ulkan xizmatlari yotishini nazarda tutishimiz lozim.
Ikkinchidan, Amir Temur, taqdir taqozosi bilan bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakalikdan ozod bo‘lishda yordam berdi. Masalan, o‘sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Ildirimni (1389—1402) tor-mor keltirishi natijasida (1402 y.), bir qator Yevropa xalqlari ozodlikka erishdi; Oltin O’rda xoni To‘xtamishni (1376—1395) ikki marta (1391 va 1395 y.) tor-mor keltirib, Rossiyaning mo‘g‘ullar hukmronligidan qutulishini tezlashtirdi.
Uchinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat rivojlangan ilg‘or mamlakatga aylantirdi. Amir Temurning sa’y-harakati bilan obod etilgan shaharlar, qasabalar, qishloqlarni, Shahrisabz, Samarqand, Buxoro, Yassi (Turkiston) singari shaharlarda qad ko‘targan oliy imoratlarni aytmaysizmi?! Ularning ba’zilari hozir ham shaharlarimizga ko‘rk bo‘lib turibdi. Ta’bir joiz bo‘lsa, shu yerda yana bir gapni aytmoqchiman. Amir Temur o‘z yurti Turkistonnigina emas, balki qo‘shib olingan yurtlarni ham obod qildi.
Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan mutolaa qilsangiz, uning ko‘p yaxshi sifatlari (to‘g‘rilik, muruvvatlilik, el-yurtga mehr-muhabbat va b.) bilan tanishasiz. Uning saxovatli, bag‘ri keng va donishmand odam bo‘lganini payqab olasiz. «Temur tuzuklari», Nizomuddin Shomiy (tug‘ilgan va vafot qilgan yili ma’lum emas) va Sharofuddin Ali Yazdiyning (1454 yilda vafot etgan) «Zafarnoma»larida, Ibn Arabshohning (1389—1450) «Ajoyib ul-maqdur fi axbori Temur» («Amir Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari») va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli pand-nasihatlari va o‘gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo‘ladi. Bular el-yurt va fuqaroning tashvishi, raiyatparvarlik, mehr-muruvvat, qo‘shnichilik aqoidlariga rioya qilish va nihoyat, mardlik va qahramonlik haqidagi hayotiy o‘gitlaridir.
Bularning xammasi I. A. Karimovraxnamoligida mustaqillik tufayli o'zbek xalqining ma'naviy tiklanishi borasida olib borilayotgan keng jabxadagi xayrli ishlaridan bir nishona xolos.

Saltanat ishlarida to‘rt narsaga amal qilgin, ya’ni: 1) kengash; 2) mashvaratu maslahat; 3) qat’iy qaror, tadbirkorlik, hushyorlik; 4) ehtiyotkorlik. Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatni barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari noto‘g‘ri bo‘lgan johil odamga qiyos qilish mumkin; uning aytgan so‘zlari va qilgan ishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltirgay. Shunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbirkorlik bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo‘lmagaysan. Shuni ham bilishing kerakkim, saltanat ishlarining bir qismi sabru toqat bilan bo‘lgay, yana bir qismi esa bilib bilmaslikka, ko‘rib ko‘rmaslikka solish bilan bitur. Xullas, bajarilishi shart bo‘lgan tadbirlarning ta’rifidan va zikridan so‘ng shuni ta’kidlash lozimki qat’iylik, sabr, chidamlilik, sog‘ligu sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilur.

2Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.
3Ishbilarmon mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
4G’anim lashkarini yengish qo‘shinning ko‘pligidan, mag‘lub bo‘lish esa sipohning kamligidan bo‘lmaydi. Balki g‘olib bo‘lmokdik Tangrining madadi va bandasining tadbiri bilandir.
5Garchi ishning qanday yakunlanishi takdir pardasi ortida yashirin bo‘lsa ham, aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.
6Agar ikki xatarlik yoki bir xatarlik ishni qilishga to‘g‘ri kelgudek bo‘lsa, ikkovidan barobar qutulish chorasi topilmagach, bir xatarini ixtiyor etmoq kerak.
7Bir ishga kirishmay turib, undan qutulib chiqish yo‘llarini mo‘l qo‘y.

XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Vtanimiz tarixida voqealarga nihoyatda boy tarixiy davr hisoblanadi. Chunki, bu davrda mugillar xukmronligi va feodal tarqoqlik tugatilib, bosqinchilarning vayronagarchiliklarni va bir yarim asrlik zulmlari oqibatida iqtisodiy madaniy-ma`rifiy turg`unlik holatiga tushib kolgan mamlakatimiz o`z mustakilligini tiklashga kirishdi. Bu davrda Amir Temurning yagona bayrog`i ostida markazlashgan kuchli mustakil feodal davlat tashkil topdi.


Amir Temur ushbu davrda Movarounnahr va Xorazmga tazyiq o`tkazayotgan To`xtamishxonga qarshi qushin tortdi. Ural va Kavkazda bo`lgan ikki shiddatli jangda Amir Temur g`alaba qozonib Oltin O`rda tazyiqida yashayotgan Rossiyani qad rostlashiga yordam berdi.
Amir Temur - buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me`mor, notiq, ruhshunos shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni jaxonga mashhur qilgan inson. Amir Temurning tarixi ko`p jildlik kitoblar yozishga arziydi.
Mustaqillikka erishgunimizcha buni qilish imkoniga ega bo`lmadik, chunki kommunistik g`oya bunga yo`l bermadi. Amir Temurning o`zi taxqirlandi, tuxmatu malomatlarga qoldi.
Shukurlar bo`lsinki, mustaqillik tufayli ko`p ming yillik boy tariximizni, shu jumladan ulug` bobomiz Amir Temurni surishtirish va o`rganish imkoniga ega bo`ldik.
Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shaxrisabzning Xoja ilg`or qishlog`ida tavallud topdi.
Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat ogir ijtimoiy siyosiy bo`ron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi.
Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so`ng Amir Temur o`z raqiblarini yengib xoqimiyatni qo`lga oldi. Mayda, tarqoq feodalliklarni birlashtirib markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o`zgarishlar qildi. Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benixoya katta.
Birinchidan, u mamlakatni yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o`z tug`i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik feodal davlatga asos soldi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun "Temur va temuriylar davlati", "temuriylar madaniyati", "Ulug`bek va Samarqand asronomiya maktabi", "Navoiy" va "Bobur" kabi qutlug` so`zlarni nafaqat o`zbekning, balki jaxon xalqlari saxifalarida uchratar ekanmiz bu gaplarning zaminida Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi.
Ikkinchidan, Amir Temur, o`zi bilibmi-bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilar zulmidan ozod bo`lishga yordam berdi. Masalan, o`sha davrning eng qudratli xukmdoridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib Bolqon yarim oroli va Yevropa xalqlariga ozodlik bag`ishladi; Oltin o`rda xoni To`xtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mug`ullar xukmronligidan qutilishini qariyib 300 yilga tezlashtirdi.
Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan o`qisak, o`rgansak, uning ko`p yaxshi sifatlari: to`g`rilik, muruvatlilik, el-yurtga mehr-muxbbati va boshqa hislatlarini bilib olamiz. Amir Temurning "Temur tuzuklari", Nizomiddin Shomiy, Sharofutddin Ali Yazdiylarning "Zafarnoma"lari, Ibn Arabshohning "Temur xaqidagi xabarlarida taqdir ajoyibotlari" va boshqa asarlarda keltirilgan soxibqironning ibratli pand-nasixatlari va o`gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo`ladi. Bo`lar el-yurt va fuqaroning tashvishini o`ylaydigan marifatparvarlik, mehr-muruvvat qo`shnichilikka rioya qilish va nihoyat, mardlik va qaxramonlik haqidagi hayotiy o`gitlardir.
Soxibqironning bunyodkorlik soxasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Amir Temur va uning avlodlari sa`y-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, saroylar, bozorlar, ko`priklar, yo`llar, bekatlar, karvonsaroylr, qal`alar, qazilgan kanallar va boshqa inshoatlarning son-sanog`i yo`q.
Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome` masjidi, Go`ri Amir, Ahmad Yassaviy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zinda me`moriy mo`jizalari, Bog`i Chinor, Bog`i Dilkusho, Bog`i Bexisht, Bog`i Baland singari o`nlab go`zal saroy-bog`lar va shu kabi boshqa inshoatlar shular jumlasiga kiradi.
Tarixchi Sharofuddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur "Obodonchilikka yaraydigan biron qarich yerning ham zoye bo`lishini ravo ko`rmasdi".
Tarix bu ko`xna dunyoda juda ko`p jaxongirlarni ko`rgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo`yi bunyodkorlik bilan mashg`ul bo`lgan.
Uning "Qay bir joydan bir g`isht olsam, o`rniga o`n g`isht qo`ydirdim, bir daraxt keltirsam, o`rniga o`nta ko`chat ektirdim", degan so`zlari bunyodkorlik, yaratuvchilik faoliyatining tasdig`idir.
"Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo`lsangiz, qurgan binolarimizga boqing" deganda Amir Temur avvalo o`z xalqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yanglishmaymiz.
Har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm-ma`rifatsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Buni teran anglagan soxibqiron xoqimiyatga kelishi bilan chiqargan dastlabki farmonlarini madrasalar barpo etish, ilm toliblariga nafaqalar tayinlash bilan bog`lagan. Qaysi bir shaharga tashrif buyurmasin Amir Temur avvalo o`sha yerlik olimu fozillar bilan uchrashar, ular bilan suxbat qurar, turli mavzularda baxslashar edi.
Tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me`morchilik sohalarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi. Mazkur fazilat soxibqironning nabirasi Mirzo Ulug`bekka o`tgani shubxasiz.
Mirzo Ulug`bekning davlat arbobi bo`lish bilan bir qatorda buyuk olim darajasiga yetishida bobosi Amir Temurning ta`siri benihoya katta bo`lgan. U Ulug`bekdagi noyob iste`dodni boshdanoq payqab, safarlarda ham yoniga olib yurib, dunyoning mashhur olimlari tarbiyasidan baxramand etgan.
Amir Temur ma`naviyatini belgilovchi bosh mezon uning butun umr bo`yi amal qilgan "Kuch - adolatda" degan shioridir. Bu shiorda Amir Temur hayoti va faoliyatining butun mazmuni mujassamlashgan.
"Temur tuzuklari" da ma`naviyat masalalari
Amir Temurning ma`naviy va ma`rifiy qarashlari uning o`z farzandlari, nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o`gitlari - "Temur tuzuklari" da mujassamlashgan. Bu bebaho asarda podsholar, xoqimlar va vazirlarning xaqi-huquqini himoya qilish, sipoxlarga munosabat, ilm-fan namoyondalari, din peshvolariga, ustozlarga, yaxshilik qilgan kishilarga munosabat kabi hayotiy ma`naviy-ahloqiy qonun-qoidalar o`z ifodasini topgan.
Tuzuklardan quyidagi misollarni keltiramiz.
X X X
Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to`g`ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.
X X X
Zolimlardan mazlumlar haqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o`rtasida muxokama qildim va bir gunoxkorning o`rniga boshqasiga jabr-zulm o`tkazmadim.
X X X
Kimki birovni molini zo`rlik bilan tortib olgan bo`lsa, mazlumning molini zolimdan qaytarib olib, egasiga topshirsinlar. Agar kimda kim tish sindirsa, ko`zini ko`r qilsa, quloq va burun kessa, sharob ichsa, zino ishlar qilsa, devondagi shariat qozisiga olib borib topshirsinlar.
Quyidagi tuzuklarda Amir Temurning kechirimli hislatlari namoyon bo`lgan. Buni u boshqalardan ham talab qilgan. Jumladan Amir Temur bu to`g`rida shunday deydi:
X X X
Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko`tarib, ishimga ko`p ziyon yetkazganlarni ham, iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab, yomon qilmishlarini xotiramdan o`chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo`l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan. Shubhayu qo`rquv bo`lsa, unut bo`lardi”
XXX
Menga xasad qilib, o`ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg`a-in`omlar berib, muruvvatu ehson ko`rsatdimki, bu yaxshiliklarni ko`rib, xijolat teriga g`arq bo`ldilar. Hamisha mening roziligimni olib ish tutgan do`stlarim oldimga panox tilab kelganlarida, ularni o`zimning taxtu davlatimga sherik qilib, hech qachon ulardan mol-mulk va tirikchilik ashyolarini ayamadim.
Amir Temurning umr bo`yi obodonchilik, qurilish ishlariga katta ahamiyat berganligi, kambag`alparvarligini uning quyidagi o`gitlaridan ham bilish mumkin:
XXX
Kimki biron saxroni obod qilsa, yoki koriz qursa yo biror bog` ko`kartirsa, yohud biror harob bo`lib yotgan yerni obod qilsa, birincha yili undan hech narsa olmasinlar, uchinchi yili qonun - qoidaga muvofiq xiroj yig`sinlar.
Amir Temurning quyidagi so`zlari asrlar osha xalqimizning asl farzandlarini el-yurt, vatan haqida qayg`urishga chorlab keldi.
XXX
Millatning dardlariga darmon bo`lmoq vazifangizdir.Zaiflarni ko`ring, yo`qsillarni boylar zulmiga tashlamang.Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo`lsin. 
Temur va Temuriylar davrida ma`naviyat va ma`rifat rivoji
temuriylar davri; umuman Sharq, xususan Markaziy Osiyo-ilm-fan,madaniyat,ma`naviyat,adabiyot va san`at rivojida muhim boskich,yangi tarixiy davr,tub burilishdir. Bu davrdagi ma`naviy va ma`rifat hayotidagi ko`tarilish va yuksalishning manbai, boshlanishi IX-XII asrlarga borib taqaladi. XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda Markaziy Osiyoning madaniy-ma`naviy va ma`rifiy kamoloti IX-XII asr madaniyati, ma`naviyati va ma`rifati davomidir. Markaziy Osiyo xalqlaridan yetishib chiqqan buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi xuddi shu davrda shakllandi va ijod etdi. Butun dunyoga nomlari mashhur tarixchilar Sharofiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy olimlar- Ulug`bek, Ali Qushchi, Qozizoda Rumiy; faysafus shoirlar-Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy; Musavvirlar- Kamoliddin Bexzod, Qosim Ali, Mirak naqqosh; xattotlar-Sulton Ali Mashxadiy, Sulton Muhammad xandan Muhammad bin Nur va boshqalar shular jumlasidandir. Ularning hammasi o`sha davr va o`zlarigacha bo`lgan insoniyat ma`naviyati, ma`rifati va madaniyati yutug`ining barcha sohalarini mukammal bilib va o`zlashtirib olgan, o`zlari tanlagan sohalarning hali hech kim tomonidan zabt etilmagan cho`qqilarini egallagan ulug` siymolar, qomusiy ilm, aql egalari bo`lganlar.
Kamoliddin Behzod va uning shogirdlari ijodida yuksak bosqichga ko`tarilgan musavvirlik san`ati Sharq uyg`onish davrining yutuqlaridan biridir. Behzod o`zining takrorlanmas ijodi, go`zal miniatyura san`ati va ajoyib mahorati bilan nafaqat Sharqda, balki butun duyoda ham o`chmas iz qoldirgandir. “Ikkinchi Moniy”, “Sharq Rafaeli” deb yuksak darajada e`zozlangan Behzod mashhur so`z san`atkorlari - Jomiy, Husayn Bayqaro, Shayboniyxon va boshqalarning siymolarini yaratgan yuksak ma`naviyat egasidir.
Temuriylar davri ilm-fan, madaniyat, ma`rifat rivoji Mirzo Ulug`bek (1394-1449) ning nomi bilan chambarchas bog`lanib ketgan. U davlat arbobi, fan, ma`rifat homiysi, buyuk olim va munajjim.
U o`zi bunyod ettirgan rasadxona va ilm-ma`rifat markaziga turli sohalarda ish olib boruvchi 100 dan ortiq ilm ahllarini to`plab, keng jabhada ilmiy kuzatish ishlarini olib borgan. Bo`lar Qozizoda Rumiy, G`iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Mavlono Ahmad, Muhammad Havofiy, Abo`l Ali Birjondiy, Mirim Chalabiy, Muiniddin Koshiy kabi zamonaning zabardast olimlari bo`lgan.
Mirzo Ulug`bek Samarqandda “Samarqand akademiyasi”-”Ulug`bek akademiyasi”ga asos solgan edi. “Ziji Ko`ragoniy” (“Ko`ragoniyning yangi astronomik jadvali”) va “To`rt ulus tarixi” nomli asarlarning muallifidir.
Tarixchi olim Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha “Ulug`bek geometriya borasida Yevklidga, astronomiya sohasida Ptolomeyga o`xshardi”.
Mirzo Ulug`bek fan homiysi bo`lish bilan birga, mamlakatda ma`rifat rivojiga ham katta ahamiyat bergan allomadir. U Mavorounnahrda bir emas uch madrasa qurdirdi. Bo`lardan biri Samarqandda (1417-1420); ikkinchisi Buxoroda (1417) va uchinchisi G`ijduvonda (1433)dir. Hatto, Buxorodagi madrasa peshtoqiga hadisdan: “Ilm olish uchun har bir mo`min va muslima uchun farzdir”,-deb yozdirib qo`ydi.
Ulug`bek ko`proq buyuk olim, ilm-fan, ma`rifat homiysi bo`lgani uchun ham yanada qadrliroqdir. U geometriya matematika astranomiya, tarix, adabiyot, mantiq, musiqa ilmlarini bilgan. Qur`on, hadis va faqh ilmlaridan ham yaxshi habardor bo`lgan allomadir. XV asrda aniq fanlarning, xususan astranomiyaning rivojida Ulug`bekning xizmatlari beqiyosdir. Uning dahosi bugun ham insoniyatga xizmat qilmoqda. Temuriylar davri ma`naviyati,va ma`rifati rivo ji o`zlarining ongli hayoti va faoliyatini insonning baxt - saodati, xalqlar asosyishtaligi, obodonlik ishlari, ilm-fan, adabiyot va san`at rivojiga bag`ishlagan ikki buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy (1414-1492) va Mir Alisher Navoiy (1441-1501) lar ning nomi bilan chambarchas bog`liqdir.
Abdurahmon Jomiy O`rta Osiyo xalqlari ma`naviy olamida, badiiy tafakkur osmonida yorqin nur sochib, o`chmas iz qoldirgan mutafakkirlardan biridir. Abdurahmon Jomiy temuriylar davri dunyoqarashi, mafkurasi bo`lmish naqshbandiylikka ixlos qo`ygan, uni qabo`l qilgan, o`zi shu yo`l dan borgan va uning g`oyalarini targ`ib etgan. Naqshbandiylik adolatni, o`z mehnati asosida bunyod etilgan halol luqmani ma`qullagan, dabdabali hayotni rad etgan, g`irrom yo`llar bilan mol-mulk to`plashni qoralagan. Bu ta`limot insonparvarlik, rostgo`ylik, halollik, mehnatsevarlik, ma`naviy, poklik, kamtarlik, samimiylik kabi chin insoniy fazilatlarni ulug`lagan. Uning “Dil ba yoru, dast ba kor”- “Ko`ngil Allohdayu, qo`l mehnatda” shiori Jomiy va Navoiy kabi mutafakkirlarni o`ziga jalb etgan. Shu sababli bu ikki ulug` siymo, so`z san`atkorlari naqshbandiychilik yo`lini qabo`l qilganlar va o`z ijodlarida uning g`oyalarini tarannum etganlar.

Xulosa
O`zbek xalqining buyuk farzandi, mutafakkir, davlat arbobi, o`zbek adabiyoti va tilining asoschisi Alisher Navoiy O`rta Osiyoning ma`naviy va ma`rifiy fikr taraqqiyotida alohida o`rin tutadi. U adabiyot, san`atning turli sohalariga oid qirqdan ortiq asar yaratdi. “Chor devon”, “Hamsa”, “Maxbubo`l-Qulub”, “Muxokamatul-lug`atayn”, “Majolisun-nafois”, “Lisonut-tayr” va boshqalar shular jumlasidandir.
Navoiy o`z asarlarida zolim, mustabid, nodon, maishatparast shoh va hukmdorlarni qoralab, ularga qarshi insonparvar, odil, adolatli hukmdor obrazini qo`yadi.
Odami ersang demagil odami,
Oniki yo`q xalq g`amidin g`ami,-bayti
Navoiy ma`naviyati va insonparvarligining markaziy nuqtasi desak, hech yanglishmaymiz. Navoiy butun umri bo`yicha insonpar-varlikni, odamiylikni kuylab, uni ulug`lab o`tgan. Kishilar g`amida bo`lish, yaxshilik qilish, muruvvat ko`rsatish bu buyuk zot hayotining mazmuni bo`lgan. Uning qabrida mana bu so`zlar bitib qo`yilgan: “Shohi g`aribon”, ya`ni g`ariblar, yolg`izlar, faqirlar shohi.
Navoiy sahovat va muruvvatda benazir inson bo`lgan. O`zining joylardagi yer-suvlari, mol-mulklaridan kelgan daromadlarini to`laligicha hayriya ishlariga sarflagan.
Temuriylar davri ilm-fan, ma`rifat, ma`naviyat va madaniyat jaxon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa bo`lib qo`shildi. Bunda ulug` bobomiz, davlat arbobi, benazirdir. Buni hammamiz, ayniqsa Siz talaba yoshlar to`g`ri anglamog`ingiz lozim, ulug` zot ila fahrlanishimiz barchamizning burchimiz.



Download 79,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish