Amir temur va temuriylar davlati Reja: 1. Amir Temurning markazlashgan davlat tuzish uchun kurashi. Davlatchilik asoslari.
2. Amir Temurning harbiy yurushlari.Tashqi siyosa-T.,
3. Temur va temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.
4. Temuriylar davrida fan va madaniyat, me’morchilik
Chingizxon lashkarlari tomonidan yurtimizning zabt etilishi bilan xalqimiz tarixida to‘rtinchi bor qaramlik boshlandi. Chingizxon tomonidan amalga oshirilgan saltanat taqsimotida Movarounnahr, Yettisuv, Qashg‘ar uning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyga nasib etdi va Chig‘atoy ulusi tashkil etildi. Chig‘atoylar asosan tegishli soliqlarni qo‘lga kirishi bilan kifoyalanib, boshqaruv ishini mahalliy nomoyondalar ixtiyoriga topshirib qo‘ygandilar. O‘zlari esa asosiy vaqtlarini madaniy viloyatlardan tashqarida biyobonlardagi qarorgohalarida o‘tkazib kelgandilar, sababi ular dashtu biyobon voqeligida qanchalik siyosiy yuksaklikka ko‘tarilmasinlar, ammo madaniy o‘lkadagi turli yo‘nalishdagi munosabatlar jarayonini hali eplay ololmasdilar. Lekin Kepakxon va Tarmashirinlar davrida Movarounnahr madaniy hayotiga moslashish hollari ko‘zga tashlanadi.
Chig‘atoy xonlaridan Qozon (vafoti 1346) davriga kelib esa ichki vaziyat keskinlashib yirik amirlar to‘g‘ridan to‘g‘ri hukmdor xonadonga nisbatan tazyiq o‘tkaza boradilar. Buning natijasida Amir Qazag‘on Qozonxonni fitna orqali nobud etishga muvaffaq bo‘ladi. Amir Qazag‘on shu tariqa hokimiyatni o‘z qo‘liga oladi. Amir Qazag‘ondan keyin uning o‘g‘li Abdulla otasi kabi siyosat yurgiza olmadi va siyosat qurboniga aylandi. Undan keyin taxtga o‘tirgan Bayon sulduz qat’iyatsiz edi. Shu sababdan XIV asrning o‘rtalariga kelib Movarounnahrda boshboshdoqlik avjiga chiqdi.
Bu borada o‘sha davr tarixchisi Nizomiddin Shomiy shunday deb yozgan edi. Bu vaqtda Kesh (Shahrisabz) viloyatida Hoji Barlos, Xo‘jandda amir Boyazid, Balx va ba’zi viloyatlarda amir Qazag‘onning nabirasi amir Husayn, Shibirg‘onda amir Muhammadxo‘ja, Xatlon (Xuttalon) va Arxang saroyda amir Kayxisrav va amir Uljoytu, Samarqand viloyatida esa amir Xizr Yosavuriy o‘z boshlaricha hokimlik qilardilar. Ulardan har birlari oliy taxtni qo‘lga kiritish payida bo‘lganliklari xususida shubha qilmasa ham bo‘ladi. Bu borada ayniqsa amir Husayn tirishqoqlik ko‘rsatardi.
U o‘zini amir Qazag‘on nabirasi sifatida ulug‘ amirlik rutbasiga voris deb bilardi. Chig‘atoylar izmida bo‘lib kelgan Yettisuv va Qashg‘ardagi vaziyatga kelsak, bu yerda bir qator nufuzli amirlar tomonidan xonlik baxtiga Tug‘luq Temur o‘tkaziladi. Huddi mana shu Tug‘luq Temur 1360 yili Movarounnahrda chig‘atoylar hukmini qaytadan tiklash uchun bu yerga lashkar tortadi. Mazkur yili voqesi munosabati bilan ilk bor Amir Temur nomi tilga olinadi. Amir Temur hijriy 736 yil sha’bon oyining yigirma beshida seshanba kuni dunyoga kelgan. (1336 y 8 aprel) (Yazdiy).
Amir Temurning otasi Tarag‘ay bahodir (vaf. 1360 y) Kesh viloyatining nufuzli amirlaridan biri bo‘lgan. Shu bilan birga, manbalaridan birida yozilishicha, Niyoziy (Achig‘i) qishlog‘i Amir Temurning me’rosiy mulki hisoblangan. Temur yoshligidanoq moddiy jixatdan ta’minlangan holda o‘sgani ma’lum. U dunyoviy
ham diniy bilimlar olish uchun tegishli sharoitda o‘sgan. Ikkinchi tomondan esa tug‘ma istedod va o‘tkir xotira sohibi bo‘lgan. Shuning uchun ham o‘rta asr tarixchilar uni tarix, she’riyat, tibbiyot, matematika, astronomiya, me’morchilik borasidagi salohiyati haqida alohida so‘z aytib o‘tganlar. Xullas yuqorida zikr etilgandek, Tug‘luq Temurxonning 1360 yil fevral, mart oylarida Movarunnahrga yurush vaqtida Amir Temur o‘ziga yarasha siyosiy faoliyat yurgizishga qodir, el-yurt oldida o‘z burchini anglab ulgurgan shaxs sifatida yetilib bo‘lgandi.
Amirlardan Xizr va Boyazid Tug‘luq Temurxon qarorgohiga bosh egib boradilar. Hoji Borlos Xurson tomon jo‘nashga jazm qiladi. Uning xizmatida bo‘lgan Amir Temur esa shu yerda qolib, me’rosiy mulki hisoblangan Keshni birovlar qo‘liga o‘tib ketishini istamay, Hoji Sayfiddin yordamida Tug‘luq Temurxon qabuliga boradi va Kesh viloyati hokimligiga erishadi. Bu vaqtda u 24 yoshda edi. Bir qaraganda Tug‘luq Temurxonning bu yurushlaridan keyin Movarunnahrda ham Chingiziylar xonadoni mavqei amalda tiklanganday bo‘lib ko‘rinsada, aslida mahalliy yirik amirlar hanuz mustaqil siyosat yurgizishga intiladilar. Shuning uchun ham 1361 yil bahorida Tug‘luq Temurxon yana bir bor Movarounnahrga qo‘shin tortadi. Bu safar ham Amir Temurga Kesh viloyati nasib etadi. Ammo bu hol uzoq cho‘zilmadi. Chunki ketish oldidan o‘g‘li Ilyosxo‘jani Movarounnahrda qoldirgan Tug‘luq Temurxon o‘zining ishonchli amirlaridan Bekchikni undan boxabar bo‘lib turushni tayinlagan. Tez orada amir Bekchik bilan mahalliy amirlar o‘rtasida ziddiyatlar kuchaydi.
Bunday vaziyatda Amir Temur Keshda va umuman Movarounnahrda qololmasdi. Shunga ko‘ra u keyingi deyarli 9 yil davomida Amir Husayn bilan avval yonma-yon, so‘ngra qarama-qarshilikda faoliyat ko‘rsatdi. Buning sababi ma’lum. Amir Husayn boshdanoq, bobosi Amir Qazag‘on davrida o‘z xonadoni mavqeini tiklashga intilib keldi. Buning ustiga bu vaqtda qoraunaslar (ya’ni chingiziylar davrida chig‘atoy ulusi g‘arbiy qismlarida Movarounnahr, Xurosonga sharqdan kelib o‘rnashgan va mahalliy turkiy aholi tarkibiga...? turkiy mo‘g‘ul qabilalari) orasida uning mavqei baland edi. Amir Temurning mavqei esa hali bu darajada baland emasdi. Xuddi shuning uchun ham u amir Husayn tomon intilgan.
Ularning ikkovilari bir maqsad-umumiy dushmanga qarshi kurash birlashtirgandi. 1363-1364 yillari ular Movarounnahr chingiziylardan holos etishga muvoffaq bo‘ladilar. Ilyos Xoja Movarounnahrni tashlab qochadi. Amir Husayn ulug‘ amirlik maqomiga erishadi. Amir Temurga esa yana Kesh viloyati nasib etadi. 1365 yil bahorida Mo‘g‘ilistondan lashkar tortib kelgan Ilyos Xoja Amir Husayn va Amir Temur boshliq lashkarlarini mag‘lubiyatga uchratadi. Bu jang tarixda “Loy jangi” deb tilga olinadi. Mag‘lub tomon jumladan Amir Temur Amudaryo ortiga chekinishga majbur bo‘ladi. Ammo mo‘g‘ullar zafari uzoqqa cho‘zilmaydi. Ular Samarqandga qilgan yurushlarida Mavlonzoda Samarqandiy, Xo‘rdaki Buxoriy, Abu Bakr Naddof Kaloviy boshliq Sarbadorlar tomonidan qaqshatqich zarba yeb, ortga qaytib ketadilar. Sarbadorlar g‘alabasi haqidagi xabar avval Amir Temurga u orqali Amir Husaynga yetib borgan. 1366 yil bahorida Amir Husayn va Amir Temur Samarqandga keladilar va Konigilda o‘tkazilgan g‘alaba marosimida Amir Husayn buyrug‘i bilan Sarbadorlarning yo‘lboshchilari va faol ishtirokchilari qatl qilinadilar. Amir Temurning aralashuvi tufayligina Mavlonzodaning hayoti saqlanib qolinadi.
Amir Husayn Sarbadorlarga nisbatan nima uchun bunday siyosat tutgan degan savol uyg‘onadi. Amir Husayn uchun o‘z siyosiy raqiblarini zaiflashtirish va davri kelsa ulardan qutilish siyosatini tutdi.
Amir Husayn Temurning mavqeyiga bolta urushga jiddiy ravishda kirishdi. U Amir Temurning bir qator safdoshlari va yaqin amirlariga nisbatan tazyiq o‘tkaza boshladi. Xullas 1365-1370 yillar Amir Temur va amir Husaynlararo kurash yillari bo‘ldi va u Sohibqiron g‘alabasi bilan tugadi. 1370 yil 9 aprel chorshanba kuni nufuzli amirlardan Shayx Muxammad Sulduz, Kayxisrav Xuttaloniy, O‘ljoytu apardi, Dovud dug‘lat, Sarbudog‘ jaloir, Joku barlos, Muyyiad Arlot, Badaxshon hokimi Shayx Muhammad, Husayn baxodir hamda boshqa amirlar va sardorlar sayidlardan Sayid Baraka, Termizlik aka uka Sayidlar abu Maoliy va Ali Akbar kabilar huzurida Amir Temur hokimiyati bir ovozdan tan olinadi. Bu vaqtda Amir Tumur endigina 34 yoshda edi. Shu tariqa mo‘g‘ullarga 150 yillik siyosiy qaramlik, yurtdagi boshboshdoqlik, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotdagi qoloqlik davoiga rasman chek qo‘yilib, davlatimiz mustaqilligi tiklangan. Oldinda esa bir qator mushkul va muhim vazifalarni hal etish kerak bo‘lgan amaliy tadbirlar silsilasi turardi.
Amir Temur Davlat boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan bo‘lsada, ammo mavjud shart sharoitda amaliy qadamlar qo‘yib borish nihoyatda qiyin edi. Zero mamlakat biron bir viloyat, yoki ijtimoiy tabaqa doirasida kattagina mavqega ega bo‘lgan amirlar hozircha uning hukmronligini tan olgan bo‘lsalarda, ular bilan Amir Temur o‘rtasidagi munosabat bundan buyon ularda va ular namoyondasi bo’lmish ijtimoiy muhitga nisbatan yurgiziladigan siyosat bilan ko‘p jihatdan bog‘liq edi.
Amir Temur chiqargan dastlabki farmonlardagi xavfsizlik pochta, qatnov vositalarini ta’minlash qo‘shinlar yurushi, janglar oqibatida xarob bo‘lgan yerlarni obod etish, (mehmonlar to‘xtash joylari) makonlar qurish, kambag‘al va miskinlar uchun xayrxonalar ochishga katta e’tibor bergan. Shuningdek u sayidlar, din peshvolari, qozilar, shayxlarga, musulmon jamiyatiga o‘ziga xos mavqe va ta’sirga ega tabaqaga katta ikrom bilan qaragan. Davlat va Jamiyat qurishida turli tabaqalar (din peshvolariyu, olimlardan to miskinu savdogarlargacha) manfaatini ko‘zlab ish yuritishni o‘zicha asos qilib olgan. O‘zining 35 yillik faoliyatida A.Temur uchun bu bosh siyosat bo‘lib qoldi. Amir Temur shuni tushunib yetdiki, yuksalish sharoiti va imkoniyatlariga ega bo‘lgan makon va jamiyat yaxlitligicha erishmasdan turib boshqa siyosat, iqtisodiy va shunga o‘xshash tadbirlarni amalga oshirib bo‘lmasdi. Bu yo‘ldagi harakatlar Amir Tumur uchun oson kechmadi. Ammo nima bo‘lganda ham XIV asrning 70 yillari o‘rtalariga kelib mamlakat siyosiy yaxlitligicha asosan erishib bo‘lingandi.
Amir Temur Oltin urda Mo‘g‘uliston, Xuroson, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston mintaqalariga tarixiy madaniy jihatlardan yaqin mintaqani birlashtirish niyatida harbiy yurushlar qildi.
Oltin o‘zda, Mo‘g‘ulistonda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy kuchlar A.Temur hokimiyatiga xavf solib turardilar. Masalan Oltin o‘rda xon To‘xtamishxon Amir Temurning mamlakatda yo‘qligidan foydalanib 1387-1388 yillari Movarounnahrga hujum uyushtirib, uni tolon toroj qilgan. Shuning uchun 1389-1395 yillarda uch marotaba To‘xtamishxonga qarshi harbiy yurushlar uyushtirib, uni tor-mor qilishga
muvaffaq bo‘ldi. Bu bilan u Rossiyaning keyinga taraqqiyoti uchun yo‘l ochib berdi. Amir Temur davlatni buyuklik darajisiga ko‘tarish mamlakatni butun dunyoning siyosiy, iqtisodiy madaniy markaziga aylantirishga o‘ziga bosh maqsad qilib qo‘ygan edi. Ana shuni tashqi faoliyat bilan bog‘liq amaliy tadbirlarni o‘sha davr uchun tabiiy va zarur bo‘lgan harbiy yurushlarsiz tasavvur qilib bo‘lmasdi.