Amir Temur o’gitlarining tarbiyaviy ahamiyati



Download 39,53 Kb.
Sana16.04.2022
Hajmi39,53 Kb.
#556353
Bog'liq
Mavzu Amir Temur o’gitlarining tarbiyaviy ahamiyati.


Amir Temur o’gitlarining tarbiyaviy ahamiyati.
Amir Temur — buyuk shaxs: kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga, el-yurtini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson. U Buyuk insonning murakkab va tashvishlar bilan to‘lib-toshgan hayoti va faoliyatini kichik bir maqolada, hatto juda qisqa va umumiy tarzda bo‘lsa-da, bayon qilib bo‘lmaydi. Amir Temurning tarixi ko‘p jilddik kitoblar yozishga arziydi. Lekin ming afsuski, bizlar — buyuk amirning vatandoshlari, bu ishni hozirgacha eplolmadik. To‘g‘risi, buni qilish imkoniga ega bo‘lmadik, chunki ko‘hna tariximiz, ulug‘ ota-bobolarimiz haqida bizlarni churq ettirmay qo‘ygan kommunistik g‘oya bunga yo‘l bermadi. Amir Temurning o‘zi esa tahqirlandi, tuhmatu malomatlarga qoldi. Vaholanki, Angliya, Frantsiya, Germaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi hamkasblarimiz uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab juda ko‘p ko‘lamdor kitoblar yozib, o‘z tillarida chop etdilar. Angliyalik sharqshunos olima Hilda Hukhem, germaniyalik Gans Robert Ryomer, frantsuz Jan Pol Roks, amerikalik Jon Vuds va Beatrisa Mans shular jumlasidan. Xorijlik dramaturg va artistlar o‘z teatrlarining sahnalarida Amir Temurning yorqin obrazini yaratdilar. Frantsiyalik haykaltaroshlar uning haykalini oltindan quyib, muzeylarda namoyish qildilar. Biz-chi?.. Tangri taologa shukrlar bo‘lsinki, shu kunlarga kelib ko‘p ming yillik boy tariximizni surishtirish va o‘rganish imkoniyatiga endi ega bo‘lyapmiz. Biz keksa tarixchilar bu ishni umr yetganicha qilarmiz. Biz ulgurmasak, buni shogirdlarimiz davom ettirishar. Har holda shuni unutmaslik kerakki, bizlar nafaqat Amir Temur to‘g‘risida, balki ota-bobolarimiz tarixi borasida ham xalqimiz oldida qarzdormiz.
Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida o‘sha paytlarda Kesh (Shahrisabz)ga qarashli Xo‘ja Ilg‘or (bu qishloq hozir Yakkabog‘ tumaniga qaraydi) qishlog‘ida tavallud topdi. Otasi Amir Tarag‘ay — o‘ziga to‘q, badavlat kishi edi. Temur tug‘ilgan paytda u Qozonxon (1333—1346) huzurida mas’ul bir mansabda turardi. Kesh va unga tobe’ yerlarning bekligi esa Amir Tarag‘ayning og‘asi Hoji barlosning qo‘lida edi.
Temurning yoshligi va yigitlik yillari Chig‘atoy ulusi og‘ir ijtimoiy-siyosiy bo‘hron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi. Ulus ichidagi notinchlik Qozonxon davriga kelib o‘zaro feodal urushlarning avj olib ketishiga sabab bo‘ldi. Hokimiyat uchun kurash ayniqsa xon bilan uning bosh amiri (amir ul-umarosi) Qazag‘an o‘rtasida kuchli bo‘ldi. O’zaro nifoq va kelishmovchilik urushga aylandi. Mamlakat mo‘g‘ullar istilosi ostida qolgan o‘sha og‘ir sharoit ikki iste’dodli amirni — amir Temur bilan amir Husaynni bir qadar yaqinlashtirdi. Lekin amir Husayn mamlakatda feodal tarqoqlikka barham berish, raiyatni chet el bosqinchilaridan himoya qilish xususida Amir Temur bilan yakdil bo‘la olmadi. Oqibatda yurt ozodligi uchun kurash bevosita Amir Temur zimmasiga tushdi.
Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta.
Birinchidan, u mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun «Temur va temuriylar davlati», «temuriylar madaniyati», «Ulug‘bek va Samarqand astronomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug‘ so‘zlarni nafaqat o‘zbeklarning, balki butun dunyo xalqlarining tarixi sahifalarida uchratar ekanmiz, ularning zaminida Amir Temurning ulkan xizmatlari yotishini nazarda tutishimiz lozim.
Ikkinchidan, Amir Temur, taqdir taqozosi bilan bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakalikdan ozod bo‘lishda yordam berdi. Masalan, o‘sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Ildirimni (1389—1402) tor-mor keltirishi natijasida (1402 y.), bir qator Yevropa xalqlari ozodlikka erishdi; Oltin O’rda xoni To‘xtamishni (1376—1395) ikki marta (1391 va 1395 y.) tor-mor keltirib, Rossiyaning mo‘g‘ullar hukmronligidan qutulishini tezlashtirdi.
Uchinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat rivojlangan ilg‘or mamlakatga aylantirdi. Amir Temurning sa’y-harakati bilan obod etilgan shaharlar, qasabalar, qishloqlarni, Shahrisabz, Samarqand, Buxoro, Yassi (Turkiston) singari shaharlarda qad ko‘targan oliy imoratlarni aytmaysizmi?! Ularning ba’zilari hozir ham shaharlarimizga ko‘rk bo‘lib turibdi. Ta’bir joiz bo‘lsa, shu yerda yana bir gapni aytmoqchiman. Amir Temur o‘z yurti Turkistonnigina emas, balki qo‘shib olingan yurtlarni ham obod qildi. Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan mutolaa qilsangiz, uning ko‘p yaxshi sifatlari (to‘g‘rilik, muruvvatlilik, el-yurtga mehr-muhabbat va b.) bilan tanishasiz. Uning saxovatli, bag‘ri keng va donishmand odam bo‘lganini payqab olasiz. «Temur tuzuklari», Nizomuddin Shomiy (tug‘ilgan va vafot qilgan yili ma’lum emas) va Sharofuddin Ali Yazdiyning (1454 yilda vafot etgan) «Zafarnoma»larida, Ibn Arabshohning (1389—1450) «Ajoyib ul-maqdur fi axbori Temur» («Amir Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari») va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli pand-nasihatlari va o‘gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo‘ladi. Bular el-yurt va fuqaroning tashvishi, raiyatparvarlik, mehr-muruvvat, qo‘shnichilik aqoidlariga rioya qilish va nihoyat, mardlik va qahramonlik haqidagi hayotiy o‘gitlaridir.
Tarixdan bizga ma’lumki, Movarounnahrda qariyib bir yarim asr davomida Movarounnahr mo’g’ul istilochilari tomonidan vayron etildi. Fan - madaniyat,ma’rifatga juda katta putur yetkazildi. Xonavayron bo’lgan Movarounnahr xalqiXIV asrning boshlariga kelib Mo’g’ul istilochilari zulmidan qutila boshladi.Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo’lgan intilish g’olib keldi. Mo’g’ulistilochilariga qarshi Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo’zg’aldi,Samarqand va Xurosonda esa sarbadorlar qo’zg’olonlari ro’y berdi. Natijada sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar.
XIV asrning o’rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal hokimlar o’rtasidanizo kuchaydi, iqtisodiy qiyinchiliklar yuz berdi, siyosatda qat’iyatsizlik avj oldi.Hokimlar o’rtasida nizolar kuchayishi natijasida mamlakat 10 ta mustaqil beklik vaamirliklarga bo’linib ketdi. Beklar va amirlar o’rtasida o’zaro kurash kuchaydi,mamlakat urush va talon-tarojlar iskanjasida qoldi.
Shunday og’ir bir parokandalik vaziyatda el-yurtning og’ir yukini AmirTemur o’z yelkasiga oldi va qariyib 10 yil (1360-1370) davom etgan og’irkurashdan so’ng mamlakatni mo’g’ullar istibdodidan xalos qildi. 1370-1380 yillarmobaynida Amir Temur say’i harakatlari samarasi natijasida beklar va amirlaro’rtasida nizolarga barham berildi va Movarounnahrdagi tarqoq, amirliklarmarkazlashgan yagona feodal davlatning bayrog’i ostida birlashtirildi. Shunday qilib, XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning feudaltarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo’g’ul bosqinchilaridan tozalandi. XIVasrning oxiri XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivojtopa boshladi. Soxibqiron Temur va dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davrMovarounnahr tarixida alohida o’rin egalladi.
Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movaraunnahrdayana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnak topa boshladi. Shuning uchun hamtarixda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr o’rta Osiyoda Sharq uyg’onishdavrining ikkinchi bosqichi deyilishi bejiz emas... chunki, bu davrga kelib,Markaziy Osiyoda iktisodiyot, fan va madaniyat gurkirab rivojlandi.
Amir Temur hukmronligi davrida jahonning ko’plab shaharlaridanSamarqandga hunarmandlar, san’atkorlar, muhandislar, olimu-fozillar olib kelindiva ularning tajribalaridan ilm-ma’rifat, madaniyat va qurilish jabxalarida kengfoydalanildi. Samarqand va Hirotda madrasalar, rasadxonalar, bog’u-rog’lar,madaniyat o’chog’lari barpo etildi. Shu davrga kelib tibbiyot ilmini o’rganishgaqiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo’g’rofiya, tarix, adabiyot, falsafa,xuquqiy, targ’ibot, tarbiyashunoslikka oid bir qator ajoyib va muhim asarlar
yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Hayyom, Sa’diy, Al-Xorazmiy, AlFarg’oniy, Imom Buxoriy, At-Termiziy meroslarini, shuningdek, yunon-rimmadaniyatini o’rganishga harakat kuchaydi. Mamlakatda davlatni boshqarishnimukammallashtirish, qurilish, obodonchilik, sug’orish ishlariga, shaharlaro’rtasidagi savdo yo’llarini kengaytirishga katta e’tibor berildi.
Soxibqiron Temur va temuriylar davrida - she’riyat, mantiq, falsafa, tarix,huquq, astronomiya, matematika, nafosat, tilshunoslik, lug’atshunoslik,musiqashunoslik, tarbiyashunoslik, me’morshunoslik, tijorat - tadbirkorlik,tarjimonlik, hattotlik, jo’g’rofiya va elshunoslik kabi boshqa o’nlab dunyoviybilimlarni o’rganish, shu bilimlar asosida asarlar yaratish yo’lga qo’yildi.
Amir Temur hukmronligi davrida o’rnatilgan tinchlik mamlakatda madaniyat,
ilm-fan, xalq og’zaki ijodi, adabiyot va san’atning rivojida, madrasalarda ta’lim-tarbiyaning yuqori saviyada bo’lishida muhim omil bo’ldi.
Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kunkechirgan xalqimiz o’z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqyeini munosibo’rniga qo’yish imkonidan mahrum edi. Mustaqilligimiz sharofati ila bunday noma’qulchiliklarga chek qo’yildi.Tarixni xolisona o’rganish, tarixni soxtalashtirmay, uning sarhadlarini buzmay, borhaqiqatni oydinlashtirib ma’lumot berish imkoniyatlariga ega bo’ldik...
Darhaqiqat o’tmishga nazar tashlaydigan bo’lsak, Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo’yoq bilan o’chirildi, unutilishga mahkum etildi. Maqsadxalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uniqaramlikka, tobelikka ko’ndirish edi. Lekin o’zbek xalqi o’z ajdodlarini, o’zbahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to’rida saqladi.
Muhammad Tarag’ay Bahodir o’g’li Amir Temur yoshlik chog’idan mard,dovyurak, g’ururli, o’tkir zehn va aklu idrok egasi bo’lib o’sdi. Turli dunyoviyilmlarni, harbiy san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod oldi, hadis ilmini o’rgandi.Iymon-e’tiqodli, halol-pok inson bo’lib yetishdi». Darhaqiqat, yurtboshimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, insof-iymon tuyg’usi,diyonat mezoni Amir Temur hayotining mazmunini tashkil etadi. Olamningqariyib yarmiga jahongir ersa-da, u kuch-kudrat zo’rlik, zo’ravonlik emas, adolatdaekanini teran anglatdi. Shu bois bo’lsa kerakki, o’tmishda jahon ilm ahli, mashhurmuarrixlar o’z asarlarida Amir Temur ismiga Ko’ragon, Soxibqiron, Qutbiddin,Abulmansur kabi unvonlarni qo’shib, uni e’zozlab, ulug’lab, xikoyat, rivoyat vaxotiralar bittanlar.«Tarixiy manbalarda zikr etilishicha, Amir Temur xushfe’llik, adolat, saxovat,lutfi-karam, islom axloq-odob qoidalariga rioya va amal qilish, insonlarnijamiyatda tutgan o’rinlari qanday bo’lishidan qat’iy nazar barobar hurmat qilish,ular bilan samimiy muomalada bo’lish, berilgan va’da va zimmaga olingan ahdnomalarni vaqtida bajarish kabi qator yuksak insoniy fazilatlarga ega bo’lgan.U yoshligidan boshlab o’z oldiga ona yurtni mo’g’ul bosqinchilaridan ozodqilish maqsadini qo’ydi, yer yuzida buyuk saltanat soxibi sifatida el va elatlarningboshini qovushtirdi. Mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko’tarib, dunyogamashhur qildi.
Buyuk bobokalonimiz har vaqt: «Insonparvarlik va mardlikni Alloh ham, xalqham ulug’laydi», degan hikmatli so’zni takrorlashni xush ko’rgan va hayotdao’zlari bunga amal qilganlar. Dastavval shuni aytish kerakki, Amir Temur, odobaxloq, iymon-e’tiqod, ta’lim-tarbiya sohasida o’zi yuksaklikka, mukammallikkaerishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch hosil qilish uchun uning o’zitomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o’gitlar, pand-nasihatlarni,shuningdek Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni ko’zdan kechirish kifoya. Tarix fanlari doktori professor Ashraf Ahmad Sohibqiron Amir Temurning o’ziamal qilgan sifatlarni yuksak baholaydi. Bular quyidagilar:
Биринчи сифат: «Менсифатларимнинг энг авали деб беғаразликни тушундим. Ҳаммага ҳам бир хил: жиддий ва одил қарадим, ҳеч бир кимсани бошқасидан фарқ қилмасдим, бойни камбағалдан устун қўймадим».
Икқинчи сифат: «Мен ҳар доим Исломга қатъий риоя қилдим ва Аллоҳ Таолонинг амри билан улуғланган шахсларга ҳурмат билан қарадим».
Учинчи сифат: «Мен камбағалларга кўп хайр-эҳсон қилдим. Ҳар можаро ва муаммони диққат билан текширдим ва уни мумкин қадар тўғри ҳал қилишга бутун жаҳдимни сарф қилдим».
Тўртинчи сифат: «Халойиққа раҳм> қилдим, барчага нафъеткурдим. Бунда бировга нохак озор етказмадим ва мендан ёрдам сўраб кёлганларни кўкрагидан итармадим. Қуръондаги парвардигорнинг Аллоҳнинг амрига бўйсуниш ва халқига шафқат қилишдаркор, деган оятини: ўзвмга фарз билиб, уқиб олдим ва умр бўйи барча юмушларимда унга амал қилдим».
Бешинчи сифат: «Исломга тааллуқли ишларни мен ҳар доим кундалик ва дунёвй йишлардан устун қилиб келдим. Аввал тангрига итоатни адо этиб бўлгандан кейнгина қундалик ишларга қўл урдим».
Олтинчи сифат: «Барча сўзларимда доим ҳақиқатгўйликка амал қилдим. Бу дунё ва у дунё ҳақидаги эшитганларимдаги ҳақиқатни ёлғондан ажрата билдим».
Еттинчи сифат: «Мен ҳар кимгаки, ваъда берсам, унга вафо қилдим. Ҳаргиз ваъдага хилоф иш қилмадим. Мендоимоваъдаларимнианиқбажарсам, шундагина одил бўлишимни ва кимсага жабр етказмаслигимни англадим».
Саккизинчи cифат: «Доимо ўзимни Аллоҳнинг ердаги мулкининг посбонй –деб билдим ва парвардигорнинг изнисиз уни сарф этмадим. Тангрининг иродасисиз унинг бандаларининг ҳеч бирига зарар етқазмадим. Олий мартабадагиларга ҳам, фуқарога ҳам бир деқ хайрия қилишга интилдим. Мен ҳеч қачон бировнинг мулкига эга бўлишга интилмадим ва, шунингдек, ҳеч қачон кўпроқ бойлик орттиришга ҳарақат қилмадим. Ҳеч қачон бировга ҳасад билан қарамадим. Буборада Амир, Ҳусайн билан бўлган воқеа менга ибратли бўлди. Ўз фуқароларининг молмулкига нисбатан очкўзлиги пировардида уни ҳалокатга олиб келди».
Тўққизиичи сифат: «Мен ҳар дойм тангрининг амрини ва унинг пайғамбар Муҳаммад алайҳиссаломнинг ҳадисларини тўла адо этишга интилдим. Барча қилмишларимда шариат йўсунларига бутқул амал қилдим ванн опок ишлардан. Бутун вужудим билан ўзимни тийдим. Пайғамбар ва унинг саҳобаларини ўзимнинг ягона ва энг яхши дўстларим деб билдим».
Унинчи сифат: «Мен ҳар доим инсоф байроғини баланд кўтардим ва иймон тарқатишни ўз буюклигимнинг қудратли замини деб билдим. Мен инсон бир онадан туғилган деб ишонганман. Шунинг учун мустаҳкам қудратга таянган қудрат, буюк бўлади».
Унбиринчи сифат: «Мен доим саидларга эҳтиром билан қарардим, уламо ва шайхларни эъзозлардим. Бу кишиларни доимо мажлисларимга чақирардим. Уларни дин масаласи юзасндан айтганларини диққат билан тинглаболардим ва унга амал қилардим. Шунинг учун менга нисбатан халқнинг меҳрй- баланд эди ва ҳамма мендан миннатдор эди».Тадқиқотчиларнинг фикрига кўра Соҳибқирон Амир Темур ўгитларини унинг моҳияти вавазифасига қараб қуйидаги гуруҳларга ажратиб ўрганиш мақсадга мувофиқдир: а) дин ва шариат;б) давлат ва уни идора этиш;в) кенгаш ўтказиш; г) подшо ва азкрлар. Ахлоқ ва одоб ҳақидагиларга қуйидагилар киради: — адолат ва адолатсизлик;— сўз ва ишнинг бирлиги;— дўст ва душманлик;— ботирлик ва қўрқоқлик;— сўз ва ширмнсуханлик. АмирТемур ўгйт-насиҳатларини юқоридагича тахминий гуруҳларга ажратиш, бу ўгитлар ва насиҳатларни келиб чиқиш сабаблари ва уларни моҳиятини чуқур таҳлил қилиш имкониятин иберади.
Ислом дини ва шариат қонунлари ҳақидаги ўгит-насиҳатлар.
АмирТемур ўз фаолиятида Ислом дини ва шариат қонунларига қаттиқ амал қилган. Бунинг асосий сабаби ислом дини ва шариат қонуиларига халқнинг эътиқоди ниҳоятда баланд бўлишидир.Амир Темур ўзининг ёшлигида Шайх Хўжа Зайниддин Абубакрни авлиё ота деб билган. Аллоҳнинг изни билан умири Саид Бараканинг дуойи фотиҳаларидан сўнг Мовароуннаҳрнинг амири деб эълонқилинган ( 771 йил, 10- рамазон. 1369 йил, 8-апрель). «Қайси мамлакатда диндан қайтишлик илход ва зиндиқлик кучайса ва у диёрнинг аҳолисиси поҳураият турлимаслакка кириб иттифоқлари бузилса, умамлакатнингҳалокатияқиндир».
«Авлиёлар, дин пешволарининг мозорлари ва мақбараларига вақфдан маблағ ажратсинлар. Уерларнигилам, таомвачироқ ^илантаъминласинлар».
Амир Темўр Арслонбобо мозорини (бузотни Аҳмад Яссавий ўз пири дебҳисоблаган). Туркистондаги Аҳмад Яссавий қабрини доимо зиёратқилибтурган. («Туркистон» газетаси,20 октябрь, 1992 йил.)
«Агар ерда ва кўкда икки худо бўлса, жаҳоннинг иши бузилур».Давлат ва уни идора этиш. Кенгаш ўтказиш. Амир Темур давлат ишларини идора этиш қоидаларини ўзининг «Тузуклари»да батафсил баён этган. «Тузуклар»нинг ёзилиши ҳақида ҳар хил фикрлар мавжуд. Баъзилар «Тузукни»Темур ёзган десалар, баъзилар унинг котиблари ёзган дейдилар. «Тузук»лар XVlI асрда форс-тожик тилида бошқа солномачилар томонидан ёзилган деган тахминлар ҳам бор.
Шарофиддин Али Яздийнинг «Зафарнома»сининг 90—91саҳифаларида «Манзумаи турк» асари турк тилида Темур бошдевонида ёзилган ва Темур томонидан таҳрир этилган деб ёзилган (И. Мўминов. «Амир Темурнинг Урта Осиё тарихида тутганўрни ва роли». Амир Темур фикрича, мамлакатни адолатли ва қонунларасосида бошқариш лозим. Албатта, Темур адолатни ўз синфийсиёсий манфаатлари негизида тушунган. Мулкдор сиифлар ҳокимлигини сақлаш йўлида талқин қилган ҳамда давлат бошқарувшаклларини яна ҳам ихчамлаб, меҳнаткаш косиб ва деҳқонлар фаолиятини бир тизимда туриш чораларини амалга оширган.
Амир Темур салтанат ишларида 4 нарсага амал қилган, яъни; 1) кенгаш; 2) машварату маслаҳат; 3) қатъий қарор, тадбиркорлик, хушёрлик; 4) эҳтиёткорлик.
«Давлат ишларининг тўққиз улуши кенгаш, тадбир ва машварат, қолган бир улуши эса қаттиққўллик билан бажо келтирилур».
«Бир ишга киришмай туриб, ундан қутулиш йўлларини мўлжаллаб қуй...»
«Сипоҳни иккилантирадиган (турумсиз) кенгашни эшитишдан сақланардим. Қайси киши ақлга сиққан бир ишни куйинибгапирса, суйиб эшитар эдим... Лекин, айтилган ҳар бир маслаҳатнинг яхши ва ёмон томонлари ҳақида, ўйлаб кўргач, тўғри васавоблироғини танлаб олардим...» «...Бирон ишни қилмоқчи бўлсам, кенгашиб олиб, кейинҚуръон ҳукми билан иш қилур эдим». («Амир Темур ўгитлари»).
«Ҳар бир табақага адолатли чегара белгила, ўшанда давлат бошқарувйда адолат, ақл ҳукмронлик қилади»,— дер эдиТемур.
Подшо ва вазирлар ҳақида ўгит-насиҳатларАмир Темур «Тузуклари»нинг 2 -бандида давлат ишларини адолатли бошқариш учун вазир сайлаш кераклигй айтилади. Удавлат ишларини ўз вазирларига ишониб топширар эди...
«Аслиғанимни имонга киритгин». «Тил қиличдан ўткир». «Бир калима ширин сўз қилични қинга киритар»,— деб таъкидларди Соҳибқирон. Бу ўгит Соҳибқироннинг ўз тажрибасида. синалган. Шундай қилиб, Амир Темурнинг панд-насиҳатлари подшолик ва мамлакатларни идора этиш ҳақидаги илмий хулосаларбўлиб, жуда катта маърифий-тарбиявий аҳамиятга эгадир.
Панд-насиҳатлар Соҳибқироннинг кўп йиллик ва машаққатли ҳаётининг мевасидир. Булар мамлакатни бошқариш, кишиларни тарбиялаш, ахлоқ-одобга ўргатишга оид педагогнкадир.Соҳибқирон ўз панд-насиҳатларини унга Аллоҳ томонидан ҳадяэтилган, дейди. У Мовароуннаҳр давлатини ва темурийлар сулоласинн бошқаришнинг асосий қонунидир. Уларга амал қилиш Аллоҳга бўйсуниш, ислом динига итоат этиш, баланд мартабаларга эришишнинг асосидир. Улар Темур ва темурийлар сулоласи давлатларида таълим-тарбия тизимини ҳам илмийназарий асосидир.
«Амир Темур ўгитлари» рисоласида ҳаққоний таъкидланганидек, Амир Темурнинг тарих олдидаги хизмати бениҳоя катта.
Биринчидан, у мамлакатда кучайиб кетган феодал тарқоқликка барҳам бериб, эл-юртни ўз туғи остига бирлаштира олди,
Марказлашган йирик феодал давлатга асос срлди. Бу биланзироатчилик, ҳунармандчилик, савдо-сотиқ, ва маданият ривожига мустаҳкам замин яратди. Иккинчидан, Амир Темур бир қатор ҳалқлар ва юртларга мустамлакачилар зулмидан озод бўлишда ёрдам берди. Масалан, ўша даврнинг энг қудратли подшоҳларидан ҳисобланган Боязид Илдиримни (1389—1402) тор-моркелтириб (1402), Усмонли туркларнинг истибдодига тушиб қолган Болқон яоим оролидаги халклар ва мамлакатларга озодлиқбағишлади. Олтин Урда хони. Тўхтамишни (1376-1395) икки
марта (1391—1395) тор-мор келтириб, Урусиянинг мўғуадарҳукмронлигидан: қутулишини қарийб: 300 йилга тезлаштирди.
Учинчидан, Туркистрн заминини ҳунармандчилик, илм-фан вамаданияти ривожланган илғор мамлакатга айлаитирди. АмирТемурнинг саъй ҳаракати билан обод этилган шаҳарлар, касабалар, қишлоқларни Шаҳрисабз, Бухоро, Ясси (Туркистон) шаҳарларида қад кўтарган иморатлар.
Axloq va odobga oid o’git-nasihatlar.
,,Buxoro tarixi” kitobining muallifi Narshaxiyning izdoshi- Sharofiddin Ali Yazdiyning ,,Zafarnoma” asarida yozilishicha Amir Temurning o’ziga xos xususiyatlaridan biri davlat va mamlakat fuqarosining g’amxo’ri bo’lganligidir. Uning qoidasi ,,Rosti-durusti” edi. ,,Haqiqat-sihat-salomatlik, haqiqat-tartib, haqiqat-adolat demakdir”.
Zamondosh tarixchilar sohibqiron Temurning eng xarakterli xususiyatlari - davlat, mamlakat va fuqaroning g’amxo’ri bo’lganligi edi deb e'tirof etishadi, jahongirlik qoidasi esa haqiqat sihat-salomatlik, haqiqat-tartib, haqiqat-adolat deb tushinilgan. Buyuk bobokalonimiz har doim “insonparvarlik va mardlikni Alloh ham, xalq ham ulug’laydi”, degan hikmatli so’zlarni takrorlashni xush ko’rgan va o’z hayoti davomida bunga qat’iy amal qilganlar. Dastavval shuni aytish kerakki, Amir Temur, odob-axloq, iymon-etiqod, ta’lim-tarbiya sohasida o’zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishoch hosil qilish uchun uning o’zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid qoidalar, o’gitlar, pand-nasihatlarni, shuningdek, Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni ko’zdan kechirish kifoya. Tarix fanlari doktori Ashraf Axmad Sohibqiron Amir Temurning o’zi amal qilgan sifatlarni yuksak baholaydi. Bular quyidagilar: - Hammaga ham bir xil: jiddiy va odil qaradim. Boyni kambag’aldan ustin qo’ymadim; - Islomga qat’iy rioya qildim; - Men kambag’allarga ko’p xayr-exson qildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to’g’ri hal qilishga butun jahdimni sarf qildim; - Xaloyiqqa rahm qildim, barchaga naf yetkurdim; - Birovga nohaq ozor yetkazmadim va mendan yordam so’rab kelganlarni ko’kragidan itarmadim; - Islomga taaluqli ishlarni men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustin qilib keldim; - Barcha so’zlarimdan doim haqiqatgo’ylikka amal qildim; - Men har kimga va’da bersam, unga vafo qildim; - Doimo o’zimni Allohning yerdagi mulkining posboni deb bildim va parvardigor iznisiz uni sarf etmadim; - Men har doim insof bayrog’ini baland ko’tardim va iymon tarqatishni o’z buyukligimning qudratli zamini deb bildim; - Men doim saidlarga ehtirom bilan qaradim, ulamo va shayxlarni ezozladim. Shunday qilib sohibqiron Amir Temurning ibratli, hayotiy pand-nasihatlari va o’gitlarining har bir mazmun va ma’no kengligi, mantiqning kuchliligi, teranligi, ta’siri, umuminsoniy qadriyatlar asosiga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi, ularni bitmas tuganmas xazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz. Bu o’gitlar sohibqironning juda mashaqqatli va sertashvish, goh muvaffaqqiyatli, goh muvaffaqqiyatsiz, goh quvonchli, goho sertashvish anduhli umirining ijodiy mevasidir. Bu o’gitlar xalqlarning bir maqsad sari birlashtirgan, jipslashtirgan, muvaffaqqiyatlarga erishtirgan sexrli tarbiyaviy kuchga ega bo’lgan durdona-pedagogikadir. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra Sohibqiron Amir Temur o’gitlarini uning mohiyati va vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratib o’rganish maqsadga muvofiqdir: 1) Islom dini va shariat qonunlari haqidagi o’git-nasihatlar; 2) Davlat va uni idora etish; 3) Podsho va vazirlar haqida o’git-nasihatlar; 4) Axloq va odobga oid o’gitnasihatlar. Ushbu qayd etilgan pand-nasihatlar sohibqironning o’z tajribasida sinalgan, hayotga tadbiq etilgan juda katta ma’naviy, axloqiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan xulosalaridir. Shu sababli ham ular Temur va temuriylar sulolasi davrida ta’lim-tarbiya tizimida katta ahamiyatga molik bo’ldi. Amir Temurning Movaraunnaxrda fan, ma’rifat va madaniyat sohasidagi sa’yiharakatlari jahon taraqqiyoti tarixida musulmon renessansi deb atalgan ilmiy, ma’rifiy va madaniy yuksalishga olib keladi. Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Ali Qushchi, Jomiy, Navoiy, Behzod, Bobur va Boburiylar ana shu sharq yuksalishi avj olgan davr farzandi edilar. Amir Temur va temuriylar davrida Movaraunnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar imkon darajasida yoritilgan. Amir Temurning ilm-fan maorif, madaniyat ravnaqi yo’lidagi tadbirlari, uning Mirzo Ulug’bek, Shoxrux Mirzo, Husayn Boyqaro va boshqalar tomonidan yanada rivojlantirilishi haqida so’z yuritiladi. Ishda islom dini, uning mamlakat ilm-fan, maorif taraqqiyotiga ta’siri ham yoritiladi. NATIJA “Amir Temur - buyuk shaxs, - deb yozadi akademik B.Axmedov- kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, notiq, ruxshunos, shu bilan birga el-yurt sevgan va uni mashxur qilgan inson ” U yetti iqlim Sohibqironi, 27- mamlakatni birlashtirib buyuk saltanatni vujudga keltirgan Movaraunnaxr Amir Temur va Xurosonda madaniyat, ilmu-ma’rifat, ta’lim-tarbiyani yanada rivojlantirib uni dunyoga tanitadi. U haqiqatdan xam ko’p qirrali aql, salohiyat egasi, donishmand bo’lgan. Uning shaxsi haqida birinchi prezidentimiz I. A. Karimov: “Muxammad Tarag’ay Bahodir o’g’li – Amir Temur yoshlik chog’laridan mard, dovyurak, g’ururli, o’tkir zexn va idrok egasi bo’lib o’sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san’atni egalladi”,- deb aytgan edi. Quroni Karimni yod oldi. Hadis ilmini o’rgandi. Imonetiqodli, halol pok inson bo’lib etishdi. Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni uning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, jabhalardagi merosi, shuningdek davlatni boshqarish, ichki-tashqi siyosat olib boorish, mamlakatni himoya qilish, harbiy san’at, huquq, adolat, ilm-fan, san’at, adabiyot, maorif sohasidagi siyosatiga yetarlicha baho berilmadi. O’zbekiston Mustaqillikka erishganidan so’nggina milliy merosimiz, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz umuman ma’naviyatimizni o’rganish, unga baho berish va tiklanishning imkoniyatlarini yaratadi. Amir Temurning ko’p qirrali faoliyati, murakkab shaxs ekanligi o’sha davrda yozilgan qator asarlarda ifodalangan. Hofiz Boburning “Zubdat ut tavorix”, SHarofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Fasih Ahmad Havofiyning “Mujmali Fasihiy”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlaus sadayn va majmual baxrayn”, Ibn Arabshohning “Ajayibul- maxdur fi axbori Temur”, nomli asarlari o’sha davrning qimmatli yozma manbalari hisoblanib, ularda Amir Temurning hayoti va ko’p qirrali faoliyati ma’lum darajada, hikoya qilinadi. XULOSA Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, buyuk sarkarda, adolatli shoh Amir Temur Markaziy Osiyoda mo’g’ullarning 150-yillik hukmronligini tugatib, buyuk davlat tuzgan va uni dunyoga tanitgan, shuningdek, Movaraunnaxrda fan va madaniyat ravnaqining asosini yaratgan shaxs sifatida mashxurdir. O’z davrida Turkistonda hunarmandchilik, qurilish, ilm- fan va madaniyatni rivojlantirgan. Bu esa kelajak avlodga ta’lim-tarbiya berishda muhim asos bo’lib xizmat qiladi.
Amir Temur O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan O‘rta Osiyolik turkiy hukmdor, sarkarda va zobit. Sarkarda, poytaxti Samarqand bo‘lgan Temuriylar saltanati (1370 yil) asoschisi.
Amir Temur 1336 yil 9 aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, u qo‘lida qip-qizil qon bo‘lagi bilan, sochlari esa mo‘ysafid kabi oppoq holatda tug‘ilgan, bunday holat Chingizxon haqida ham gapirilgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay turk avlodining barloslaridan bo‘lib, Movarounnahrda o‘ziga yarasha obro‘-e’tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo‘lgan. Uning ota-bobosi afsonaviy turkiy Alan quva shajarasidan kelib chiqqan bo‘lib, Chig‘atoy ulusining saroydagi obro‘-e’tiborli kishilari qatoridan joy olgan. Kesh va Nefes atrofidagi yerlar ularga qarashli mulk hisoblangan.
Temurning otasi Tarag‘ay doimiy ravishda xon ulusi bo‘lmish Il daryosi qirg‘og‘iga chaqiriluvchi chig‘atoy beklari qurultoylarida ishtirok etgan. 1355 yil u Turmush og‘a barlosi amir Jakuning qiziga uylanadi.
Movaraunnahrning bosh amiri Qozag‘on Amir Temurning qobiliyatlariga ishonch hosil qilib, shu yiliyoq unga nevarasi Uljay Turkan og‘ani nikohlab beradi. Ushbu nikoh sharofati bilan Qazog‘onning nevarasi amir Husayn va Amir Temurlar ittifoqi vujudga keladi. Bu ittifoq mo‘g‘ullarga qarshi kurashda juda qo‘l keladi. 1356 yil Amir Temurning 2 o‘g‘li dunyoga keladi — Jahongir va Umar Shayh.
XIII asr boshi XIV asr oxirlariga kelib Movaraunnahrning iqtisodiy ahvoli kundan-kunga yomonlashib boradi. Bundan Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temur foydalanib qoladi va hech qanday qarshiliksiz Qashqadaryogacha yetib boradi. Amir Temur unga xizmat qilishni boshlaydi. Biroq, Tug‘luq Temur Movaraunnahr hukmdori etib o‘zining o‘g‘li Ilyos Xodjani tayinlaydi va Amir Temur shahzodaga xizmat qilishdan bosh tortib, Balx hukmdori amir Husayn bilan birlashib olib, mo‘g‘ullar bilan qat’iy jangga kirishadi.
Bu vaqtda Samarqandda sarbadorlar - “dorga osiluvchilar”, shuningdek, mo‘g‘ullarga qarshi kurashuvchilar hukmron surgan. Mazkur xalq harakatining “Yoki ozodlik uchun kurash, yoki dorga osilgan kalla” shiori ham uning ishtirokchilari tomonidan yaratilgan. 1370 yil Amir Temur Balxda bo‘lib o‘tgan qurultoyda Turonning bosh amiri etib e’lon qilinadi.
Chingizning qizi Saroy Mulk Xonim bilan nikohi esa Amir Temurga “gurgan”, ya’ni “xonning kuyovi” faxriy unvonini berdi.
Amir Temurning asosiy vazifasi parchalangan davlatga bardosh berish va alohida yerlarni bir davlatga birlashtirishdan iborat bo‘lgan. Mazkur davlatning poytaxti etib u Samarqandni tayinlab, tezkorlik ila shaharning himoya devorlarini, qo‘rg‘onlar va saroylarni barpo etishni boshlaydi.
Amir Temur Amudaryo va Sirdaryo orasidagi yerlarni, shuningdek, Farg‘ona va Shosh viloyatlarini o‘ziga bo‘ysundirib, birlashtiradi, so‘ngra bosqinchilik yurishlarini boshlaydi.
Amir Temur hukmronligi 35 yil davom etgan (1370 - 1405). U Ind va Gangdan Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan Shandan Bosforgacha bo‘lgan katta saltanatni yaratgan. Hayotining katta qismini yurishlarda o‘tkazgan.
Amir Temur 1405 yil Xitoyga yurishi vaqtida O‘tror shahrida vafot etgan.
Amir Temurning hayotlik vaqtida davlat boshqaruvi haqida so‘zlovchi “Temur tuziklari” nomli maxsus asar yozilgan. Asar ikki qismdan iborat bo‘lib, O‘rta asrning bebaho tarixiy manbasi hisoblanadi. Unda Temurning hayotiy voqealari bilan bog‘liq tarjimai xoli, atoqli davlat arbobi va sarkardaning harbiy san’atga bo‘lgan nuqtai nazari, davlat tuzilishi va boshqaruvi kabilar bayon qilingan. Amir Temur tomonidan yaratilgan markazlashgan, kuchli boshqaruvga ega davlat ushbu bebaho qoidalar majmuasi hisoblanmish kitob asosida yaratilgan.
Yirik davlatni yaratib, Amir Temur mamlakatning iqtisodiy va madaniy rivoji uchun sharoitlarni tayyorlagan. O‘tgan davrlarning qadimiy an’analari yangi tarixiy ko‘rinishda qayta tiklanadi. Yaqin va O‘rta sharq bo‘ylab Movaraunnahr savdo-sotiq, iqtisod va madaniyat markaziga aylanishi zamirida, Samarqand, Kesh, Buxoro, Termiz, Toshkent, Marv va boshqa qadimiy shaharlar obodonlasha boshlagan.
Masjid, madrasa, maqbara, karvon-saroy va hammomlarning katta binolari qad rostlay boshlagan. Har qanday g‘alaba me’morchilikda abadiylashishi odatiy holatga aylanib qolgan. Quruvchilik faoliyatida Amir Temur ma’lum bir siyosiy maqsadlarga amal qilgan - u qurdirgan inshootlar saltanatining kuch-qudratini ko‘rsatib bera olishi kerak bo‘lgan.
Boshqaruv yillari davomida Amir Temur feodal tarqoqlikka barham beradi, Fransiya, Angliya, Kastiliya kabi yirik Ovrupa qirolliklari bilan savdo-diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Afsuski, Amir Temurning vafotidan so‘ng G‘arbiy Ovrupa bilan savdo-diplomatik aloqalar nihoyasiga yetadi.
Amir Temur tarix sahifalarida Aleksandr Makedonskiy, Dariy Perviy, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar bilan bir qatorda turadi.
Amir Temur — insoniyat tarixidagi eng qat’iyatli shaxslardan biridir. Turli manbalarga tayangan holda, u haqidagi bilimlarimizda ham hukmdor, zobit, sarkarda, ham jangchi sifatida gavdalanadi.
Download 39,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish