Amir Temur tuzuklari



Download 21,89 Kb.
bet1/3
Sana25.12.2022
Hajmi21,89 Kb.
#895975
  1   2   3
Bog'liq
Tarix


Amir Temur tuzuklari” davlat boshqaruvi to’g’risidagi muhim manba sifatida
Reja
1.Amir Temurning markazlashgan davlat tuzish uchun kurashi va harbiy yurishlari.
2.«Temur tuzuklari»- muhim tarixiy manba.
3. Temuriylar davlatidagi ijtimoiy-siѐsiy vaziyat
Amir Temur O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan O‘rta Osiyolik turkiy hukmdor, sarkarda va zobit. Sarkarda, poytaxti Samarqand bo‘lgan Temuriylar saltanati (1370 yil) asoschisi.

Buyuk davlat arbobi va mahoratli sarkarda Amir Temur 1336 yil 9


aprelda (hijriy 736, sha'bon oyining 25 kunida) Keshga qarashli Xo'ja
Ilg'or (hozirgi Yakkabog' tumani) qishlog'ida barlos beklaridan biri Amir
Tarag'ay ibn Barqal oilasida dunѐga keldi. Temurning onasi Takinaxotun
Keshning obro'li bekalaridan biri bo'lgan. Temurning bolaligi va o'spirinlik yillari Keshda o'tdi. Ibn Arabshoh, Ryui Gonzales de Klavixo va boshqa tarixchilar 1360 yilga qadar uning hayotini ayrim ma'lumotlar bilan izohlashgan. XIV asrning 50-60yillariga kelib Chig'atoy ulusi hududlarida o'zaro parokandalik vao'zboshimchalik hukm surar edi. Chig'atoy xoni Temurshoh zo'rg'a ikki yilgayaqin (1358-1359) hukmronlik qildi. Shundan so'ng o'zlarini anchadan beri mustaqil tutaѐtgan bekliklar rasman shu darajaga da'vogar bo'lib chiqa boshladilar.
Keshda Hoji Barlos o'zini mustaqil deb e'lon qilgach, so'ng
Xo'jandda Boyazid Jaloyir, Balxda O'ljoy Bug'o suldus, Shibirg'onda
Muhammadxo'ja Apverdi nayman, Xuttalon va Arhang saroyda amir
Kayxusrav va O'ljoy Apverdi, Totkand va Saripulda Xizr Yasavuriy hamda
Qo'histonda amir Sotilmishlar o'zlarini mustaqil deb e'lon qildilar.
Ayirmachilik harakati kuchayib, hokimiyat, boylik yo'lida beklar o'zaro
kurashlar domiga tortildi. Bu urushlar shundoq ham ahvoli nochor bo'lgan
aholi boshiga ko'p kulfatlar soldi.
1360-1361 yillarda Mo'g'uliston hukmdori hoqon To'g'luq Temur
Movarounnahrning ichki haѐtiga rahna sola boshlaydi. Uning bosqinchilik
tadbirlari Movarounnahr hukmdorlariga ma'lum bo'lganidan keyin, ular
sarosimaga tushib qolganlar. Shular qatoriga Kesh amiri Hoji Barlosni
ham kiritish mumkin. To'g'luq Temur Xo'jandni ishg'ol etish niyatida
Sirdarѐdan o'tganidan so'ng, Movarounnahr amirlari va Hoji Barlos
qo'rquvdan o'z jonlarini xalos etish uchun Amudarѐdan o'tib Xurosonga ketib qoldilar. Temur o'z hududini mo'g'ul bosqinchilaridan himoya qilish
maqsadida To'g'luq Temur xizmatiga o'tdi. Temur unga Kesh va uning
atrofidagi yerlarni boshqarishni topshirdi.
1360-1370 yillarda Movarounnahr siѐsiy haѐtida Amir Temur bilan bir qatorda ta'sir o'tkazgan shaxslardan yana biri Amir Qozog'onning
nabirasi Amir Husayn edi. Balx va uning atrofidagi yer-mulklar uning
tasarrufida edi. 1361 yilda Temur Amir Husayn bilan yaqinlashib ikkala
hokim birlashgan holda, mo'g'ul xonlariga qarshilik ko'rsatish imkoniga ega
bo'ldilar. Vaqti kelib, Movarounnahrni boshqarishni Tug'luq Temur o'z o'g'li
Ilѐsxo'jaga topshirdi. Mustaqil bo'lishga harakat qilib yurgan Temur yangi
hukmdorga itoat etmadi. Buning oqibatida yangi ziddiyat yuzaga chiqdi. Amir Xusayn bilan Amir Temurning bir-birlari bilan yaqinlashgan va yaxshi 334 munosabatda bo'lgan davrlar 1361-1365 yillarni o'z ichiga oladi. Bu davrda Temur ma'lum qiyinchiliklarni ham boshidan kechiradi.
Temur hayotida ro'y bergan va bir umrga unga tan jarohatini muhrlagan voqea 1362 yilda Seyistonda bo'lib o'tgan. Amir Temur jang vaqtida o'ng qo'lini tirsagidan va o'ng oѐg'idan kamon o'qi tegishidan qattiq
jarohatlandi. Buning oqibatida u bir umr oqsoqlanib yuradi. Shu bois
undan dahshatga tushgan dushmanlari Amir Temurni hasad bilan
―Temurlang‖ deb atashgan.
Tug'luq Temur o'limidan so'ng, 1363 yilda Movarounnahr tuprog'idan
haydalgan mo'g'ul xoni Ilѐsxo'ja yangidan katta lashkar bilan avvalgi
mulklarini egallab olish maqsadida Movarounnahr tomon harakat qila
boshlaydi. Mo'g'ul xoni ayniqsa o'zining raqiblariga nisbatan qahrli
kayfiyatda ekanligi ham ma'lum edi. 1363-1364 yillarda Temur va Husayn
mo'g'ullarni uch marotaba mag'lubiyatga uchratdilar. Temur va Amir Husayn bo'lg'usi qaqshatqich to'qnashuvga imkon boricha harbiy kuchlarni yig'dilar. Tarixda ―Loy jangi‖ nomi bilan kirgan mazkur jang Chinoz bilan Toshkent o'rtasida 1365 yilning 22 may kuni bo'lgan. Temur va Amir Husayn Chirchiq darѐsi bo'yidagi bu jangda mag'lubiyatga uchraganlar. Mazkur mag'lubiyat sabablaridan biri Amir Husaynning sust va laѐqatsizlik bilan harakat qilishi bo'ldi.

Qayta urinish behuda ekanligini anglab etgan Amir Temur jang
maydonini tark etib, qolgan-qutgan askarlari bilan Samarqand tomon
qaytib ketgan. Temur so'ngra Kesh tomonga yo'l oldi. Yuqorida ta'kidlab
o'tilganidek, bu paytda Movarounnahrning bosh amiri Husayn edi. Biror
qarorga kelish esa uning irodasiga bog'liq bo'lgan. Shu sababli Temur ham
uning ko'rsatmasi bilan, ko'p hollarda Husaynning roziligi bilan ish
tutishga majbur edi. Samarqand shahri, qolaversa, butun Movarounnahr o'z
holiga tashlab qo'yildi. Mo'g'ul xoni changalidan qutulish
samarqandliklarning o'ziga bog'liq edi. Bu sharoitda Samarqand
mudofaasini sarbadorlar o'z qo'llariga oldilar.
Sarbadorlar mo'g'ullar zulmidan ozod bo'lish yo'lida o'zlarini qurbon
qilishga tayѐr edilar.1 Sarbadorlar harakati XIV asrning 30-yillarida
Eronda ijtimoiy-siѐsiy harakat sifatida paydo bo'lib, 50-60-yillarda
Movarounnahrga ham ѐyildi. Harakat qatnashchilarining asosiy maqsadi
mo'g'ul istilochilari va zulm o'tkazuvchi mahalliy qatlamlarga qarshi kurash
edi.
Xurosondagi singari Samarqandda ham bu harakat qatnashchilarning
ijtimoiy tarkibi aynan bir xil bo'lgan. Hunarmandlar, do'kondorlar ayrim
madrasa mudarrislari va talabalar mazkur harakatga faol qo'shildilar.
Ilѐsxo'ja to'g'ridan-to'g'ri Samarqandga tomon yo'l oldi. Shahar jome'
masjidiga yig'ilgan aholi oldida sarbadorlarning bo'lajak rahbarlaridan
biri bo'lgan, madrasa mudarrisi Mavlonozoda so'z olib, shaharning har bir
a'zosidan katta miqdorda soliq va to'lov yig'ib, uni o'z bilganicha sarf etib
yurgan hukmdorning shaharni o'z holiga tashlab qo'yganligini uqtirib o'tadi.
Mudofaa rahbarligiga Mavlonozoda qatoriga Xo'rdak Buxoriy va Abu
Bakr Kalaviy ham qo'shildilar. Mudofaa tashkil etilganligidan xabarsiz
mo'g'ullar hukmdorsiz shaharni himoyasiz deb o'ylashardi. Ularning asosiy
qo'shinlari shaharga kiraverishdagi bosh ko'chadan hujum qiladilar. Xavfxatardan shubhasi bo'lmagan bosqinchilar Mavlonozoda kamonchilari bilan pistirmada turgan joyga yaqinlashganlarida to'satdan kamon o'qlariga duch keldilar. Shahar mudofaachilari mo'g'ullarga uch tarafdan hujum qildilar. Birinchi hamladaѐq shaharni egallaymiz deb o'ylab, bostirib kirgan
mo'g'ullar katta talofat ko'rib, orqaga chekinishga majbur bo'ldilar.
Markaziy davlat ma'muriyatini yettita vazir boshqargan. Ularning
birinchisi vaziri a'zam bo'lib, uning vazifasi oliy hukmdorni mamlakat va
raiyat ahvoli haqida o'z vaqtida xabardor qilib turishdan iborat bo'ldi.
Ikkinchisi (vaziri tavochi) harbiy ishlar, uchinchisi turli sabablar, asosan
urush oqibatida egasiz qolgan mol-mulklar, sayѐhlar va ziѐratchilar ishlari
bo'yicha mutasaddilik qilgan. To'rtinchisi hukmdorning saroyiga oid blgan
ishlar bilan shug'ullangan. Yana uch vazir sarhad viloyatlariga tegishli
ishlarni boshqargan. Yetti vazirning barchasi devonbegiga bo'ysungan.
Markaziy hokimiyat idoralarida, ulus hokimiyatlari devonlaridagi
kabi, vazirlardan boshqa turli tabaqadagi amaldorlar bo'lgan. Bular,
masalan, shayxulislom, qozi ul-quzzot (oliy sudьya), qoziyi ahdas (odat
bo'yicha hukm chiqaruvchi sudьya), qozi askar (harbiy sudьya), sadri a'zam (oliy sadr, vakf mulklari mutasaddisi), dodxoh (shikoyatlarni ko'rib chiquvchi), eshikog'a, saroy vaziri, yasovul (hukmdorning shaxsiy buyruqlarini bajaruvchi), qalaqchi (xiroj miqdorini aniqlash majburiyati yuklatilgan amaldor), mutahassil (soliq va o'lpon yig'uchi), tavochi (asosan qo'shinlarni to'plash ishiga ma'sul oliy amaldor), qorovulbegi, kutvol (qal'a
komendanti), muhtasib (shariat qoidalari ijrosi hamda bozorlarda narxnavo, tarozilari to'g'riligini tekshiruvchi mansabdor), voqeanavis (kundalik
voqealarni ѐzib boruvchi), munshiy (shaxsiy kotib) va boshqalar.
Karvon yo'llarida sardobasi bo'lgan maxsus bekatlar qurilgan, uni
harbiy narozatchi qo'riqlagan.
Manbalarda Temur saroyida mavjud bo'lgan qabul marosimi haqida
ham ma'lumot saqlanib qolgan. Jumladan, taxtning o'ng tomonida
sayyidlar, qozilar, ulamolar, shayxlar o'tirgan. Chap tomonda esa amir ulumaro, beklarbegi, qo'shin amirlari, no'ѐnlar, ulus, tuman, qo'shin
boshliqlarining joyi bo'lgan. Taxtning old tomonida bevonbegi va vazirlar
o'tirishgan. Taxt orqasida, uning o'ng tomonida o'g'lonlar va bahodirlar, chap tomonida esa qoruvulbegilar o'tirganlar. Taxning qarshisida qorovul
amirlari, etagida esa ichkilar, yasovuli xos turgan. Taxtning o'ng va chap
yonida dodxohlar turishgan.

Download 21,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish