Amir Temur tuzuk1ari


Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi



Download 364 Kb.
bet3/5
Sana31.12.2021
Hajmi364 Kb.
#233431
1   2   3   4   5
Bog'liq
ABDUMALIKOV.D

Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi
Xorazmshohlar davlati XIII asrga kelib katta-katta o'lka va viloyatlarni o'z ichiga olgan buyuk saltanatga aylangan edi. Aholining asosiy qismi qishloq xo'jaligi, asosan dehqonchilik bilan shug'ullangan. Mamlakatda yer egaligi va u bilan bog'liq munosabatlar taraqqiy etgan. Yeiiar ilgarigidek davlatniki hisoblangan, biroq yirik yer egaligi -iqladorlik rivojlanib borgan. Saltanatni hokimlar, noiblar, vazirlar, lashkar boshliqlaridan iborat kuchli harbiy aristokratiya, mustavfiy (daftardor hisobchilar), qozilar va boshqa ko'pgina saroy mansabdorlaridan iborat ulkan arkoni davlat doirasi qurshab turardi. Yuqori amaldorlarning ko'pchilik qismi yirik yer-suvlarga ega bo'lgan mulkdor oqsuyaklar tabaqasini tashkil etardi. Ko'pgina mansablar odatda, o'rta asrlar jamiyati sharoitida keng tarqalgan, ota-bobodan meros bo'lib o'tar edi. An'anaviy tusga kirgan bunday hoi davlat mansabdorlariga eng munosib shaxslarni tanlab qo'yish imkoniyatidan mahrum qilar edi. Yuqori mansabdorlik davlatdan iqta yerlarini (umrbod foydalanish uchun ajratilgan katta yer maydoni) olish bilan chambarchas bog'langan edi. Masalan, Nasaviyning . yozishicha, Naso viloyatiga noib qilib tayinlangan Ziyoulmulkka xizmati uchun yiliga o'n ming dinor daromad keltiradigan butun bir viloyat iqta tariqasida taqdim etilgan edi. Iqtadorlik mahalliy hokimlar, noiblar, vazirlar, yirik yer egalari harbiy aristokratiya vakillari va boshqa yuqori mansabdorlarning iqtisodiy mustaqilligini oshirar va ularning markaziy hokimiyatga nisbatan qarshilik kayfiyatlarini rag'batlantirar edi. Mamlakat holatining eng achinarli tomonlaridan yana biri shunda ediki, asosiy soliq va muttasil hasharlardan tashqari yiliga bir necha bor to'planadigan turli xil to'lov va yig'imlardan tinkasi qurigan mamlakat fuqarosining arkoni davlatga, ayniqsa uning tojdori Sulton Muhammadga nisbatan bo'lgan e'timodi ham, e'tiqodi ham susayib ketgan edi. Xorazm davlatining aholisi va ularning turli qatlamlari haqida Muhammad Bag'dodiyning kitobida quyidagicha ma'lumotlar beriladi:

1. Sayyidlar - payg'ambar avlodlari sanalib, xorazmshohlar ularni muborak nasab vakillari sifatida hurmat qilganlar hamda ularni hech narsaga muhtoj qilmaslikka intilganlar.

2. Imomlar va olimlar - davlat ishlarida bunday shaxslarning maslahatlari va ko'rsatmalariga amal qilingan. Ijtimoiy hayotda ularning mavqeyi ancha ustun bo'lgan.

3. Qozilar va hokimlar - qonunlar chiqarganlar, shariatning aholi ustidan nazoratini amalga oshirganlar.

4. Tasavvuf vakillari - islomda noortodoksal oqim vakillari bo'lib, faqirona hayot kechirganlar. Ular orasidan donishmandlar, mashoyihlar chiqqan va so'fiylarning aksariyati xalq tomonidan e'zozlangan. Hukmdorlar bunday shaxslarni hurmat qilganlar va ko'pincha ulardan duo tilagini so'raganlar.

5. Oqsoqollar - qishloq, urug'-qabila boshliqlari.

6. Amaldorlar va sipohiylar. Xorazmshohlarning joylardagi noiblari qo'li ostida xizmatda turgan shaxslar.

7. G'oziylar - islom dini uchun kurashuvchi kishilar. Mamlakat mehnatkashlarining turli qatlamlari va shuningdek, martabalar o'rtasidagi farqlar somoniylar davlatidagi singari edi.

Xorazmshohlar davrida ham qoraxoniylar davridagidek mulklar iqta tariqasida in'om etilgan. Masalan, xorazmshoh Takash (1172-1200) Naso viloyatini To'g'onshoh g'uzga iqta tariqasida beradi. Yorliqda xorazmshohlar davridagi quyidagi ijtimoiy guruhlar tilga olinadi: ruhoniylar, g'oziylar, ulamolar, davlatmandlar, hakimlar, sarkardalar, zamindorlar. Unda shihna - qishloq va muzofot hokimi, mutasarruf - moliya va xiroj ishlari ma'murlari, mirob - suv taqsimoti bilan shug'ullanuvchi, opiil ~ xiroj yig'uvchi ekanligi ko'rsatiladi. Hujjatda barzgardan ortiqcha xiroj olish xoliq va xalq oldida nomaqbul hisoblanib, o'sha nohiyadagi ayollar nomusi, molu mulk va aholi hayoti muhofaza etilishi ta'kidlanadi.


Download 364 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish