g‘azalxonlar, farroshlar kabilar mavjud bo‘lgan.__ Mamlakatdagi ijroya tizimi markazdagi vazirliklar faoliyatida mujassamlashgan. Amir Temur somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar,
saljuqiylar, anushteginlar davrlaridagi ijroya hokimiyatining vazirliklar tizimini o‘z davriga moslab, yangi asoslarda qaytadan yo‘lga qo‘ydi. Davlat boshqaruvida quyidagi vazirliklar mavjud edi:
Mamlakat va raiyyat vaziri – bosh vazir hisoblanib u mamlakatning muhim ishlari, kundalik muammolar, xalq ahvoli, viloyatlarda olinadigan hosil, soliqlar va ularni taqsimlash, kirim-chiqimlar, obodonchilik ishlari, aholi farovonligi, xazinaning ahvoli kabilarga mas’ul bo‘lgan hamda mazkur masalalar bo‘yicha hukmdorga tegishli ma’lumot va hisoblar berib turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |