Amir Temur davriga oid manbalar


Amir Temur davlatida valiahdlik masalasi



Download 217,59 Kb.
bet11/55
Sana06.08.2021
Hajmi217,59 Kb.
#140165
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
Amir Temur davriga oid manbalar

11. Amir Temur davlatida valiahdlik masalasi.
Buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur Xitoyga qilinayotgan harbiy yurish vaqtida qattiq og‘rib, 1405 yil 18 fevral kuni kechasi O‘tror hokimi Berdibekning saroyida vafot etdi. O‘z davrining mohir tabiblari va ularning sardori bo‘lmish taniqli tabib Mavlono Fayzulloh Tabriziyning muolajalari buyuk hukmdor tanasidagi dardga davo bo‘la olmadi. Qazosiga

qadar ixtiyori o‘zida bo‘lgan Sohibqiron Amir Temur o‘ziga voris va taxt valiahdi etib nevarasi Pirmuhammad Jahongirni vasiyat qilib qoldirdi. Amir Temur barpo etgan buyuk saltanat (jami o‘z ichiga 27 ta mamlakat va o‘lkalarni jam etgan) garchi Sohibqironning mahorati va kuch-qudrati ila mustahkam turgan bo‘lsada, lekin u ichki siyosiy jihatdan ancha zaif, umumiqtisodiy asosga ega emas edi. O‘g‘illar, nevaralarga mamlakatni qism-qismlarga bo‘lib berilganligi va suyurg‘ol tartibi ham Amir Temur davlati parokandaligini kuchaytirar edi. Amir Temur jasadi Samarqandda dafn etilib, motam marosimlari tugamasdanoq, toju-taxt uchun shahzodalar o‘rtasida o‘zaro kurashlar jarayoni kuchayib ketdi. Pir Muhammad Mirzo (1376—1407) Amir Temurning ikkinchi o‘g‘li (ba’zi manbalarda birinchi) Muhammad Jahongir Mirzo (1356—1376)ning farzandi bo‘lib, bu vaqtda nabiralar ichida yosh jihatdan eng ulug‘i edi (Temur o‘limi atafasida). Abjirlikda esa boshda hammadan Xalil Sulton o‘tib tushgandi. Bosh shahar Samarqandni egallab u Muhammad Sulton Mirzo (Jahongirning to‘ng‘ich o‘g‘li, Temurning bosh nabirasi)ning o‘g‘li Muhammad Jahongir Mirzoni (1396—

1435) xon deb e’lon qiladi. Chamasi bu yo‘l bilan Xalil Sulton ikki maqsadni mo‘ljallagan. Bir tomondan, Amir Temur vasiyatiga xilof ish tutishda ayblanishning oldini olmoqchi bo‘lgan. Chunki Muhammad Sulton Mirzo bobosi hayotligidayoq rasman e’lon qilingan taxt vorisi edi. Ammo bevaqt o‘lim mazkur rejaning amalga oshishig‘a to‘siq bo‘lgandi. Xalil Sulton esa Sohibqironning ilk niyatini nazarda tutgan holda Muhammad Sulton Mirzoning o‘g‘li Muhammad Jahongir Mirzoni xon deb ko‘taradi, uning nomidan xutba o‘qitib, tanga zarb qildiradi. Ikkinchidan, Amir Temurning «birinchi» valiahdi avlodining Movarounnahrda rasman tan olinishi hech bo‘lmaganda nazariy-g‘oyaviy jihatlardan Amudaryoning narigi sohilidagi kuchlar — Shohrux Mirzo va Pir Muhammad Mirzo mavqeini sustlashtirishi mumkin edi. Lekin hamma gap amaliy tadbirlarda, Sohibqironning safdoshlari — yirik amirlar harakatida qolgandi. Nima bo‘lganda ham taxt uchun kurashda asosan ikki da’vogar yaqqol ko‘zga tashlanib qolgandi: Xalil Sulton va Shoxrux. Sulton Husayn (Temur qizining o‘g‘li) ahvolini shunday baholash mumkin: bir tomondan, u taxt ilinjida yongan, ikkinchi tomondan, uning uchun kurashda o‘zida qandaydir bir qat’iy ishonchni sezmagan. Avvaliga u Shohrux tomon og‘gan. Ammo ko‘p ham o‘tmay besabab uni tark etib Xalil Sultonga borib qo‘shiladi. Xuddi o‘z vaqtida Shohrux uni qanday yaxshi qabul qilgan bo‘lsa, Xalil Sulton ham shunday qabul qilib inoyatlar ko‘rsatadi. Hatto uni bir qator yirik amirlariga bosh qilib Balxga Pir Muhammad Mirzoga qarshi yuboradi. Sulton Husayn bu yerga yetib kelgach niyati o‘zgarib hamrohidagi amirlardan ikkitasini qatl ettiradi, qolganlari esa tiz cho‘kib unga xizmat qilajaklarini bildiradilar. Xullas, amirlarni o‘ziga bo‘ysundirgan Sulton Husayn endi lashkarni ham xursand qilish niyatida Balxga kelayotgan malika Xonikabegim mol-mulki va zeb-ziynatlarini g‘orat qilib, navkarlariga ulashadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Sulton Husayn lashkar bilan Balxdan Samarqandga, Xalil Sultonga qarshi yuzlanganda, Balxda zo‘ravonlik bilan bo‘ysundirilgan amirlar uni tark etib Xalil Sulton tomon o‘tib ketadilar. Sulton Husayn

qochishga majbur bo‘ladi. Sarson-sargardon bo‘lib axiyri yana Shohrux xuzuriga keladi. Uning barcha qiliqlaridan xabardor Shohrux buyrug‘i bilan Sulton Husayn qatl qilinadi. Shu tariqa, taxtga da’vogarlardan biri «ro‘yxat»dan tushadi. Bundan buyongi siyosiy jarayon endi, asosan, Shohrux va Xalil Sulton o‘rtasida kechishi aniq bo‘lib qolgandi.




Download 217,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish