Amir Temur davriga oid manbalar


Buxoro xonligi hududiga Nodirshoh bosqini va siyosiy vaziyatning o‘zgarishi



Download 217,59 Kb.
bet49/55
Sana06.08.2021
Hajmi217,59 Kb.
#140165
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55
Bog'liq
Amir Temur davriga oid manbalar

Buxoro xonligi hududiga Nodirshoh bosqini va siyosiy vaziyatning o‘zgarishi

Buxoro xonligidagi parokandalik qo‘shni Eron hududlarida Nodirshoh (1736-1747 yy.) asos solgan Afshoriylar davlati uchun ham nihoyatda qo‘l keldi. O‘z yerlarini kengaytirib Eron va Afg‘onistonda o‘z mavqeini mustahkamlab olgan Nodirshoh Buxoro xonligi hududlariga qarshi harakatni amalga oshirishga kirishadi. Xususan, 1736 yilda Nodirshohning o‘g‘li Rizoquli boshchiligidagi qo‘shin Amudaryodan o‘tib Qarshi shahriga hujum qildi. Bu paytda Qarshi hokimi bo‘lgan Muhammad Hakimbiy otaliq Ablfayzxondan yordam so‘radi. Qarshi shahri yaqinida Hakimbiy va Abulfayzxon qo‘shinlari Rizoquli qo‘shinlaridan mag‘lubiyatga uchradi. Qarshi shahri esa qamalda qoldi. Bunday sharoitda Xiva xoni Elbarsxon katta qo‘shin bilan Abulfayzxonga yordamga shoshildi. Bu xabarni eshitgan Rizoquli Qarshi qamalini to‘xtatib, Eronga qaytishga majbur bo‘ldi.

1740 yilda Nodirshohning o‘zi katta qo‘shin bilan Buxoro xonligi ustiga yurish boshladi. Nodirshoh Chorjuy atroflaridan Amudaryoni kechib o‘tgan paytida Qarshi hokimi Muhammad Hakimbiy uning huzuriga borib o‘z xizmatini taklif qildi. Nodirshoh Muhammad Hakimbiyni o‘z xizmatiga oldi. Abulfayzxon Eronga qarshi kurashni tashkil etolmay, Nodirshohga taslim bo‘ldi. Nodirshoh Ashtarxoniylarning taslim bo‘lishi haqidagi shartlarini Muhammad Hakimbiy orqali xonga jo‘natadi. Abulfayzxon Zarafshon daryosi bo‘yidagi Eron shohi huzuriga borib, qaramlik haqidagi shartnomani imzolaydi. Shartnomaga ko‘ra, Buxoro xonligi Eronga 8 yilga yetadigan bug‘doy va arpa berishi, 10000 nafar qo‘shin to‘plab shohga jo‘natishi kerak bo‘lgan. Usgbu qo‘shinga Muhammad Hakimbiyning o‘g‘li Muhammad Rahimbiy bosh bo‘ldi. Muhammad Hakimbiy esa qo‘shbegi (bosh vazir) lavozimini egallab, amalda butun hokimiyatni o‘z qo‘liga to‘plab oldi. 1743- yili Muhammad Hakimbiy vafot etgach, uning o‘g‘li Muhammad Rahimbiy amalda butun hokimiyatni qo‘lida mujassam etib oldi. 1747 yilda Abulfayzxonga fitna uyushtirilib, o‘ldirilguniga qadar va undan so‘ng oxirgi Ashtarxoniylar Abdulmo‘min (1747-1750), Ubaydullaxon II (1750-1753) va Sherg‘ozixon (1753-1756) lar davrida ham amaldagi hokimiyat Muhammad Rahimbiy qo‘lida bo‘ldi. Muhammad Rahimbiy 1756 yil dekabrida rasman hokimiyatga o‘tirganligi e’lon qilindi. Shunday qilib, Buxorodagi oliy hokimiyat mang‘itlar sulolasi qo‘liga o‘tdi.


Download 217,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish