Amir Temur davriga oid manbalar


Buxoro xonligining boshqaruv tizimi va ma’muriy tuzilishi



Download 186,26 Kb.
bet37/48
Sana12.07.2022
Hajmi186,26 Kb.
#779291
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
Buxoro xonligining boshqaruv tizimi va ma’muriy tuzilishi
Shayboniylar davrida davlat boshqaruvning oliy organi dargoh hisoblangan. Davlat tepasida oliy hukmdor – xon turgan. Xon etib tayinlash uni oq kigizda ko‘tarish orqali amalga oshirilgan. Bu marosimda kigizning to‘rt uchini xon mansub urug‘ning qudratli vakillari, aslzoda amirlar va ulamolar ushlab turganlar.
Tarkib topgan an’anlarga ko‘ra, taxt otadan bolaga emas, balki Chingiziylar urug‘iga mansub yoshi ulug‘ shaxsga nasib etgan. Lekin bu borada ham muayyan o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Xususan, Abdullaxon II davriga kelib, oliy hukmdorlik mavqei otadan o‘g‘ilga o‘tish an’anasi shakllana boshlagan. Biroq u qonuniy tus olmagan. Keyingi hukmdorlar davrida bundan chekinish holatlari ham kuzatilgan. Taxt vorisi “navvob”, “qolg‘a”, “kichik xon” deb ham atalgan. A.T.Zamonovning keltirishicha, 1512 yil Ko‘chkunchixon oliy hukmdor bo‘lgach, yosh jihatdan xondan keyin ikkinchi o‘rinda turgan uning ukasi Suyunchxoja “qolg‘a” sifatida belgilangan. 1525 yil Suyunchxoja sulton bevaqt vafot etgach, xondan keyingi yoshi ulug‘ sultonlardan biri – Karmana va Miyonqol hokimi Jonibek sulton (Abulxayrxonning nabirasi, Abdullaxon ibn Iskandarxonning bobosi) valiahd etib belgilandi. 1529 yil Jonibek sulton vafot etgach, eng katta shahzodalar Kuchkunchixonning o‘g‘illari Abu Sa’id sulton va Abdullaxon I (1540-1541) lar birin-ketin “qolg‘a”, undan keyin esa oliy hukmdorlik martabalariga ko‘tarilgan. Abdullaxon II tomonidan kiritilgan tartibga ko‘ra, valiahdga boshqarish uchun Balx viloyati beriladigan bo‘lgan.
Murakkab ierarxik davlat boshqaruv tizimining turli pog‘onalarida xizmat vazifalari aniq belgilangan amaldorlar turganlar. Jumladan, dargohda xondan keyin yirik amaldor naqib (sardor, boshliq, yetakchi) hisoblangan. Bu lavozimni egallagan shaxs oliy hukmdorning eng yaqin va ishonchli kishisi bo‘lgan. U xon qabulidagi marosimlarida xonning chap tarafida birinchi o‘rinda o‘tirgan. Uning nomi xonning farmon va yorliqlarida birinchi o‘rinda zikr etilgan. Ichki va tashqi siyosat, harbiy masalalarda u xonning birinchi maslahatchisi hisoblangan. Jumladan, uning zimmasiga harbiy yurishlarni uyushtirish, ularni amalga oshirish, dushman tomon harbiy imkoniyatlarini o‘rganishni ham xon naqibga yuklagan. Ayrim hollarda ular zimmasiga elchilik vazifasi ham yuklatilgan. Odatda, bu lavozimga sayyidlar - payg‘ambar avlodi vakillari tayinlangan.
Davlat ahamiyatga bog‘liq lavozmlardan biri otaliq edi. Shahzodalar tarbiyasiga mutasaddi bo‘lgan otaliqlar odatda qabilalarning yoshi katta amirlaridan tayinlapngan. Ular o‘zlari otaliq etib tayinlangan shahzodalarga ajratilgan viloyatlarni, odatda, Balx viloyatini boshqarganlar. Zero, balog‘at yoshiga yetmagan shahzodalar ularga ajratilgan mulkni boshqarish iqtidoriga ega emas edilar.
Oliy hukmdor chiqargan hukmlar, yorliqlarni o‘z egalari, ma’sullariga, ijrochilariga yetkazish, muayyan amalga tayinlangan amaldorga bu haqidagi xon farmoni yetkazuvchi parvonachi ham dargohda muhim o‘rin egallagan. Harbiy harakatlar davrida ham ular zimmasiga muhim vazifalar yuklatilgan. Ular ko‘p hollarda harbiy yetakchilikni amalga oshirganlar.
Dargohga yuborilgan aholining arz-dodlari va iltimoslari aks etgan xatlarni qabul qiluvchi va ularga javob qaytaruvchi, mamlakatdagi adolat tartiblariga rioya qilinishini nazorati yuklatilgan amaldor dodxoh edi. Shuningdek, tarixiy manbalarda, bu mansab egasi elchilarni qabul qilish, elchilik yumushlarini tashkil etish va shaxsan o‘zi elchi sifatida boshqa mamlakatlarga borib kelgan hollar qayd etib o‘tilgan.
Shayboniylar boshqaruv tizimida muhim o‘rin tutgan lavozimlardan biri ko‘kaldosh hisoblangan. Bu lavozim egasi oliy hukmdor va sulolaga eng yaqin kishilardan biri hisoblangan. Ko‘kaldosh, odatda, hukmron sulolaning biron bir vakili bilan bir onani emgan shaxs bo‘lib, u dargohning eng ishonchli kishilardan biri bo‘lib, uning zimmasiga nozik va ma’suliyatli vazifalar yuklangan. Butun mamlakatdan hukmdorning do‘stlari va dushmanlari haqida, jumladan, oliy hukmdor olib boryotgan siyosat dahlsizligi, unga turli shaxslarning munosabatlari haqida ma’lumot to‘plash uning zimmasiga yuklatilgan vazifalardan biri edi.
Oliy hukmdor bilan shahzodalar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatilgan tartiblar asosida yo‘lga qo‘yish ishi bilan xon yasovuli shug‘ullangan. Xususan, ular xizmat doirasiga shahzodalarni xon tomonidan qabul qilinishini tashkil etish, ular keltirgan tortiqlari, arznomalari va iltimoslarini oliy hukmdorga yetkazish vazifalari ham kiritilgan edi.
Dargohda boshqa lavozim va mansablar mavjud bo‘dib, ular jumlasiga havfsizlik,tartib, keldi-ketdidan xabardorlik zimmasiga yuklatilgan eshikog‘asi, hukmdor tomonidan tortiq qilingan kiyimlar, harbiy asbob anjomlar, shuningdek, soliq daftarlariga yig‘ilgan xirojni yozib borish yuklatilgan mushrif, tungi qo‘riqlash boshlig‘i – mirshab, oliy hukmdorga tegishli yilqi, ot-ulov, ularning ta’minoti kabilarga javobgar miroxur, xorijlik elchilarni qabul qilishga mutassadi bo‘lgan shig‘ovul, dasturxonchi, munshiy,ovqat suzuvchi va ichimlik quyuvchi – to‘qsoba, ov qurol-aslahalari va ov qushlari, itlariga ma’sul bo‘lgan kushbegi va boshqalarni kiritish mumkin.Faoliyati dargoh bilan bog‘liq bir qator boshqa xizmatlar va ularga ma’sul mansab egalari ham bo‘lgan. Ular jumlasiga qo‘rchiboshi (qurol-aslaha xizmati boshlig‘i), jibochi, jarchi, qorovulbegi, kitobdor, mirzaboshi, muhrdor, xazinachi, mehtar va boshqalarni kiritish mumkin.
Shayboniylar davlatni boshqaruv tizimida diniy mansabdor shaxslar – shayxulislom, muftiy, kozilarning roli katta edi. Ularning ichida shayxulislomlar alohida mavqega ega bo‘lib, bu shaxslar nafaqat markaziy, balki mahalliy boshqauv tizimida ham muhim o‘ringa ega diniy boshliq sanalganlar. Ular intizom va tartibni shariat qonunlari bo‘yicha saqlab turishga harakat qilganlar.
Shayxulislomlik mansabi avloddan-avlodga meros tariqasida o‘tib turgan. Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida, ayniqsa, Abdullaxon II davri siyosiy hayotida mavqei juda kuchli bo‘lgan Juybor shayxlarining ko‘p namoyondalari bu lavozimni egallaganlar. Hasanxoja Nisoriyning XVI asrda yozishicha, Ubaydullaxonning vaziri, Xoja Jamoliddin Hoshimiy Siddiqiyning “...balogardon Buxoro viloyatining nomdor shayxulislomlik mansabi alarning sharif xonadoni qo‘lida bo‘lgan”. XVII asrda Mahmud ibn Vali Termiz sayidlari haqida yozar ekan, “Viloyatning shayxulislomlik mansabi qadimdan to hozirga qadar ularga tegishlidir”, – deb yozgan edi.Muayyan bir shaxsning lavozimga tayinlanishi haqida xon tomonidan berilgan yorliq parvonachi tomonidan egalariga yetkazilgan. Bunday yorliq sohibi uni uch kun sallasiga qistirib yurishi lozim bo‘lgan. Bu bilan u atrofdagilarni o‘zining lavozimga tayinlanuvidan xabardor qilar edi. Shu bilan birga har bir lavozim egasiga oliy hukmdor tomonidan sarpo berilar edi.
Oliy hukmdor huzurida o‘tkazilgan majlislar va qabul marosimlarda har bir mansab va lavozim egasi doimo bir joy - uning uchun ajratilgan joyda o‘tirishi lozim bo‘lgan. Bu joy lavozimning katta-kchikligiga qarab xonning o‘ng yoki chap tarafida, oliy hukmdorga yaqin yoki uzoqroqda bo‘lishi mumkin edi. Ayrim amaldorlar bu majlislarda o‘tirish, ba’zilari esa faqat turib ishtirok etish huquqiga ega edilar. Ayrim amaldorlarga saroyga otda kirishga ruxsat berilar, boshqalari faqat piyoda kirish huquqiga ega edilar.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Shayboniylar davrida devonlar faoliyatini yaqqol namoyon etuvchi ma’lumotlar juda ozdir. Zero, ko‘chmanchi dasht an’analarini o‘zi bilan Movarounnahrga olib kelgan bu sulola vakillari davrida asrlar davomida shakllangan, murakkab tizimga solingan davlat boshqaruvi o‘zining ilgarigi ko‘rinishini yo‘qotdi. Aniqrog‘g‘i, uning devonlar tizimi muayyan o‘zgarishlarga yuz tutdi. Manbalarda devonlar haqida juda oz ma’lumotlar mavjuddir. Ular jumlasiga, hukmron sulolaga tegishli yer-suv, mol-mulk boshqaruvi, nazorati va soliq ishlarini olib borgan maxsus devon – devoni sarkori-xossani kiritish mumkin.
Bu davrda devonbegi – bosh vazir ham faoliyat eritgan. U davlat kanselyariyasi va moliya ishlari bo‘yicha idora boshlig‘i bo‘lib, yer solig‘i undirish va qayd daftarlari uchun mutassadi bo‘lgan. Buni muarrix Hofiz Tanish Buxoriyning quyidagi ma’lumotlari tasdiqlaydi. Uning ko‘rsatishicha, bu mansab egasi mamlakatning muhim ishlari, mol-mulk, moliya, soliq, yer-suv masalalari, viloyatlar bo‘ylab amaldorarga ish taqsimlash, mansablarga tayinlash va bularning barchasi haqida oliy hukmdorga har kuni hisobot berib turishi kerak bo‘lgan.Hokimiyat tepasiga kelgan shayboniy hukmdorlar birinchi navbatda sulola vakillari, qarindosh-urug‘larini mulk bilan ta’minlashga harakat qilganlar. Ular o‘zlariga ajratilgan yerlar – viloyatlarning boshlig‘i ham hisoblanganlar. Ayni vaqtda ularda ham markaziy hokimiyatdagi kabi boshqaruv tizimida mavjud turli amallar egalari faoliyat yuritganlar.
Qayd etib o‘tish lozimki, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvida band bo‘lgan barcha mansab va lavozim egalari zimmasga muayyan harbiy vazifalar ham yuklatilgan edi.
Shayboniylarning qo‘shin tuzilishi va sud ishlari
Shayboniylarning jang taktikasi o‘ziga xos sharq an’analari asosida tashkil etilgan. Bu taktikalar dushman jang uslubi, qo‘shin tuzilishi va jang maydoniga qarab o‘zgartirilib borilgan. Suvoriylar qo‘shinning asosiy qismini tashkil qilganligi sababli, shayboniylar ochiq maydonda, tekistlikda jang olib borishga intilganlar. Qo‘shin tarkibidagi eng uchqur otlar asosiy qismning yon tarafidagi kichik g‘ullarda joylashtirilgan. Jang boshlanishi bilan suvoriylar tezlik bilan dushman qo‘shinlari qanotlarini aylanib o‘tib, ularni o‘rab olishga harakat qilgan. Shayboniylar bilan bir necha bor to‘qnash kelgan Zahiriddin Muhammad Bobur bu taktikani quyidagicha ifodalaydi: “O‘zbeklar bizning ilgarimizdan ham, ortimizga ham bostirib kelib, elimizni sarosimaga soldi. Ularning urushdagi ulug‘ hunari ushbu to‘lg‘amadir va hech bir urush to‘lg‘amasiz o‘tmaydi”. Shayboniylar qal’alar qamal qilingan paytlarda, dushman qo‘shinini tashqariga chiqarish yo‘llarini qidirganlar va himoyachilar qal’adan chiqishgach, yolg‘ondan chekinganlar. Dushman qo‘shin ortidan quvib pistirmaga duch kelgan va halokat topgan. Mazkur davrning tarixchisi Xondamir bu usulni “qochib urushish” deb ataydi (1510 yil Marv yaqinidagi jangda Muhammad Shayboniy o‘ziga qarshi qo‘llanilgan “qochib urushish” qurboni bo‘lgan edi). Bundan tashqari, shayboniylar jang paytida muvaffaqiyatsizlikka o‘chrayotgan taqdirda, kamonchilarning o‘q yomg‘irini tinimsiz yog‘dirib turishlari ko‘magida safni buzmagan holda chekinganlar.
Muhummad Shayboniyxon, Ubaydulla sulton, Abdullaxon II larning shahar va qal’alarni egallashda qo‘llagan taktikalari mudofaachilarni doimo qiyin holatga solib qo‘ygan. Tarixiy manbalarda Buxoro qo‘shini tarkibida dushmanning shahar va mudofaa qo‘rg‘onlarni ishg‘ol etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan naftandozlar, manjanaqlar, tosh otuvchi qurollarning mavjudligi va ularni texnik boshqaruvi yo‘lga qo‘yilganligi hamda Abdullaxon II davrida devorlarga zarba berishda ustoz Ruhiyning rahbarlik qilganligi haqidagi ma’lumotlar uchraydi. Qal’alarning ichki qismiga kirib olish uchun shoti va ulama narvonlardan foydalanilgan. Har bir shoti 2-3 kishi yonma-yon chiqa oladigan darajadagi kenglikda bo‘lgan. Bu holat qal’a devorini shiddat bilan egallash imkonini oshirgan. Qo‘shin tarkibida maxsus harbiy qurollarni ishlatuvchi professional askarlar bo‘lgan.
Neftga to‘yintirilgan matolarni o‘qqa o‘rash orqali yondiruvchi o‘qlar tayyorlangan va ularni qal’aga otish orqali yong‘in tashkil etilgan. Jang maydonida esa bunday o‘qlar bilan qo‘shinning o‘rtasida joylashgan qo‘rni nishonga olishga harakat qilingan. Buxoro qo‘shinlari tarkibida bo‘lgan oddiy ishchilar ham qal’a devorlarini mahv etishga katta hissa qo‘shganlar. Ular ko‘priklar qurish, devor tagidan lahm kovlash, shotilar yasash, tosh tashish va boshqa yordamchi vazifalarni bajargan.
Qo‘shinning asosiy jangovor qismini suvoriylar tashkil qilganligi sababli ham o‘zaro urushlarda katta rol o‘ynagan otlarni himoyasiga katta e’tibor berilar edi. O‘q o‘tmasligi uchun otlar ustiga maxsus yopinchiq – kejim yopishgan. Bunday yopinchiqlarning ayrimlari O‘rta Osiyoga Yevropadan keltirilgan bo‘lib, “farangiy” deb yuritilgan. Farangiy yopinchiqlar asosan qo‘shin boshliqlarining otlariga yopilgan. Otliq askarlar jang paytida piyodalarga qaraganda yuqoriroq imkoniyatlarga ega bo‘lgan. Nayzabardor otliqlarning harakati ko‘p jihatdan otning kuchiga bog‘liq bo‘lgan. Shu jihatdan olib qaraganda, otlar jangchilarning yarim baxodirligi hisoblangan. Zafarli yurishlardan tushgan o‘ljalar ichida otlar yuksak baholangan.
Shayboniylar harbiy yurish paytida to‘xtash manzillarining o‘rni va manzilgohlar tashkil etishga ham alohida ahamiyat bergan. Qo‘shin har gal biror-bir manzilga kelib to‘xtasa, lashkargohning atrofi xandaq bilan o‘rab olinar, uning ichki qismidan esa aravalar bir-biriga zanjir bilan bog‘lanib, vaqtinchalik, o‘ziga xos qo‘rg‘on yuzaga keltirilar edi. Shu tarzda ikki kunlik yo‘l bir xaftada bosib o‘tilgan. Shayboniylarning bunday harbiy safari Dashti Qipchoq hududida keng tarqalgan an’ana bo‘lib, aynan dasht va tekistlik hududlarda o‘ziga xos mudofaa tizimini yaratish uchun ehtiyojli bo‘lgan.
Muhammad Shayboniyxon armiyasida unga hali tobe bo‘lmagan hududlardan ham turli toifadagi jangchilar bo‘lgan. Tarixchi Muhammad Haydar mirzoning ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shinda Movarounnahr va Xurosondan tashqari, Turkiston, Kirmon, Iroq va boshqa hududlardan kelganlar ko‘pchilikni tashkil qilgan. Bunga asosiy sabab, Shayboniyxonning zafarli yurishlari bo‘lgan. Chunki har bir jangdagi g‘alaba qo‘shinning belgilangan maoshidan tashqari, ularga o‘ljaning bir qismini olishiga ruxsat berilgan. O‘rta asrlarning qo‘shin tashkil etilishi jarayonlarini kuzatadigan bo‘lsak, bu holat ketma-ket mag‘lubiyatga uchrayotgan hukmdorlar sarkardalarining ko‘pchilik qismi o‘z qo‘shini bilan zafar qozonish ehtimoli va imkoniyatlari yuqori bo‘lgan hukmdorlar tomoniga o‘tib ketish holati ko‘p bo‘lganligi bilan izohlanadi.
Xulosa qilib aytganda, shayboniylar sulolasi davrida Buxoro xonligining harbiy boshqaruvi, harbiy ish va qurol-yarog‘lari holatida Chingizxon va Amir Temur harbiy san’ati an’analarini kuzatishimiz mumkin. Shayboniy sultonlar o‘zlarining Movarounnahrda bir asrlik hukmronligining dastlabki yarmida o‘zaro hamjihatlik va birdamlikda faoliyat olib borganligi natijasida markazlashgan davlat barpo etganligining guvohi bo‘lamiz; markaziy harbiy boshqaruvda o‘ziga xos demokratik tamoyillar amal qilgan. Buni oliy hukmdorni saylash, qo‘shinga qo‘mondon saylash, yirik masalalarning harbiy kengashda hal etilganligi singari tadbirlarda ko‘rishimiz mumkin.
Shayxulislomdan keyin ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan qozilar oliy hukmdor – xon tomonidan tayinlanar, poytaxt shahar – Buxoro qozisiga viloyatlar qozisi bo‘ysunar edi. Poytaxt shahar qozisi o‘z navbatida bosh qozi – “qozi-kalon” deb ham atalar edi. Shuningdek, harbiylarning munozarali masalalarini hal etuvchi “qozi-askar” va umumiy masalalar bo‘yicha “qozi- mutlaq” ham bor edi.
Ko‘p hollarda qozilarni tayin etishda ularning qozilar avlodidan ekanligiga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Shariat asoslari va musulmon qonunshunosligi bo‘yicha keng qamrovli bilimga ega, turli munozarali masalalar bo‘yicha shariat, hadislar asosida “fatvo” va “rivoyatlar” tuzgan muftiylar, vaqflar boshqaruviga mutasaddi bo‘lgan sadrlar, klassik Sharq mamlakatlaridagi muhtasiblar kabi kishilarni yaxshi ishlarni amalga oshirishga undagan va shariat man etgan harakatlardan saqlanishlarini nazorat qilib borgan, aholining yurish-turishi, ahloqiy sifatlari, xususan, aholining besh vaqt namoz o‘qishlari, musulmonlar shariat asosida tarbiyalanishlariga e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan, aholining mast qiluvchi turli ichimliklar ichmasliklari, tamaki va boshqa zararli narsalarni chekmasliklarini ham nazorat qilib borishi, bozorlardagi savdo-sotiq jarayonida ma’lum tartib-intizomga rioya qilinishini kuzatib borishi, xususan, savdo ahli aholining haqiga xiyonat qilmasliklarini, ya’ni, gazmollarni kam o‘lchamasliklari va tarozudan urib qolmasliklarini qattiq nazorat ostiga olishi lozim bo‘lgan ra’islar ham murakkab boshqaruv tizimida muhim o‘rin tutganlar.
Harbiylar sodir etgan jinoyatlar va jazo turlari maxsus harbiy sudyalar – qozi askar va mufti askar tomonidan ko‘rib chiqilgan.
Mol-mulk bilan bog‘liq jinoyatlar, o‘g‘irlik, shariat qonunlariga rioya qilmaganlik (ichish, chekish, qimor o‘ynash, zino va boshqalar) uchun beriladigani jazolar turi ko‘pincha amaldorlarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lib, ma’lum jinoyatlar uchun aniq jazo oldindan belgilab qo‘yilmaganligi, sud ishlarida poraxo‘rlik, mansabni suiiste’mol qilishga yo‘l ochib beradi.
Bu davrga oid hujjatlarda (Jo‘ybor shayxlari arxiv, Samarqand qozilik idorasi hujjatlari va boshqalar) turli fuqarolik ishlari, xuquqiy- ma’muriy jinoyatlar, tartib-buzarliklar va ularga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Masalan, Buxorodagi katta G‘oziyon va Kichik G‘oziyon madrasasiga tegishli hujjatlarda (1535) madrasada o‘qish va hujrada yashash tartib-qoidalarini buzgan talabalarga jazo choralarini ko‘rilishi qayd etilgan. Agar talaba darslarga bir oy sababsiz qatnashmasa, uni hujradan mahrum qilishgan, agar talaba dangasaligi sababli darslarni yaxshi o‘zlashtirib olmasa va bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘ta olmasa, unga nafaqa to‘lash bekor qilinib, hujra tortib olingan.


Buxoro xonligining ijtimoiy tuzimi
Aholining etnik tarkibi turlicha edi. XV asrning oxirlarida Movaraunnaharning asosiy aholisi o‘rta asr yozma manbalarida qayd etilgan o‘troq hayot kechiruvchi “turk va tojik”lar edi. Uning tarkibiga asrlar davomida turli etnik qatlamlar qo‘shilgan. Uzoq davom etgan etnik jarayonlar natijasida XI-XII asrlarga kelib shakllangan o‘zbek xalqi tarkibiga keyingi asrlarda boshqa yangi qatlamlar kelib qo‘shilgan. Muhammad Shayboniyxon boshchiligida o‘zlari bilan birga, keyinchalik, etnik nom vazifasini o‘tagan “o‘zbek” atamasini ham olib kelgan dashtiqipchoqlik ko‘p sonli turk-mo‘g‘ul qabilalarining vakillari shular jumlasiga kiritish mumkin.
Shayboniylar qo‘shinida turli-tuman urug‘ vakillari xizmat qilgan. Akademik A.Asqarovning ta’kidlashicha, Shayboniyxon Movarounnahrga kirib kelganida, ularning tarkibida 92 qavm mavjud bo‘lgan. Akademik B.Ahmedov “Tavorixi guzida, nusratnoma” asariga tayangan holda, Dashti Qipchoqdan 25 ta qabilaning bevosita Muhammad Shayboniyxon bilan birga Movarounnahrga kirib kelganligini ta’kidlaydi. Bular: qushchi, nayman, qarluq, uyg‘ur, o‘tarchi, ichki, qipchoq, do‘rmon, ming, qiyot, qo‘ng‘irot, kenagas, tuman, tangut, chimboy, burqut, shunqorli, mesit, shodboqli, yidjon, mang‘it, xitoy va boshqalardir. XVI asr o‘rtalariga kelib qavmlar soni 40 nafarga yetgan: bahrin, besh yuz, do‘rmon, jaloir, kenagas, mang‘ut, ming, mojor, nayman, olchin, orlot, suldus, tongyoruq, uyg‘ur, xaloj, xitoy, shirin, o‘tarchi, qang‘li, qatag‘on, qipchoq, qo‘ng‘irot, qiyot, arg‘in, yobu, mo‘g‘ul, sajovat, tuboyi, tama, keroit, qorliq, saroy, turk, uyshin va h.k. Mahmud ibn Valining “Bahr ul-asror” asariga tayangan holda B.Ahmedov keyingi asr boshida yana 20 ga yaqin qabila qo‘shilganligini ta’kidlaydi. Bular: buyrak, qirq, qurama, dug‘doq, yuz, kelachi, o‘zz, qulon, ayonlik, ko‘ka arab, qo‘sh ayoq, uyrot, bulochi, makrit, fulovchi, shabiyat, mesit va boshqalar.
Mamlakatda mahalliy o‘troq aholi bilan birga Muhammad Shayboniyxonga qadar Movarounnahr hududiga kelib o‘rnashgan turk-mo‘g‘ul va XV asr oxirlarida bu yerga kelgan qipchoqlar, saroylar, qo‘ng‘irotlar, mang‘itlar (qora mang‘itlar, ko‘k mang‘itlar va oq mang‘itlar), jabg‘u, qarluq, nayman, xitoy, qirq, ming va boshqalar yashaganlar.
Aholining asosiy qismi o‘troq hayot kechirgan. Ular sug‘orma dehqonchilik qilishga qulay bo‘lgan vohalar va ularda joylashgan shahar, qishloqlarda yashaganlar. Shuningdek, yarim ko‘chmanchi hayot tarzini kechirgan abdal, qarluq, qang‘li, barlos, jaloyir va boshqalar asosan lalmi yerlarda yashab, dehqonchilik bilan birga chorvachilik bilan ham shug‘ullanganlar.
Aholi turli ijtimoiy guruhlardan tashkil topgan bo‘lib, oliy hukmdorlar – xonlar, amirlar, turli toifali amaldorlar, harbiylar, dunyoviy va diniy katta mulk egalari, hunarmandlar va savdogarlar (tujjorlar, savdogarlar, shahar olib-sotarlari), qishloq va shahar kambag‘allari, qullar xonlik aholisi turli qatlamlarini tashkil etganlar.
Ko‘chmas mulk va moddiy boyliklarning aholining bir qismi qo‘lida to‘planshi va mayda ishlab chiqaruvchilarning xonavayron bo‘lishi oqibatida aholining mulkiy va ijtimoiy differensiatsiyasi yanada chuqurlashgan.
Jo‘ybor shayxlarining ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o‘rni
Shayboniylar davlati ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ulamolar, shayxlar va xojalarning ham mavqei katta bo‘lgan. Eng kuchli hukmdorlar ham ulamolar bilan hisoblashishga majbur bo‘lganlar. XVI asrning boshlarida Shayboniyxon yirik din peshvolarning davlat ishlariga siyosiy ta’sirini anchagina pasaytirishga muvaffaq bo‘lgan va diniy hamda dunyoviy hokimiyatni o‘z qo‘l ostida birlashtirgan edi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Buxoro xonliligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida, ayniqsa Buxoro shahrida yirik din peshvolarining ta’siri yana kuchayadi. Bu davrda ayniqsa, Buxoro yaqinidagi Jo‘ybor qishlog‘idan chiqqan xojalarning mavqei juda oshib ketadi. Jo‘ybor xojalari xonadoni tarixini keng miqyosda o‘rganish borasida taniqli sharqshunos olim P.P. Ivanovning xizmatlari benihoya kattadir. Jo‘ybor xojalari xonadoni tarixini o‘rganish P.P. Ivanov ilmiy faoliyatida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. “Matlab at-tolibin” qo‘lyozma asarini tadqiq qilish asosida olim Jo‘ybor xojalari xonadonining ijtimoiy- iqtisodiy faoliyatini batafsil yoritadi. Jo‘ybor xojalarining uch vakili – Xoja Islom (1493-1563), Xoja Sa’d (1531-1589) va Xoja Tojiddinning (1574-1646) XVI asrning o‘rtalaridan boshlab Jo‘ybor shayxlari oliy hukmdor taqdirini hal qilish darajasidagi mavqega ko‘tariladilar. Qishloqlarda katta-katta yerlarga, shaharlarda esa yirik ko‘chmas mulklarga ega bo‘lgan shayxlar yirik zodagonlar va amaldorlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazganlar. Manbalarga ko‘ra, zabardast shayboniylar hukmdorlaridan biri bo‘lgan Abdullaxon II ham avval Xoja Islom, keyin esa Xoja Sa’dlarning siyosiy va xo‘jalik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga majbur bo‘lgan. Shayx ul-islom ham jo‘ybor shayxlari xonadonidan saylangan. Din peshvolari orasida shayx ul- islom, sadr, qozi kalon, mufti kabi diniy mansablarning mavqei ancha yuqori bo‘lgan.
Buxoro xonligida, ayniqsa, Jo‘ybor xojalarining yer-mulkining miqdori hamma vaqt ham manbalarda ko‘rsatilavermaydi. Xoja Muhammad Islomning ombor va sandiqlarida saqlanayotgan naqd sarmoya va turli-tuman qimmatbaho matolardan tashqari, Buxoro, Miyonkol, Nasaf, Qorako‘l, Marv va boshqa viloyatlarda 300 jufti gov (2500 gektar) ekin yerga ega bo‘lganligi ma’lum. Bundan tashqari, 10 ming qo‘y, 700 ot va 500 tuyasi, 300 xizmatkori, lochin va shunqor kabi 100 ta ov qushi bor edi. Shuningdek, u Makka va Madina ziyorati uchun 7000 ashrafiy1 tanga ham jamg‘argan edi.
Jo‘yboriy xojalardan Muhammad Tolibning ta’kidlashicha, Muhammad Islomning o‘g‘li va vorisi Xoja Sa’dning undan ham ko‘proq yer-mulki va moddiy boyliklari bo‘lgan. Jumladan, uning boyliklar haqida shunday hikoya qilinadi: “(U) ziroat tarhini tuzib, ekin-tikin qilib, raiyat va korandalarnikidan tashqari o‘ziga ikki ming jufti gov xossa yer qilib olgan edi2. Agar har bir dalaning nomi keltirilsa, juda cho‘zilib ketadi. Umumiy qilib aytganda, Buxoro va uning yetti tumani, Miyonkol, Nur, Samarqand, Toshkent, Sayram, Turkiston, Axsikat, Nasaf, Hisor, Termiz, Qubodiyon, Badaxshon, Vaxsh, shaharlar onasi Balx, dorussalta Hirot, Marvi shohijahon, Murg‘ob, Jahja, Mahna, Mashhad, butun Xuroson mamlakati, balki Iroq o‘lkasida ham molu mulk va asbobi bo‘lib, Chorjo‘y va Andxudda3, har qishloq va shaharlarda g‘allaning mo‘l va barakali hosilini xazina-xazina, ombor-ombor qilib qo‘ygan edi Buxoro xonlari Jo‘ybor xojalariga yer-suv va qimmatbaho hadyalar berish bilan birgalikda, ular bilan qavm-qarndoshlik aloqalari ham o‘rnatishga intilganlar. Jo‘ybor xojalari biror shaxsni yuqori mansabga tayinlash yoki mansabidan chetlatish kabi ishlarni amalga oshirishda ham ma’lum ta’sir doirasiga ega bo‘lgan. Shayboniylar sulolasi vakillari ichida Jo‘ybor xojalariga alohida e’tibor qaratish an’ana sifatida shakllanib, bu Abdullaxon davrida ham davom etgan. Uning o‘zi chiqargan farmon va yorliqlarida Jo‘ybor xojalariga qarashli mulklardan soliq va yig‘imlar olmaslik masalalariga oid arxiv xujjatlari buni tasdiqlaydi.
qoldi.

Download 186,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish