Manbalarning ma’lumot berishicha, Amir Temur Amudaryo bo‘yida amakisini kuzatar ekan amakisiga shunday murojaat qiladi: “Agar ikkovimiz ham vatanni tark etsak, merosiy yurtimiz shubhasiz begonalar qo‘liga o‘tib ketadi. Lozim topsangiz men podshoh (Tug‘luq Temurxon) xizmatiga borsam.” Amir Temur merosiy yurtni qo‘ldan bermaslik maqsadida Tug‘luq Temur ishonchini qozonib (Amir Hoji Sayfiddin yordamida) uning xizmatiga o‘tadi va Kesh viloyatining hokimi etib tayinlanadi. Ammo, Tug‘luq Temur o‘g‘li Ilyosxo‘jani Movarounnahrning hokimi etib tayinlangach Amir Temur unga xizmat qilishdan bosh tortib, Balx hokimi, Amir Qozog‘onning nabirasi Amir Husayn bilan ittifoq tuzadi. O‘sha davrdagi vaziyat taqozosi bilan Temur Movarounnahrni tark etishga majbur bo‘lib, Husayn bilan ittifoq tuzgan edi. 1361-1370 yillar davomida Amir Temur va AmirHusayn dastlab do‘stona, keyin esa dushmanchilik munosabatda bo‘ldilar. 1363 yilda Mug‘uliston hokimi Tug‘luq Temur vafot etgach Ilyosxo‘ja Movarounnahrdan haydaladi. Ammo, ko‘p o‘tmasdan Movarounnahr ustiga yangidan yurishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi va 1365 yilda katta qo‘shin bilan Sirdaryo tomonga yo‘lga chiqadi. Bundan xabar topgan Husayn va Temur harbiy kuchlarini jangga tayyorlaydilar. - Manbalarning ma’lumot berishicha, Amir Temur Amudaryo bo‘yida amakisini kuzatar ekan amakisiga shunday murojaat qiladi: “Agar ikkovimiz ham vatanni tark etsak, merosiy yurtimiz shubhasiz begonalar qo‘liga o‘tib ketadi. Lozim topsangiz men podshoh (Tug‘luq Temurxon) xizmatiga borsam.” Amir Temur merosiy yurtni qo‘ldan bermaslik maqsadida Tug‘luq Temur ishonchini qozonib (Amir Hoji Sayfiddin yordamida) uning xizmatiga o‘tadi va Kesh viloyatining hokimi etib tayinlanadi. Ammo, Tug‘luq Temur o‘g‘li Ilyosxo‘jani Movarounnahrning hokimi etib tayinlangach Amir Temur unga xizmat qilishdan bosh tortib, Balx hokimi, Amir Qozog‘onning nabirasi Amir Husayn bilan ittifoq tuzadi. O‘sha davrdagi vaziyat taqozosi bilan Temur Movarounnahrni tark etishga majbur bo‘lib, Husayn bilan ittifoq tuzgan edi. 1361-1370 yillar davomida Amir Temur va AmirHusayn dastlab do‘stona, keyin esa dushmanchilik munosabatda bo‘ldilar. 1363 yilda Mug‘uliston hokimi Tug‘luq Temur vafot etgach Ilyosxo‘ja Movarounnahrdan haydaladi. Ammo, ko‘p o‘tmasdan Movarounnahr ustiga yangidan yurishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi va 1365 yilda katta qo‘shin bilan Sirdaryo tomonga yo‘lga chiqadi. Bundan xabar topgan Husayn va Temur harbiy kuchlarini jangga tayyorlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |