Amir Temur (1336-1405) iqtisodiyotni boshqarishda o’ziga xos maktab yaratdi.
Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari, har bir
viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo’lgan. U davlatning muhim ishlarini:
soliq yig’ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar bozorlar, hammomlar, yo’llar, suv
inshootlarining tarmoqlarini nazorat qilib turgan. Uning xodimlari vaqti-
vaqti bilan tekshirish va taftish ishlarini olib borgan. Ayniqsa, toshu tarozi
to’g’riligi, odil baho tekshirib turilgan, qallob va tovlamachilar qattiq jazolangan.
Amir Temur Movaraunnahr siyosiy hayotida XIV asrning 50-yillari oxiri 60-yillar
boshlarida ko`rindi. O`sha davrda Movaraunnahr chig`atoy ulusiga qarashli bo`lib,
mayda feodal davlatlarga bo`lingan edi. Kesh-Shahrisabz, Buxoro, Termiz,
Badaxshon, Хo`jand, Shosh-Toshkent va boshqa viloyatlar o`rtasida tinimsiz
urush-janjallar davom etib kelardi. Bunday ahvol mamlakat va xalq boshiga son-
sanoqsiz kulfatlar solardi. Amir Temur bu feodal urushlarga boshqalardan
maqsadliroq qatnashib, o`zining qobiliyati va uddaburonligi bilan elga tanilgan edi.
Amir Temur shu davrda Movaraunnahrda mustaqil kuchli markazlashgan davlat tuzish uchun mo`g`ul xonligiga qarshi Movaraunnahrni birlashtirishdan
manfaatdor bo`lgan barcha kuchlar bilan ittifoq tuzib, o`zboshimcha feodallar va boshqa zid kuchlarga qarshi kurash olib borib, feodal tarqoqligiga barham berdi, Movaraunnahrni mo`g`ullardan ozod qildi va mustaqil, kuchli markazlashgan davlat tuzdi.
Mamlakat chegaralaridagi osoyishtalikni ta`minlash maqsadida Amir Temur Хorazm va Хurosonni egallab butun Turonni birlashtirdi va Eron, Iroq, Ozarbayjon, Hindistonning shimoliy qismini o`z ichiga olgan buyuk markazlashgan davlatga asos soldi va Movaraunnahrda o`z saltanatini o`rnatdi (1370 y.).
Shu paytda yurtda notinchlik, vayronagarchilik, tartibsizliklar hukm surar, mamlakat o`ta holdan toygan, fuqarolar ochlikka, qashshoqlikka yuz tutgan edi.
«Pirim Zayniddin Abubakir Toyobidiy menga saltanat ishlarida 4 narsaga amal qilishimni maslahat berdi,-deydi Amir Temur . Bular:
1. kengash;
2.Mashvaratu maslahat;
3.Qat`iy qaror, tadbirkorlik va hushyorlik;
4.Ehtiyotkorlik. Bular saltanat ishlarida men uchun eng to`g`ri yo`lboshchi bo`ldi.
Shunga ko`ra davlat ishlarining to`qqiz ulushi kengash, maslahat, tadbir, hushyorlik bilan amalga oshirishni va bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilishini angladim. Tajribamda ko`rdimki, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat`iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir».
Amir Temur o`z siyosatini davlatni boshqarishda tartib o`rnatish, yurt osoyishtaligini ta`minlash, dehqonchilik va chorvachilikni jonlantirish, hunarmandchilik va savdoni rivojlantirish, ariq va kanallar qazish, suv inshoatlari va to`g`onlar qurib suv chiqarish, ko`priklar qurish, chet davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalar o`rnatish bo`yicha qurultoylar o`tkazishdan boshladi. Qurultoylar Movaraunnahrning barcha viloyatlarida o`tkazilib, ularda barcha shahzodalar, bosh amaldorlar, harbiy boshliqlar va aristokratlar boshliqlari ishtirok etganlar. Bu kengashlarda mamlakat xo`jaligi, xalqning ahvoli, ilm-fanni rivojlantirish va harbiy holat hamda boshqa masalalar muhokama qilgan.
Amir Temur bu qurultoylarda o`zi nutq so`zlab, ilm va dinning mashhur olimu fuzalolari, har bir sohaning bilimli mutaxassislariga murojaat qilib, muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan o`z fikr va mulohazalarni bildirishni so`raydi.
Amir Temur ichki-iqtisodiy siyosati xalq farovoniligini oshirish Movaraunnahrda ilm va fanni taraqqiy ettirishdan iborat edi. U xazinaning katta qismini yodgorliklar barpo etishga, yurtni obodonlashtirishga sarflar edi. Shu davrda Samarqandda Ko`ksaroy, Bibixonim masjidi, Shohizinda maqbarasi, ko`plab bog`lar, saroylar, yo`llar, ko`priklar, qishloqlarda masjidlar va muhtojlarga oziq-ovqat beradigan joylar qurdirdi. Toshkent atrofida kanallar qazdirib, Sirdaryodan Ohangaronga kanal o`tkazdi. Buxoro, Shahrisabz, Farg`ona, Turkistonda masjid, madrasalar, karvonsaroylar, suv inshoatlari barpo etdi.
Bu ulkan ishlarni bajarishga Amir Temur zabt etgan mamlakatlarning ham mohir ustalari, hunarmandlari, kosiblarii, olimlariyu fuzalolari jalb etildi.
Amir Temur Samarqandning dovrug`ini ko`klarga ko`tarish uchun bu erda oziq-ovqat mo`l-ko`lchigini ta`min etdi, ipak, atlas, sental, shoyi kabi matolar ko`plab to`qib chiqarildi; mo`yna va turli xil surg`ichlar, bo`yoqlar, eng sifatli qog`ozlar ishlab chiqildi. Turli shaharlardan ko`plab sohalar bo`yicha ustalar, hunarmandlar olib kelindi: Damashqdan ipak, mato to`quvchilar, nayza va qurollar yasovchilar, shisha ishlovchilar, Turkiyadan merganlar, har xil hunarmandlar, zardo`zi ustalar keltirildi.
Samarqandga shuncha ko`p kasb sohiblari olib kelindiki, shaharning aholisi turli millatlarga mansub bo`lib, 150 mingga etdi. Shaharga Rusiya va Tataristondan charm va surp, Хitoydan ipak matolar, lal va gavharlar, mushk, Hindistondan muskat yong`og`i, qalampir munchoq, mustak guli, dolchin, anbar va boshqa noyob mollar keltirilgan. Samarqand shu davrda savdo markazi bo`lib, maydonlar kechayu-kunduz odamlar bilan gavjumligi bois doimo qizg`in savdo bo`lib turgan. Amir Temur o`z faoliyatida dehqonchilik, chorvachilikni rivojlantirishga, suv omborlari, to`g`onlar qurdirib, ariq va kanallar qazdirib, yangi yerlarni o`zlashtirishga, qo`l ostida bo`lgan barcha yerlardan foydalanishga katta e`tibor bergan, ekin ekish mumkin bo`lgan barcha yerlarni chorva yaylovlari, ekinzor bog`larga aylantirgan.
Amir Temur o`z qo`l ostidagi hududlarda ilm-fanga katta e`tibor berib, katta-kichik har bir shahar va qishloqda masjid, madrasa, xonaqohlar bino etdirgan hamda qashshoqlikni bartaraf etish uchun faqiru miskinlarga boshpanalar, yo`lovchilarga qo`nib o`tadigan rabotlar, etim-esirlarga ovqat beriladigan uylar, g`aribxonalar qurdirgan, bemorlar uchun shifoxonalar barpo ettirgan va ularda ishlash uchun xodimlar, tabiblar tayinlab, maosh berilgan.
Amir Temur iqtisodiy siyosatida savdoni, shu jumladan tashqi savdoni rivojlantirishga katta e`tibor berilgan. Movaraunnahrga Misr, Farangiston, Ispaniya, Dashti qipchoq, sharqiy Turkiston, Хitoy va boshqa qo`shni davlatlardan elchilar, savdogarlar muntazam ravishda kelib turgan. Amir Temur Angliya, Farangiston va boshqa davlatlar qirollariga murojaat qilib, ular bilan savdo aloqalarini o`rnatdi va rivojlantirgan. Markaziy Osiyo orqali o`tadigan Ipak Yo`lida savdogarlarning ahvolini yaxshilash, safarini engillashtirish, xavfsizligini ta`minlash uchun yo`llar atrofiga karvonsaroylar qurdirib, ularda barcha qulayliklarni yaratgan. Chunki, hudud yo`lning eng serqatnov, serdaromad, gavjum va osoyishta qismi hisoblangan. Shu sababli yo`lga soqchilar qo`yilib ular savdogarlarni va sayohatchilarni qo`riqlaganlar, o`g`rilar, qaroqchilar, odamlar joniga qasd qiluvchilarga shafqat qilinmagan.
Bozorlarda tartib va narx-navo ustidan doimiy nazorat o`rnatilgan. Хaridor xaqiga xiyonat qilgan sotuvchilar qattiq jazolangan. Bozor narxlarining beo`rin oshirmasliklari uchun chayqovchilarga qarshi qat`iy choralar ko`rilgan. 1404 yilda Amir Temur shaxsan o`zi qozilik qilib, go`shtni baland narxda sotishda ayblangan qassobni o`lim jazosiga hukm qilgan. «Har bir mamlakat va diyorga savdogarlar va karvonboshilar tayinladimki, ular qaerga bormasin, … u yurtlarning nafis matolari va boshqa tovarlaridan keltirishsin, o`sha mamlakatlarda yashovchi fuqarolarning hol-ahvoli, turish –turmushlari haqida menga xabar olib keltirsinlar, har bir mamlakat hukmdorining o`z raiyatiga qanday muomalayu munosabatda ekanliklarini aniqlasinlar» deb yozadi sohibqiron.
Soliq tizimi Amir Temur davlati iqtisodiy siyosatining asosi bo`lib hisoblanadi. Shu davrda erga egalikning 5 ta asosiy ko`rinishi bor edi:
1.Suyurg`ol yerlar. Bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilgan bo`lib, soliqdan ozod qilingan.
2.Harxon yerlar. Bu yerlar odamlarga biron bir xizmati uchun xususiy mulk qilib berilgan.
3.Ushr yerlar. Sayyid va xo`jalarga mansub yerlar.
4. Vaqf yerlar.
5.Sipohilar va ularning rahbarlariga berilgan yerlar.
Saltanat xazinasini to`ldirish xarajatlari asosan soliqlar hisobiga amalga oshirilar edi. Amir Temur davlatining o`ziga xos soliqlar belgilash va uni yig`ish qoidalari bo`lib, bu haqda sohibqiron shunday degan edi.- Soliq yig`ishda xalqni og`ir ahvolga solishdan yoki o`lkani qashshoqlikka tushirib qo`yishdan ehtiyot bo`lish zarur. Negaki, xalqni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag`allashishiga olib keladi, xazinaning bequvvatligi sipohning tarqalib ketishiga sabab bo`ladi, bu esa o`z navbatida saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi.
Biror o`lka menga taslim bo`lganida bu o`lkaning xalqi soliq yig`ish tartiblarining saqlab qolinishini istasa, ularning xohishiga rozi bo`lardim, aks holda soliqlar men joriy qilgan qoida asosida yig`ilardi»
Do'stlaringiz bilan baham: |