“Tasdiqlayman” _____________________
Bekobod shahar 17-DMTT direktori
M.A. KALANDAROVA
MAVZU: AMIR TEMUR- ADOLAT VA QUDRAT TIMSOLI
TARBIYACHI: S.A. KARIMJONOVA
2021-YIL
Direktor: Assalomu aleykum bolajonlar,bugungi faoliyatimizda biz sizlar bilan tabiatga sayohat qilamiz. Hozir o’lkamizda qaysi fasl mehmon bo’lishi kerak?
Bolalar: Hozir o’lkamizda qish fasli mehmon bo’lishi kerak.
Qor malikasining audio habari eshitiriladi.
Xonaga ayiq polvon kirib keladi qo’lidagi sandiqchani direktorga beradi. Sandiqchani ichida qor malikasi shartlar jo’natgan, director bolalarni birma- bir tanishtiradi.
Bolajonlar qish faslida ob-havo qanday bo’ladi?
Qish faslida ob-havo sovuq,bulutli bo’ladi.
Barakalla bolajonlar, qish faslida nima yog’adi?
Qish faslida osmondan oppoq qor yog’adi.
Barakalla, bolajonlar qor yog’ib kun sovuq bo’lganda suv qanday holatga keladi?
Kun sovuganda suv muzlaydi.
Barakalla! Bolajonlar qish faslida kunlar qisqarib, tun esa uzun bo’ladi. Bolajonlar qish faslida sizlar qaysi bayramni intizorlik bilan kutasizlar?
Bizning eng sevimli bayramimiz bu yangi yil bayram
Ayiqvoy: Bu bolajonlar juda aqlli va zukko ekan. Men
Ularni taqdirlamasam bo’lmaydi.
Ayiqvoy bolajonlarni qor parchalari bilan taqdirlay-
Di, bolalar uni daraxtga ilishadi.
Direktor: Ayiqvoy bizni bolajonlar haqiqatdan aqlli.
Bular qish fasli haqida she’rlar bilishadi.
Bolalar birma-bir ayiqvoyga she’rlarini aytib beri-
shadi va ayiqvoy ularni ham qor parchalari bilan rag’
batlantiradi.
Ayiqvoy: Mana endi qish kelganiga amin bo’ldim, en-
di qish uyqusiga ketsam ham bo’ladi.
Ayiqvoy bolalarni rag’batlantirib ular bilan hayrla-
shib xonadan chiqib ketadi.
Direktor: Voy bolajonlar bu yerdagi daraxtlarimiz
hali qor bilan qoplanmabdi. Qani kim daraxtni qor bi-
lan qoplab beradi?
San’at markazida bolajonlar noodatiy usulda dara-
Xtlarni qor bilan qoplab berishadi.
Direktor: Bolajonlar daraxtimiz qor bilan qoplanishi
uchun bizga qor kerak. Lekin bizga qish fasli kelmagan
ligi uchun biz Fan va tabiat markazida sizlar bilan ko’-
pikdan foydalanib ajoyib qor hosil qilamiz.
Direktor: Bolajonlar biz qorda qanday o’yinlar o’yni-
miz?
Bolalar: Qorbo’ron o’ynimiz, chana uchamiz, qor
bola yasaymiz.
Direktor: Barakalla, bolajonlar kelinglar bugun sizlar
bilan qurish-yasash va konstruksiyalash va matemati-
ka markazimizda qorbola yasashni o’rganamiz.
Faoliyat davomida director bolalar bilimlarini tek
shirish va faoliyatni mustahkamlash uchun ular bilan
savol javob olib boradi.
Direktor: Bolajonlar kelinglar endi sizlar bilan syu-
Jetli rolli o’yinlar markazimizda bolajonlar ishtirokida
“Qo’lqopcha” ertagini tomosha qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |