Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
132
w
www.oriens.uz
October
2021
XIX asr 30-yillariga oid maʻlumotlarga koʻra, Buxoro amirligida 19000 askar
boʻlgan. Navkarlarning juda oz qismida pilta miltiq boʻlgan, koʻpchiligi esa
nayzalar va qilichlar bilan qurollangan edi. Baʻzi navkarlar sovut kiyganlar,
charmdan yoki temirdan ishlangan qalqonlari ham boʻlgan. Qoʻshinga Buxoro
viloyatidan 12 ming askar, Samarqanddan - 2500, Qarshidan - 2500, Maymanadan -
1000, Qorakoʻldan -1000 ta askar yеtkazib bеrilgan.
Amirlik artillеriyasi Eronda ishlab chiqarilgan bir nеcha toʻplardan tashkil
etilgan boʻlib, ularning uch-toʻrttasi lafеt (tеmir suyanchiq) ga ega edi.
Buxoro amirligi qoʻshinidagi dastalarda askarlar soni bir xilda boʻlmagan. Har
qaysi urugʻ va hudud mavjud imkoniyatlardan kеlib chiqib yoki amirlikdagi
nufuziga qarab qoʻshin soni belgilangan. Bundan tashqari, qoʻshin tarkibida turli
davlatlar fuqarolari hisoblangan harbiy asirlar, qullar va boshqa toifa vakillari ham
mavjud edi [9:15-19.].
Amir Haydarning muntazam qoʻshin tuzish borasidagi harakatlarini Buxoro
amiri Nasrulloh (1827-1860) davom ettirdi.
Amir Nasrulloh maʻmuriy va siyosiy sohalarda islohotlar oʻtkazishdan tashqari
harbiy islohotlar qilishga ham katta eʻtibor qaratdi. Bu hukmdorning saʻy-
harakatlari bilan piyoda askarlardan iborat sarbozlar va toʻpchilarning muntazam
qoʻshini tuzildi.
2000 kishiga yaqin boʻlgan otryad kalta qizil kiygan va nayzali miltiq, qilich,
toʻpponcha bilan qurollangan. Sarbozlarni dehqonlar, hunarmandlar va asirlar
orasidan tanlab olishgan. Ularga har kuni harbiy bilim berilgan. Sarbozlar shahar
chetidagi maxsus joylarda oʻz oilalari bilan yashaganlarva xizmatdanboʻsh
vaqtlarida xoʻjalik ishlari bilan shugʻullanganlar[12:9].
Yozma manbalarda qayd etilishicha, bu oʻtkazilgan harbiy islohotr 1837-yilda
amalga oshirilgan edi. Buning natijasida Buxoro mamlakati qoʻshinining jangovar
holati yaxshilandi. XIX asr oʻrtalaridagi maʻlumotlarning koʻrsatishicha, dastlab
muntazam qoʻshin asosini, Buxoro amirligidagi asirlar tashkil etgan edi. Voqеalar
guvohlarining yozishicha, 1837-yildayoq, 1000 dan ortiq asirlardan 800 kishi
muntazam piyoda askarlik - sarbozlikka, 250 dan ortiq kishi esa artillеriya
qoʻshinlari toʻpchilar safiga qabul qilingan edi. 800 kishidan iborat boʻlgan
muntazam piyoda askarlar qoʻshini 50 ta sarbozlar boʻluklari (jami 40 000 sarboz)
ga boʻlingan.
Amir Nasrullohdavrida qoʻshin tuzilishi quyidagicha koʻrinish olgan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |